“Xorijiy tillar” kafedrasi
Shiorimiz: “One language sets you in a corridor for life. Two languages open every door along the way.”
Bizning maqsadimiz:
Zamonaviy bilim va yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashda xorijiy tillarni talabalarga samarali va maqsadga muvofiq ravishda o‘rgatish bilan birga xorijdagi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalarini tuzish hamda ularning professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan doimiy netvorking (Networking) tizimini yo‘lga qo‘yish, soha ekspertlari bilan seminar, trening va o‘quv kurslarini tashkil etishdir.
Ayni paytda kafedra Shanxay universiteti, Toshkentdagi Yodju Texnika instituti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va O‘zbekiston davlat Jahon tillari universiteti, Angliyaning “Global Legal English” firmasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
Kafedra faoliyatining asosiy vazifalari:
– o‘quv va o‘quv-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy va ilmiy-uslubiy yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirish;
– talabalarda o‘qish, eshitish, yozish va gapirish ko‘nikmalarini shakllantirish;
– umumiy va yuridik ingliz tili bo‘yicha yangi terminlar orqali ingliz tilini qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirish;
– talabalarda mantiqiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish;
– ingliz tilida qonun hujjatlari bilan tanishtirish hamda o‘rganilgan bilimlarini amalda qo‘llay olish ko‘nikmasini shakllantirish;
– xalqaro miqyosdagi hujjatlar, qonunlarni til nuqtai nazaridan tahlil qila olish ko‘nikmasini shakllantirish;
– talabalarni bo‘lajak yuristlar va amaliyotchi yuristlarning ish faoliyatida ingliz tilida aniq, to‘g‘ri, ravon va ishonch bilan gapira olish ko‘nikmasini baholash imtihoni bo‘lgan TOLES imtihoniga tayyorlashdan iborat.
Bizning fanlar:
Bakalavriatda 5 ta fan:
– Yuristlar uchun ingliz tili (asosiy);
– Yuristlar uchun nemis tili (asosiy);
– Yuristlar uchun fransuz tili (asosiy);
– Legal English advanced (tanlov);
– Ingliz tili;
Magistraturada 1 ta fan:
– Legal drafting (tanlov);
Ilmiy salohiyat
2020 – 2021 o‘quv yili boshiga kelib, kafedrada 2 nafar filologiya fanlari doktori (PhD) va 1 nafar dotsent vazifasini bajaruvchi faoliyat yuritmoqda.
Kafedra tomonidan 2019-2020 yillarda:
– 1 ta ilmiy ish;
– 13 ta OAKda;
– 9 ta xalqaro ilmiy maqola;
– 8 ta “Scopus” bazasida maqola chop etilgan.
Shuningdek,
– 2 ta xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazilgan.
Bizning dastur va loyihalarimiz:
Kafedra qoshida 4 ta ilmiy to‘garak faoliyat yuritmoqda:
1. “YOUNG LAW MAKERS” to‘garagi. To‘garakda 40 ga yaqin o‘zbek-rus-ingliz tilida ravon so‘zlasha oladigan to‘garak aʼzolari bilan ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlar kodekslari va huquqiy hujjatlari o‘rganiladi, tarjima qilinadi va yangi qonun loyihalari tuziladi.
2. “WRITE RIGHT” to‘garagi. Ushbu to‘garak talabalarda yozma nutq aspektlarini rivojlantirish; ingliz tilida yozma yuridik materiallar yaratish va ularni amaliyotda qo‘llash; til meʼyorlarini o‘rganish va ularga rioya qilish; ingliz tilida yozma nutqni qiziqarli va mazmunli bayon qilish hamda yozma materiallarni tahrirlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
3. “START LEGAL ENGLISH” to‘garagi. To‘garakda ingliz tili lug‘at boyligini oshirish, turli yuridik sohalarga oid yangi so‘zlar, terminlar, so‘z birikmalarni o‘rinli qo‘llash, lug‘at boyligini turli interaktiv testlar yordamida tekshirib borish va detektiv hikoyalar o‘qish orqali yuridik ingliz tili darajasini oshirish ko‘zda tutilgan.
4. “BETA READERS” to‘garagi. Ushbu to‘garak har haftada bir marotaba o‘tkazilib, mashg‘ulotlarda ingliz tilidagi detektiv janrdagi kitoblar o‘qib muhokama qilinadi. Mashg‘ulotlar davomida “Abeta Reader” musobaqasi o‘tkazilib boriladi.
Professor-o‘qituvchilar tarkibi:
Hozirgi kunda kafedrada 16 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritib kelmoqda.
Bizning o‘qituvchilarimiz doimiy ravishda o‘z ustida ishlaydi, xorijiy hamkasblari bilan tajriba almashib, malaka va bilimini oshirib boradi.
Bugungi kunda kafedrada 1 nafar filologiya fanlari doktori, 1 nafar dotsent vazifasini bajaruvchi, 8 nafar katta o‘qituvchi va 6 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda.
Kafedramiz o‘qituvchilari 1 ta darslik, 1 ta monografiya va 2 ta o‘quv-qo‘llanma muallifidir.
Shuningdek, 12 nafar mustaqil-izlanuvchi o‘quv-uslubiy jarayonda ishtirok etadi.
Xodimlarimiz:
Toshmatov Oybek Shakirovich – kafedra mudiri
Akobirova Sarvar Tuyevna – filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Shamsitdinova Manzura Gapparovna – dotsent vazifasini bajaruvchi
Baxriddinova Muyassar Raximovna – katta o‘qituvchi
Mamadayupova Vasila Shonazarovna – katta o‘qituvchi
Mustafoyeva Noila Ishnazarovna – katta o‘qituvchi
Mirgiyazova Munisa Mirusmanovna – katta o‘qituvchi
Mirzaaxmedova Maxliyo Yo‘ldashevna – kata o‘qituvchi
Xaydarova Umida Pulatovna –kata o‘qituvchi
Ro‘ziboyeva Nigora Raximovna – kata o‘qituvchi
Zoyirova Dilso‘z Abdijalilovna – o‘qituvchi
Raupov Miraziz Mustafakulovich – o‘qituvchi
Ametova Oyshajon Rozmatovna – o‘qituvchi
Surmanov Sardor Egamovich – o‘qituvchi
Rasulova Mahbuba Ravshan qizi – o’qituvchi
Umirov Sarvar Turg’unboy o’g’li – o’qituvchi
№ | Lavozimi | F.I.O. | Konsultatsiya vaqti | Auditoriya |
1 | Kafedra mudiri | Toshmatov O.Sh. | Chorshanba 10.00-12.00 | 211 |
2 | Dotsent | Akobirova S.T. | Payshanba 10.00-12.00 | 211 |
3 | Dotsent vazifasini bajaruvchi | Shamsitdinova M.G. | Dushanba 10.00-12.00 | 211 |
4 | Katta o‘qituvchi | Mamadayupova V.Sh. | Seshanba 10.00-12.00 | 211 |
5 | Katta o‘qituvchi | Baxriddinova M.R. | Chorshanba 10.00-12.00 | 211 |
6 | Katta o‘qituvchi | Mustafoyeva N.I. | Payshanba 10.00-12.00 | 211 |
7 | Katta o‘qituvchi | Mirgiyazova M.M. | Seshanba 10.00-12.00 | 211 |
8 | Katta o‘qituvchi | Mirzaaxmedova M.Y. | Chorshanba 10.00-12.00 | 211 |
9 | Kata o‘qituvchi | Xaydarova U.P. | Payshanba 10.00-12.00 | 211 |
10 | Kata o‘qituvchi | Ro‘ziboeva N.R. | Seshanba 10.00-12.00 | 211 |
11 | O‘qituvchi | Zoyirova D.A. | Chorshanba 10.00-12.00 | 211 |
12 | O‘qituvchi | Ametova O.R. | Payshanba 10.00-12.00 | 211 |
13 | O‘qituvchi | Raupov M.M. | Juma 10.00-12.00 | 211 |
14 | O‘qituvchi | Surmanov S.E. | Seshanba 10.00-12.00 | 211 |
15 | O‘qituvchi | Rasulova M. | Chorshanba 10.00-12.00 | 211 |
16 | O‘qituvchi | Umirov S. | Juma 14.00-15.00 | 211 |
Bizning manzil:
Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi,13-uy, TDYU 3-o‘quv binosi, 211 -xona
Murojaat uchun telefon raqami: 71 233-66-36
Elektron pochta: o.toshmatov@tsul.uz
Telegram: https://web.telegram.org/TSULlanguagetrainig
Facebook: Foreign Languages department of TSUL. @FLD.TSUL
LinkedIn: Foreign Languages department of TSUL. www.linkedin.com/in/foreignlanguagesdepartment
YouTube: Department of foreign languages, TSUL https://www.youtube.com/watch?v=F41rLgbVB94&t=21s.