Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!


Umumtaʼlim fanlar va madaniyat kafedrasi

Shiorimiz: Bilim – taraqqiyot garovi

Bizning maqsadimiz:

Umumtaʼlim fanlar va madaniyat kafedrasi 3 yo‘nalish: “Ijtimoiy-gumanitar fanlar”, “Iqtisodiyot va boshqaruv asoslari” hamda “Huquqiy axborot texnologiyalari” bo‘yicha o‘quv va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boruvchi universitetdagi yetakchi kafedralardan biri hisoblanadi.

Biz yurtimiz va jahondagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va zamonaviy huquqiy axborot texnologiyalari bilan bog‘liq ilm-fan sohalari va jarayonlarni to‘liq o‘rganish, bu borada xalqaro tajriba bilan tanishish va sohaga oid turli meʼyoriy hujjatlarni tadqiq etishni maqsad qilganmiz. Ayni paytda bu yo‘nalishda Adliya vazirligi, Nodavlat-notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi, siyosiy partiyalar, respublika oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilyapmiz.

Bizning vazifalarimiz

Kafedraning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

o‘quv ishlarini tashkil etish va amalga oshirish sohasida – modul tizimi va o‘qitishning innovatsion metodlaridan foydalanib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda yuridik taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali, tahliliy mulohaza yurita oladigan, normativ-huquqiy hujjatlarni sharhlash va mustaqil ravishda qarorlar qabul qilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbolga mo‘ljallangan vazifalarni ilgari surish hamda hal etishga qodir mutaxassislarni shakllantirishga qaratilgan o‘quv ishlarini tashkil etish;

ilmiy-metodik ishlar sohasida – o‘quv jarayonining ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish, o‘quv-uslubiy materiallar bilan taʼminlash, ushbu sohadagi xorijiy tajribani o‘rgangan holda professor-o‘qituvchilarning mehnat unumdorligi va taʼlim sifati hamda samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan zamonaviy taʼlim texnologiyalarini joriy qilish;

ilmiy-tadqiqot ishlari sohasida – mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, demokratik va sud-huquq islohotlarining ustuvor vazifalari, ilg‘or jahon tajribasi va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda, zamonaviy fan rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish va ularning natijalarini amaliyotga tatbiq etilishini taʼminlash;

tashkiliy-metodik ishlar sohasida – taʼlim sifatini baholash, uning tahlilini olib borish, shuningdek boshqa tashkiliy-metodik tadbirlarni samarali tashkil etish;

maʼnaviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar sohasida – talaba yoshlarni maʼnaviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko‘maklashish va milliy qadriyatlarni hurmat qilish, vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli taʼsirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo‘lgan qatʼiy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash, davlat va jamiyat oldida o‘z masʼuliyatini his etish, insonparvarlik, millatlararo totuvlik, adolat va qonun ustuvorligi mezonlarini anglab yetish va unga rioya etish ruhida tarbiyalash;

ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, ularning stajirovkasi bilan bog‘liq ishlar sohasida – zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan, kafedraning boy intellektual va ilmiy-pedagogik mahoratga ega ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish bo‘yicha aniq maqsadli ishlarni amalga oshirish.


Bizning fanlar:

Bizning kafedra tomonidan bakalavriatda jami 7 ta modul bo‘yicha dars mashg‘ulotlari olib boriladi:

– Huquqiy ko‘nikmalar va metodologiya (Legal Skills and Methodology);

– Yuristlar uchun iqtisodiyot asoslari (Economics for Lawyers);

– Huquqiy axborot texnologiyalari (Legal tech);

– Huquqiy loyiha boshqaruvi (Legal Project Management);

– Huquq falsafasi (Legal philosophy);

– Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot (Microeconomics and macroeconomics);

– Falsafa (Philosophy);

 – Tadqiqot metodologiyasi va ko'nikmalar (Research methodology and skills);

– Sotsiologiya;

– Huquq va ijtimoiy fanlar.


Magistraturada jami 4 ta modul bo‘yicha dars mashg‘ulotlari olib boriladi:

– Ilmiy (huquqiy) tadqiqot metodologiyasi (Advanced Legal Research Methods);

– Yuristlar uchun strategik qarorlar qabul qilish (Strategic Decision Making for Lawyers);

– Korporativ boshqaruv (Corporate Governence);

– Raqamli huquqlar va ijtimoiy tarmoqlarda etika (Digital law and ethics in social networks).


Ilmiy salohiyat

Kafedrada professor-o‘qituvchilar va mustaqil tadqiqotchilar tomonidan 23.00.03. – Siyosiy madaniyat va mafkura, 08.00.07 – Moliya va kredit, 08.00.09 – Jahon iqtisodiyoti, 08.00.14 – Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa, 13.00.06 – Elektron taʼlim nazariyasi va metodikasi ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Tadqiqot davlat ilmiy texnika dasturlari doirasida o‘tkazilmoqda.

Kafedra tomonidan co‘nggi uch yilda:

– 9 ta monografiya;

– 10 ta darslik;

– 20 dan ortiq impakt-faktorli jurnallarda ilmiy maqola;

– 16 ta “Scopus”da maqola chop etilgan.

Shuningdek,

– 5 ta xalqaro;

– 7 ta respublika ilmiy konferensiya va davra suhbatlari o‘tkazilgan.


Bizning dastur va loyihalarimiz:

“Umumtaʼlim fanlar va madaniyat” kafedrasi huzurida “Legal philosophy”, “Amaliy iqtisodiyot” hamda “Tafakkur” nomli talabalar ilmiy to‘garagi faoliyat yuritmoqda. Mazkur to‘garaklar orqali universitet talabalari huquq falsafasi, siyosat, iqtisodiyot soxalariga oid bilim va ko‘nikmalarini mustaxkamlab kelmoqdalar.


Professor-o‘qituvchilar tarkibi: 

Bizning o‘qituvchilarimiz doimo o‘z ustida ishlaydi, xorijiy hamkasblari bilan malaka va bilimini oshirib boradi, tajriba almashadi.

Bugungi kunda kafedrada 2 nafar professor v.b., 8 nafar dotsent, 4 nafar katta o‘qituvchi va 3 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Biz talabalarda nazariya va amaliyot uyg‘unligini taʼminlash maqsadida uzluksiz ravishda advokatlar va soha mutaxassislari ishtirokida mahorat darslarini tashkil etamiz.

Kafedramiz o‘qituvchilari 10 ta darslik, 9 ta monografiya va 6 ta risola va axborot-tahliliy materiallar muallifidir.

Shuningdek, 5 nafar mustaqil izlanuvchi o‘quv-uslubiy jarayonda ishtirok etadi.

 

Bizning xodimlarimiz:

1. Nosirxodjayeva Gulnora Abdukaxxarovna
Kafedra mudiri, falsafa fanlari nomzodi, dotsent

2. Qo‘chqorov Rahmon O‘rmanovich
Filologiya fanlari nomzodi, dotsent v.b.

3. Azimov Hakimali Imomovich
Tarix fanlari nomzodi, professor v.b.

4. Karimov Akramjon Zaynobidinovich
Fizika-matematika fanlari nomzodi, professor v.b.

5. Yunusova Munavvarxon Sabirovna
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

6. Mamatqulov Rashid Pozilbekovich
Falsafa fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi

7. Shoyakubov Shomansur
Tarix fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi

8. Tadjibayeva Dilnavoz Ozodovna
Dotsent v.b.

9. Xusainova Firuza Toxirovna
Dotsent v.b.

10. Oblomurodova Habiba Naimovna
Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b.

11. Ibragimov Qudrat Davletbayevich 
Katta o‘qituvchi

12. Azimova Dilafruz Mirzatullayevna
Iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b.

13. Allayarova Soliha Narzullayevna
Falsafa fanlari nomzodi, dotsent

14. Abdulov Damir Rustamovich
Katta o‘qituvchi

15. Ibraximova Dilorom Saloydinovna
O‘qituvchi

16. Jo‘rayev Jahongir Baxodir o‘g‘li
O‘qituvchi

17. Toshpo‘latov Shoxijaxon Eshpo‘latovich
O‘qituvchi

 

 

Kafedra maslahat kunlari

LavozimiF.I.O.Konsultatsiya vaqtiAuditoriya
1.Kafedra mudiri, f.f.n., dotsentNosirxodjayeva Gulnora AbdukaxxarovnaSeshanba,
10.00-12.00
TDYU, 2-bino 203-xona
2.Dotsent v.b., fil.f.nQo‘chqorov Rahmon O‘rmanovichDushanba,
14.00-16.00
TDYU, 2-bino 206-xona
3.Dotsent, t.f.nAzimov Hakimali ImomovichDushanba,
15.00-17.00
TDYU, 2-bino 206-xona
4.Dotsent, f.-m.f.n.Karimov Akramjon ZaynobidinovichChorshanba,
14.00-16.00
TDYU, 2-bino 206-xona
5.Dotsent, PhDYunusova Munavvarxon SabirovnaPayshanba,
15.00-17.00
TDYU, 2-bino 206-xona

6.

 

Katta o‘qituvchi, f.f.nMamatqulov Rashid Pozilbekovich


Seshanba,
14.00-16.00

TDYU, 2-bino 206-xona

 

7.

 

Dotsent v.b.Tadjibayeva Dilnavoz OzodovnaSeshanba,
11.00-13.00
TDYU, 2-bino 206-xona

8.

 

Dotsent v.b.Xusainova Firuza ToxirovnaPayshanba,
10.00-12.00
TDYU, 2-bino 206-xona

9.

 

Dotsent v.b., PhDOblomurodova Habiba NaimovnaSeshanba,
14.00-16.00
TDYU, 2-bino 206-xona

10.

 

Katta o‘qituvchi, t.f.nShoyakubov ShomansurChorshanba,
15.00-17.00
TDYU, 2-bino 206-xona
11.Katta o‘qituvchiIbragimov Qudrat DavletbayevichJuma,
10.00-12.00
TDYU, 2-bino 206-xona

12.

 

Dotsent v.b., PhDAzimova Dilafruz MirzatullayevnaSeshanba,
10.00-12.00
TDYU, 2-bino 206-xona

13.

 

Dotsent, f.f.nAllayarova Soliha NarzullayevnaChorshanba,
14.00-16.00

TDYU, 2-bino 206-xona

 

14.

 

Katta o‘qituvchiAbdulov Damir RustamovichJuma,
10.00-12.00
TDYU, 2-bino 206-xona
15.

O‘qituvchi

 

Ibraximova Dilorom SaloydinovnaChorshanba,
11.00-13.00

TDYU, 2-bino 206-xona

 

16.O‘qituvchiJo‘rayev Jahongir Baxodir o‘g‘liPayshanba,
10.00-12.00
TDYU, 2-bino 206-xona
17.

O‘qituvchi

 

Toshpo‘latov Shoxijaxon Eshpo‘latovichJuma,
16.00-18.00
TDYU, 2-bino 206-xona

Bizning manzil:

Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy, TDYU 2-o‘quv binosi, 206-xona

Murojaat uchun telefon raqami: Tel: 233-66-36, 1084 (ichki)

Elektron pochta: tsul.general.science@gmail.com