Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Universitetning ustuvor yo‘nalishi

Toshkent davlat yuridik universitetining ustuvor yo‘nalishi ilmiy hamda o’quv, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning birligiga asoslangan, davlat va jamiyat ravnaqiga xizmat qiladigan, chuqur bilimlarga, yetakchilik qobiliyatlariga asoslanadigan va muammolarni hal eta oladigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash orqali o’z hissasini qo’shadigan kelajak universitetini yaratish hisoblanadi.


Toshkent davlat yuridik universitetining kelajak obrazi quyidagicha tavsiflanadi:

Ozbekistonning ilmiy tadqiqotlar va texnologiyalar boyicha yetakchiligini taminlaydigan dunyodagi eng nufuzli zamonaviy ilmiy va oquv muassasalaridan biri;

klinik yuridik tayyorgarlikni rivojlantirish orqali o‘quv jarayoni va huquqni qo‘llash amaliyoti o‘rtasida yaqin aloqalarni ta’minlash bo‘yicha “oltin ko‘prik”;

fan va ta’limni, talabalar va ilmiy pedagogik jamoani, yosh va tajribali avlodlar vorisligini birlashtirishning samarali mexanizmi;

“ijtimoiy lift” va “millatlararo muloqot” funktsiyasini samarali bajarayotgan, nafaqat o‘zbek yoshlari uchun, balki butun mintaqa uchun teng munosabatdagi ta’lim muassasasi;

davlat va huquq sohasini huquqiy axborot texnologiyalarni va tizimlarni qo‘llash orqali rivojlantirishning ilmiy–innovatsion tadqiqot markazi (Legal Tech);

fundamental va amaliy ta’lim, an’anaviy va kredit-modul o‘quv dasturlari, ilmiy praktikumlar, ma’ruzalar va seminarlarning o‘zaro ta’sir mexanizmlarini ishlab chiqish va talabalarning ilmiy faolligini oshirish markazi;

rivojlangan xorijiy mamlakatlarning huquq tizimlarini va qiyosiy-huquqiy tadqiqotlar natijalarini hisobga olgan holda xalqaro huquqni amaliyotga tadbiq etish va milliy qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish yadrosi;

bilimni va raqobatbardosh kadrlarni shakllantiradigan, ilmiy–pedagogik salohiyat, g‘oya va tashabbuslarni to‘playdigan noyob muhitga ega bo‘lgan intellektual markaz;

ilg‘or ilmiy tadqiqotlar bazasi, innovatsion texnologik ishlanmalarning katalizatori, ularni sinab ko‘rish va amalga tadbiq etish markazi;

xalqaro intellektual, gumanitar va huquqiy me’yorlarni shakllantiruvchi o’zbek tafakkuri, madaniy va mafkuraviy merosini rivojlantirish markazi.

media widget