Aziz ustozlar, hurmatli professor-o‘qituvchilar, qadrli talabalar, universitetimiz faxriylari va bitiruvchilari!
Muhtaram hamkasblar va aziz do‘stlar!
Barchangizni Toshkent davlat yuridik universiteti tashkil etilganining 35 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Bugun biz nafaqat universitetimiz hayotidagi muhim sanani, balki mamlakatimizda zamonaviy yuridik ta’lim va huquqshunoslik ilm-fani taraqqiyotining katta bir tarixiy bosqichini nishonlamoqdamiz.
1991-yilda Toshkent davlat yuridik instituti sifatida tashkil etilib, 2013-yilda Toshkent davlat yuridik universitetiga aylantirilgan ta’lim dargohimiz o‘tgan 35 yil mobaynida mamlakatimiz uchun yuqori malakali huquqshunos kadrlar tayyorlash, milliy yuridik ta’lim maktabini rivojlantirish, huquqshunoslik fanining zamonaviy yo‘nalishlarini shakllantirish hamda huquqiy islohotlarning ilmiy va kadrlar salohiyatini mustahkamlashda alohida o‘rin egallab kelmoqda.
Bu yillar davomida universitetimiz auditoriyalarida tahsil olgan minglab yoshlar bugun davlat boshqaruvi, sud-huquq tizimi, adliya, prokuratura, advokatura, biznes, ilm-fan, ta’lim va boshqa ko‘plab sohalarda samarali faoliyat yuritib, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Shu ma’noda, TDYU tarixi faqat bir oliy ta’lim muassasasining tarixi emas. Bu — O‘zbekistonda yuridik ta’limning shakllanishi va taraqqiyoti, huquqiy tafakkurning rivojlanishi, qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan islohotlar hamda professional huquqshunoslar avlodining kamol topish tarixidir.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yuridik ta’lim oldiga ham mutlaqo yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Huquqshunos bugun faqat qonun normalarini biladigan mutaxassis emas, balki murakkab huquqiy vaziyatlarni tahlil qila oladigan, adolatli va samarali yechim taklif etadigan, inson huquq va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida anglaydigan, zamonaviy texnologiyalar bilan ishlashga qodir professional bo‘lishi kerak.
Shu sababli universitetimizda ta’lim mazmunini yangilash, nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish, talabalarda mustaqil va tanqidiy fikrlash, huquqiy tahlil, huquqiy pozitsiyani asoslash hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuridik ta’lim va ilm-fanni tubdan takomillashtirishga qaratilgan islohotlari, jumladan, 2025-yil 26-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni universitetimiz taraqqiyotining yangi bosqichini boshlab berdi. Xususan, mazkur Farmon bilan Toshkent davlat yuridik universitetining milliy va xalqaro nufuzini yanada yuksaltirish, zamonaviy yuridik ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish hamda universitetni 2030-yilga qadar xalqaro e’tirof etilgan reytinglarda yuqori o‘rinlarga olib chiqish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi.
Bugun universitetimiz nafaqat ta’lim beruvchi, balki ilmiy g‘oya va huquqiy yechimlar shakllanadigan markaz sifatida ham o‘z mavqeini tobora mustahkamlab bormoqda.
Universitet olimlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar davlat va jamiyat hayotining turli yo‘nalishlaridagi huquqiy munosabatlarni takomillashtirish, zamonaviy huquqiy institutlarni rivojlantirish, qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini ilmiy jihatdan tahlil qilishga xizmat qilmoqda. Professor-o‘qituvchilarimiz va tadqiqotchilarimizning ilmiy salohiyati mamlakatimizdagi huquqiy islohotlarning ilmiy asoslarini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shmoqda.
Bugungi tezkor o‘zgarishlar davri esa huquqshunoslik sohasida yangicha fikrlashni talab qilmoqda. Shu bois universitetimizda raqamli huquq, sun’iy intellekt, zamonaviy huquqiy texnologiyalar, xalqaro huquq, biznes huquqi va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarni rivojlantirishga, ilmiy tadqiqotlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga alohida ahamiyat berilmoqda.
Shuningdek, universitetimizning xalqaro hamkorlik ko‘lami yil sayin kengayib, nufuzli xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalar bilan akademik va ilmiy aloqalar mustahkamlanmoqda. Xalqaro tajribani milliy yuridik ta’limning eng yaxshi an’analari bilan uyg‘unlashtirish orqali global fikrlaydigan, ayni paytda milliy manfaatlarimiz va huquqiy qadriyatlarimizga sodiq yangi avlod huquqshunoslarini tayyorlash bizning eng ustuvor vazifalarimizdan biridir.
Aziz universitetimiz bitiruvchilari!
Sizlarning davlat va jamiyat hayotidagi samarali faoliyatingiz Toshkent davlat yuridik universitetining eng katta yutuqlaridan biridir. Sizlarning professional muvaffaqiyatlaringiz, qonuniylik va adolatni ta’minlash, inson huquqlarini himoya qilish, davlat boshqaruvini takomillashtirish va iqtisodiy taraqqiyotni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi mehnatingiz universitetimizning mamlakat taraqqiyotidagi munosib o‘rnini namoyon etadi.
Hurmatli ustozlar va faxriylar!
Bugungi natijalar zamirida sizlarning ko‘p yillik fidokorona mehnatingiz, ilmiy maktab yaratish yo‘lidagi sa’y-harakatlaringiz, yosh avlodga bergan bilimingiz va tarbiyangiz mujassam. Universitetimizning bugungi nufuzi va
salohiyati, avvalo, shu dargohda yillar davomida halol va sidqidildan xizmat qilgan ustozlarimiz mehnatining samarasidir.
Qadrli talabalar!
Toshkent davlat yuridik universitetining navbatdagi tarixiy sahifalarini aynan sizlar yozasiz. Sizlarning bilimingiz, tashabbuskorligingiz, yangicha fikrlashingiz va Vatanimiz taraqqiyotiga daxldorlik hissi universitetimizning kelajakdagi yutuqlarini belgilaydi.
35 yil — katta tarix. Ammo biz uchun bu, eng avvalo, yangi marralar sari boshlanadigan yangi bosqichdir.
Oldimizda universitetimizni zamonaviy yuridik ta’lim va ilm-fanning xalqaro miqyosda tan olingan markaziga aylantirish, ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish, ta’lim va amaliyot integratsiyasini yanada kuchaytirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar uchun yuksak malakali kadrlar va zamonaviy ilmiy yechimlar tayyorlashdek ulkan vazifalar turibdi.
Ishonchim komilki, universitetimizning boy tajribasi, ustozlarimizning ilmiy salohiyati, bitiruvchilarimizning hayotiy va professional ko‘nikmalari hamda yoshlarimizning kuch-g‘ayrati bilan bu maqsadlarga, albatta, erishamiz.
Barchangizni Toshkent davlat yuridik universitetining 35 yillik yubileyi bilan yana bir bor samimiy muborakbod etaman!
Universitetimizning nufuzi yanada yuksalsin, ilmiy va ta’limiy yutuqlari ko‘paysin, uning bitiruvchilari esa bundan keyin ham Vatanimiz ravnaqi, qonun ustuvorligi va adolat tantanasi yo‘lida fidokorona xizmat qilsin!
35 yilligimiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan
Baxshillo Xodjayev,
Toshkent davlat yuridik universiteti rektori
Professor Baxshillo Xodjayevning ko‘p yillik ilmiy-pedagogik faoliyati, xorijiy akademik tajribasi, xalqaro professional tarmoqlardagi ishtiroki, ilmiy maktab yaratishdagi hissasi va yangi institutsional tashabbuslari bugungi kunda TDYU taraqqiyotining ustuvor maqsadlari bilan uyg‘unlashib borayotganini ko‘rish mumkin.
Yuridik fanlar doktori, professor Xodjayev Baxshillo Kamolovich 1982-yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan.
B.Xodjayev 2004-yilda Toshkent davlat yuridik institutining bakalavriat, 2006-yilda magistratura bosqichini tamomlagan. 2009-yilda yuridik fanlar nomzodi ilmiy darajasini olgan. 2014–2018-yillarda Yaponiyaning Nagoya universitetida qiyosiy huquq yo‘nalishida doktorantura bosqichida tahsil olib, 2018-yilda yuridik fanlar doktori (LL.D.) ilmiy darajasini olgan.
B.Xodjayevning professional faoliyati yuridik amaliyot, ilmiy-pedagogik ish, davlat boshqaruvi va oliy ta’lim tizimidagi rahbarlik tajribasini o‘zida mujassam etadi. Mehnat faoliyatini 2004-yilda advokat yordamchisi sifatida boshlagan Baxshillo Xodjayev turli yillarda Toshkent davlat yuridik institutida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dotsent vazifasini bajaruvchi, fakultet dekani o‘rinbosari, TDYU Biznes huquqi kafedrasi mudiri hamda Xususiy huquq fakulteti dekani lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, u O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot institutida bosh maslahatchi, bo‘lim boshlig‘i va direktor o‘rinbosari, Adliya vazirligining Yuridik ta’lim va sud-ekspertiza faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida boshliq o‘rinbosari lavozimlarida ham faoliyat olib borgan. 2022–2025-yillarda Toshkent davlat yuridik universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori bo‘lgan. 2025-yildan Toshkent davlat yuridik universiteti rektori sifatida faoliyat yuritmoqda.
Professor Baxshillo Xodjayevning ilmiy faoliyati xalqaro akademik tajriba bilan bevosita bog‘langan. U Germaniyaning Gamburg shahridagi Maks Plank (Max Planck Institute for Comparative and International Private Law) institutida tadqiqot olib borgan, Yaponiyaning Nagoya universitetida qiyosiy huquqshunoslik yo‘nalishida doktorantura (LL.D.)da tahsil olgan. 2022-yilda AQSH Davlat departamenti Ta’lim va madaniyat ishlari byurosining olimlar uchun mo‘ljallangan AQSH institutlarini o‘rganish bo‘yicha olimlar dasturi (Study of the U.S. Institutes (SUSI) for Scholars) dasturida ishtirok etgan.
Professor Baxshillo Xodjayev 100 dan ortiq ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar muallifidir. Ular orasida reklama faoliyatini huquqiy tartibga solishga oid o‘quv qo‘llanmalar, “Raqobat huquqi” bo‘yicha o‘quv qo‘llanma va darsliklar, rus tilidagi “Конкурентное право и политика Узбекистана” darsligi mavjud.
Uning “Deception in Advertising: Why Regulatory Standards are Still Inaccurate?” nomli kitobi xorijiy LAP LAMBERT Academic Publishing tomonidan olti tilda nashr etilgan. Xalqaro Scopus bazasida indekslangan bir qator maqolalari mavjud.
Professor Baxshillo Xodjayevning faoliyatida xalqaro ilmiy va professional hamjamiyat bilan integratsiya muhim o‘rin egallaydi. U Yaponiyaning Rivojlanish va barqarorlik xalqaro jamiyati (International Society for Development and Sustainability – ISDS), Britaniya xalqaro va qiyosiy huquq instituti (British Institute of International and Comparative Law – BIICL) a’zosi hisoblanadi.
Shu bilan birga, B.Xodjayev reklama va marketing huquqi sohasidagi nufuzli xalqaro professional tuzilma Global reklama yuristlari alyansi (Global Advertising Lawyers Alliance)ga a’zolikka qabul qilingan. Dunyoning 80 dan ortiq mamlakatini qamrab olgan mazkur alyans reklama, marketing, intellektual mulk va ular bilan bog‘liq huquqiy masalalar bo‘yicha yetakchi mutaxassislarni birlashtiradi.
Raqobat huquqi sohasida esa professor Baxshillo Xodjayev nufuzli Osiyo Raqobat Assotsiatsiyasi (Asia Competition Association – ACA) hamda International League for Competition Law (LIDC) xalqaro tashkilotining a’zosi hisoblanadi.
Baxshillo Xodjayev yangi ilmiy platformalar va institutsional tuzilmalarni shakllantirishga ham alohida e’tibor qaratgan. U Markaziy Osiyo huquqiy tadqiqotlar dasturi (Central Asian Legal Research Fellowship Program)ning asoschisi va koordinatori bo‘lib, mazkur tashabbus orqali 2023-yildan buyon 50 dan ortiq mamlakat olimlari bilan ilmiy hamkorlik va qo‘shma tadqiqotlar olib borilmoqda.
Uning tashabbusi bilan Toshkent davlat yuridik universitetida Huquqiy tadqiqotlar oliy maktabi hamda Huquqni sohalararo o‘rganish fakulteti tashkil etilgan. Mazkur tuzilmalar yuridik tadqiqotlarni rivojlantirish, fanlararo yondashuvlarni kuchaytirish va yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash uchun muhim institutsional asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
— Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, 2017-yil 28-apreldagi “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–2932-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF–5987-son Farmonida belgilangan universitetning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarida nazarda tutilgan taʼlim va yosh avlodni tarbiyalash sohasidagi koʻrsatmalarini amalga oshirishni takomillashtirish;
— Davlat taʼlim standartlari asosida taʼlim jarayonini tashkil etish orqali zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlashni taʼminlash, davlat taʼlim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qoʻyiladigan talablar majmuasini barcha kafedra mudirlari, boshqa professor-oʻqituvchilar tomonidan toʻliq oʻzlashtirilishini tashkil etish;
— bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va magistratura mutaxassisliklari davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv reja va dasturlarini ishlab chiqish, fakultet va kafedralarning oʻquv va ilmiy-metodik yoʻnalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish va ularning bajarilishini nazorat qilish hamda oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilishi sifat darajasini aniqlash maqsadida dars mashgʻulotlarida ishtirok etish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuridik va universitetda ichki attestatsiya oʻtkazishni tashkil etish;
— davlat qurilishi va boshqaruvi, sud-huquq tizimini modernizatsiya qilish, bozor islohotlarini chuqurlashtirishning huquqiy asoslarini rivojlantirishning dolzarb huquqiy muammolari boʻyicha kompleks ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, ushbu sohadagi xalqaro tajribani oʻrganish huquqni
— qoʻllash amaliyotiga, oʻquv jarayoniga ilmiy ishlanmalar natijalarini samarali joriy etishni taʼminlash;
— oʻquv jarayonini taʼlim berishning modulli tizimini qoʻllagan holda umumeʼtirof etilgan xalqaro taʼlim standartlari va talablariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda talabalarda tahlil qilish qobiliyatini, tizimli tahlil qilish va yuridik faoliyatning tegishli sohalarini boshqarish koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan taʼlim dasturlari asosida olib borish;
— talabalarning davlat-huquqiy, jinoyat-huquqiy, fuqarolik-huquqiy, xalqaro-huquqiy, tadbirkorlik-huquqiy (biznes huquqi) va boshqa yuridik faoliyat sohalarida bilim va amaliy koʻnikmalarni chuqurroq egallash zaruratini hisobga olgan holda ixtisoslashtirilgan holda taʼlim berish dasturlari doirasida maxsus huquqiy fanlar boʻyicha oʻquv yuklamasi hajmini oshirish;
— zamonaviy shakllarni (“keys-stadi”, ilmiy prezentatsiyalar, jamoada ishlash va boshq.) joriy etgan holda amaliy mashgʻulotlar hajmini, shuningdek bakalavr va magistrlarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ishlab chiqarish, xoʻjalik, tijorat korxonalari, moliya-bank hamda boshqa muassasalarda malaka amaliyoti davomiyligini oshirish;
— oʻquv jarayonlariga oid masalalar boʻyicha universitet Kengashi qarorlari va universitet rektorining buyruqlari bajarilishini tashkil qilish;
— oʻquv-tarbiya jarayonida oʻqitishning ilgʻor shakllari, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil etish;
— uzluksiz taʼlim tizimi uchun yangi avlod oʻquv adabiyotlarini yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va oʻquv-metodik adabiyotlar yaratilishi, darslik, oʻquv-uslubiy majmualar yaratishga koʻmaklashish;
— professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
— barcha mutaxassislik yoʻnalishlarini oʻquv reja va oʻquv dasturlari bilan taʼminlash;
— universitetning oʻquv-uslubiy kengashiga rahbarlik qilish;
— rivojlangan mamlakatlar taʼlim tizimining rivojlanish tendensiyalarini oʻrganish, taʼlim toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalar
— ishlab chiqilishini tashkil etish va ularning amalga oshirilishini taʼminlash;
— taʼlim sifatini boshqarish va professor-oʻqituvchilar mehnatini baholashda modullarni oʻqitish sifati va samaradorligini doimiy oʻrganib borish, talabalarning reyting oʻzlashtirish koʻrsatkichlari va taʼlim berish samaradorligi oʻrtasidagi mutanosiblikni aniqlash va tahlil qilish, taʼlim sifatini salbiy taʼsir koʻrsatuvchi holatlarni oldini olish, aniqlash va bartaraf etishni taʼminlash;
— modul tizimi va oʻqitishning innovatsion metodlarini rivojlantirish, oʻquv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qoʻllash, professor-oʻqituvchilar va talabalarni global axborot-huquqiy va taʼlim resurslaridan foydalanish, amaliyot, stajirovka oʻtashlarini tashkil etish, shuningdek, yuridik klinika faoliyatini tashkillashtirish; ijobiy xalqaro tajribani yanada qoʻllash, shu jumladan talabalar oʻquv yuklamasi hajmini aniqlashning shartli birliklari (kreditlar)ni oʻtkazish va jamlashga doir tashkiliy ishlarni amalga oshirish;
— ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor bilan birgalikda talabalarni respublika va xalqaro miqyosdagi olimpiadalarga maqsadli tayyorlash, olimpiada natijalarini tahlil qilish, talabalarni davlat stipendiyalariga tayyorlash ishlarini tashkil etish;
— yetarli kreditlarni toʻplay olmagan va fanlarni oʻzlashtira olmayotgan talabalarni kursdan kursga qoldirish, talabalar safidan chetlashtirish, qayta tiklash, talabalarni stipendiya tayinlash ishlarini muvofiqlashtirish va bajarilishini nazorat qilish;
— oʻquv mashgʻulotlari jadvalini tuzish, tasdiqlash va bajarilishini nazorat qilish, kafedralar yillik hisobotlarni tahlil etish va oʻquv jarayonini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
— talabalarning mustaqil tayyorgarligini chuqurlashtirish maqsadida zamonaviy usul va vositalarni tatbiq etish borasidagi ishlarni tashkil etish;
— oʻquv-uslubiy seminarlarni tashkil etish va bu yoʻnalishdagi ilgʻor tajribalarni umumlashtirish;
— professor-oʻqituvchilar va boshqa xodimlar shtatlari boʻyicha takliflarni ishlab chiqish, tegishli tarkibiy boʻlinmalarni malakali kadrlar bilan taʼminlash ishlarini tashkil etish;
— professor-oʻqituvchi vakant lavozimlariga tanlov asosida ishga qabul qilishda ishtirok etish, bakalavriat va magistraturani tamomlagan yosh mutaxassislarni oʻqituvchi lavozimiga qabul qilish boʻyicha takliflar berish;
— universitet Kengashi tomonidan tasdiqlangan reja asosida oʻquv jarayoniga tegishli masalalarni belgilangan muddatda sifatli ijro etishni taʼminlash;
— faoliyat yoʻnalishi boʻyicha Oʻquv-uslubiy boshqarma, Amaliyot va kasbiy oʻsishni rivojlantirish boʻlimi, “Elektron universityet”, Yuridik klinika va kafedralarning rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
— boshqa oliy taʼlim muassasalari bilan oʻquv-uslubiy yoʻnalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish;
— talabalarning amaliyot va stajirovka oʻtashlarini tashkil etish va oʻquv ishlarini tegishli davlat organlari va tashkilotlar bilan integratsiyasini tashkil etish;
— oʻtilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-oʻqituvchilarning ish rejalari sifati hamda bajarilishi yuzasidan nazorat olib borish va bajarilishini taʼminlash;
— talabalar bilimlarini obyektiv baholash ishlarini tashkil etish va nazorat qilish;
— faoliyat yoʻnalishi boʻyicha faoliyat yoʻnalishi boʻyicha Oʻquv-uslubiy boshqarma, Amaliyot va kasbiy oʻsishni rivojlantirish boʻlimi, “Elektron universitet”, Yuridik klinika va kafedralarning yillik faoliyati boʻyicha hisobotlarini tahlil qilish va xulosalar chiqarish;
— universitetni belgilangan tartibda attestatsiya va akkreditatsiyadan oʻtkazishga tayyorlash;
— universitet Ustavi hamda Ichki tartib qoidalariga nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajarish.
Lorem, ipsum dolor sit
Lorem, ipsum dolor sit amet consectetur adipisicing elit. Quidem alias exercitationem suscipit delectus! Quos commodi, illum veritatis facere cum exercitationem numquam quas. Aliquam minima minus provident at eos vel officia? Read moreLorem, ipsum dolor sit

Lorem, ipsum dolor sit amet consectetur adipisicing elit. Quidem alias exercitationem suscipit delectus! Quos commodi, illum veritatis facere cum exercitationem numquam quas. Aliquam minima minus provident at eos vel officia? Read more