--:--:-- ·
TDYU 35 YOSHDA ✦✦✦✦
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Shior: “Knowledge of languages is the doorway to success” — Xorijiy tillarni bilish muvaffaqiyat kalitidir.

Sho‘baning maqsadi

Zamonaviy yurisprudensiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarda xorijiy tillarni puxta egallash kompetensiyasini shakllantirish, yuridik ingliz tili va unga turdosh fanlar bo‘yicha xalqaro standartlarga javob beradigan o‘quv materiallarini yaratish hamda ulardan ta’lim jarayonida samarali foydalanish.

Shuningdek, mamlakatimiz va jahonda yuz berayotgan voqea-hodisalardan xabardor bo‘lish, dolzarb yangiliklardan autentik o‘quv materiallari sifatida foydalanish, xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish va ilg‘or metodikalarni ta’lim jarayoniga joriy etish.

Sho‘baning asosiy vazifalari

·         Xorijiy tillarni o‘qitish sohasida rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish va ilg‘or metodikalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish;

·         Talabalarda o‘rganilayotgan fanlar bo‘yicha qiyosiy, tahliliy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish;

·         Talabalarda yuridik ingliz tilini amaliy qo‘llash, jumladan, so‘zlash, o‘qish, yozish va tinglab tushunish ko‘nikmalarini shakllantirish;

·         Talabalarning mustaqil ta’lim olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash;

·         Talabalarni TOLES (Test of Legal English Skills) xalqaro imtihoniga tayyorlash.

O‘qitiladigan fanlar

Sho‘ba bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari doirasida quyidagi fanlardan mashg‘ulotlar olib boradi.

Asosiy fanlar:

·         Yuristlar uchun ingliz tili (English for Law Students);

·         Yuristlar uchun nemis tili (German for Law Students);

·         Yuristlar uchun fransuz tili (French for Law Students);

·         Ingliz tili (English).

Tanlov fanlari:

·         Yuristlar uchun ingliz tili — Advanced (English for Law — Advanced);

·         Yuridik yozuv (Legal Writing).

Xalqaro hamkorlik

Sho‘ba xorijiy oliy ta’lim muassasalari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy mutaxassislarni ta’lim jarayoniga jalb etish hamda talabalar uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratadi.

Sho‘ba faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri yuridik ingliz tilini o‘qitish va talabalarni xalqaro darajadagi til imtihonlariga tayyorlash hisoblanadi. Shu maqsadda TDYU va “Global Legal English” tashkiloti hamkorligida TOLES imtihonlarini tashkil etish yo‘lga qo‘yilgan.

Dasturlar va loyihalar

Sho‘bada talabalarning xorijiy tillarni o‘rganish, muloqot qilish, akademik yozuv va mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan quyidagi to‘garaklar faoliyat yuritadi:

·         “Watch & Learn”;

·         “Start Legal English”;

·         “Speaking Club”;

·         “Beta Readers”;

·         “Write Right”.

Professor-o‘qituvchilar tarkibi

Sho‘bada 25 nafar xodim faoliyat yuritadi. Ularning tarkibida 3 nafar dotsent, 8 nafar katta o‘qituvchi va 9 nafar o‘qituvchi mavjud. Shuningdek, ta’lim jarayoniga ichki va tashqi o‘rindoshlik asosida malakali professor-o‘qituvchilar hamda amaliyotchi mutaxassislar jalb etiladi.

Sho‘ba professor-o‘qituvchilari kasbiy va ilmiy salohiyatini muntazam oshirib borish, xorijiy hamkasblar bilan tajriba almashish, zamonaviy ta’lim metodikalarini o‘rganish va ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etishga intiladi.

 

Qabul bo'yicha murojaat boti