Ekologiya huquqi sho‘basi
Shior
“Barqaror taraqqiyot sari”
Maqsad
Ekologiya huquqi sho‘basi universitetning ekologiya huquqi, xalqaro ekologiya huquqi, yer huquqi, agrar huquq va energetika huquqi yo‘nalishlarida o‘quv hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi, yuqori ilmiy salohiyatga ega yetakchi tarkibiy bo‘linmalaridan biri hisoblanadi.
Sho‘baning asosiy maqsadi global, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolarning huquqiy yechimlarini o‘rganish va tahlil qilish, tabiiy resurslardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish bilan bog‘liq huquq sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib borishdan iborat.
Shuningdek, ushbu sohalardagi normativ-huquqiy hujjatlarni rivojlangan davlatlar qonunchiligi bilan qiyosiy tahlil qilish, milliy qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda sohaga oid bilimlarni talabalarga innovatsion shakl va usullar orqali yetkazish sho‘ba faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi.
Mazkur yo‘nalishlarda sho‘ba Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, O‘zbekiston Ekologik partiyasi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, boshqa tegishli tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi.
Vazifalar
Sho‘ba universitetda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
O‘qitiladigan fanlar
Sho‘ba tomonidan bakalavriat va magistratura ta’lim bosqichlarida jami 11 ta fan o‘qitiladi.
Bakalavriat bosqichida:
Ushbu fanlar fakultetlar kesimida o‘quv rejalariga muvofiq asosiy va tanlov fanlari sifatida o‘qitiladi. Jumladan, ekologiya huquqi va xalqaro ekologiya huquqi asosiy fanlar, yer huquqi va energetika huquqi esa ayrim fakultetlarda tanlov fanlari sifatida o‘qitiladi.
Magistratura bosqichida:
Asosiy fanlar:
Tanlov fanlari:
Mazkur fanlar doirasida ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari tashkil etiladi.
Ilmiy maktablar va loyihalar
Sho‘ba qoshida yuridik fanlar doktori, professor Juma Xolmuminov rahbarligida «Ekologik siyosat va huquq» hamda yuridik fanlar doktori, professor Olim Xolmamatovich Narzullayev rahbarligida «Zamonaviy eko-maktab» ilmiy maktablari faoliyat yuritadi. Ushbu ilmiy maktablarda 150 nafardan ortiq talaba o‘zining nazariy va amaliy bilimlarini muntazam oshirib bormoqda.
Talabalarning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Eko-YURIST», «ECOPARLIAMENT», «MAGNAT» va «ECOLAWYER SCIENCE» nomli ilmiy to‘garaklar ham faoliyat olib boradi.
Ilmiy maktablar va to‘garaklarning asosiy maqsadi talabalar hamda yosh tadqiqotchilarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, zamonaviy ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ekologiya huquqi, xalqaro ekologiya huquqi, yer huquqi, agrar huquq va tabiiy resurslar huquqi yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishdan iborat.
Professor-o‘qituvchilar tarkibi
Sho‘ba professor-o‘qituvchilari kasbiy bilim va ko‘nikmalarini muntazam ravishda oshirib boradi, xorijiy oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari bilan tajriba almashadi hamda ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etadi.
Bugungi kunda sho‘bada 4 nafar yuridik fanlar doktori, 2 nafar professor, 5 nafar yuridik fanlar nomzodi va dotsent hamda 3 nafar istiqbolli yosh pedagog kadr faoliyat yuritmoqda.
Talabalarda nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash va nazariya hamda amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsadida advokatlar va soha mutaxassislari ishtirokida muntazam ravishda mahorat darslari tashkil etiladi.
Sho‘ba professor-o‘qituvchilari 34 ga yaqin darslik, 30 dan ortiq monografiya hamda 26 ga yaqin o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanma mualliflari hisoblanadi.
Shuningdek, sho‘bada 6 nafar mustaqil izlanuvchi va 1 nafar tayanch doktorant ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib bormoqda.