“Intellektual mulk huquqi” kafedrasi
Shiorimiz: Bilim — taraqqiyot kaliti
Bizning maqsadimiz:
Intellektual mulk huquqi kafedrasi 4 yo‘nalish: “Intellektual mulk huquqi”, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar”, “Patent huquqi” va “Kiber huquq” bo‘yicha o‘quv va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boruvchi universitetdagi yosh kafedralardan hisoblanadi.
Biz intellektual mulk huquqi, yurtimiz va jahondagi virtuallashtirish bilan bog‘liq jarayon va intellektual mulk obyektlari muhofazasi masalalarini to‘liq o‘rganish, bu borada xalqaro tajribani va sohaga oid turli meʼyoriy hujjatlarni tadqiq etishni maqsad qilganmiz. Ayni paytda bu yo‘nalishda Butunjahon Intellektual mulk tashkiloti, Oliy sud, Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi, Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi, advokatlik tuzilmalari, oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qilyapmiz.
Bizning vazifalarimiz:
- intellektual mulk huquqi bo‘yicha yangi o‘quv adabiyotlarini yaratish va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda dars mashg‘ulotlarini tashkil etish;
- intellektual mulk huquqining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
- talabalarni intellektual mulk sohasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish va ularni mazkur sohaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ilmiy to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
- aholi orasida intellektual mulkka bo‘lgan hurmat va mazkur sohadagi huquqiy madaniyatini oshirishda ishtirok etish.
Bizning kafedra universitetda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlaydi va qator vazifalarni amalga oshiradi. Biz:
– “Intellektual mulk huquqi”, “Xalqaro intellektual mulk huquqi”, “Kiber huquq”, “Patent huquqi”, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar”, “Intellektual mulk sohasidagi nizolarni hal etish”, “Intellektual mulk sohasidagi shartnomalar tizimi”, “OAV huquqi” fanlarini o‘rganamiz, izlanishlar olib boramiz va ushbu fanlar bo‘yicha bilim beramiz;
– talabalarda intellektual mulk huquqiga oid fanlar to‘g‘risida qiyosiy, tahliliy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiramiz;
– talabalarda intellektual mulk huquqiga oid huquq normalarini amalda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantiramiz;
– yoshlarga mustaqil taʼlim olish, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash uchun imkon yaratamiz.
Bizning fanlar:
Bakalavriatda 2 fan:
– Intellektual mulk huquqi (asosiy);
– Kiber huquq (tanlov).
Magistraturada 7 ta fan:
– Xalqaro intellektual mulk huquqi (asosiy);
– Patent huquqi (asosiy);
– Intellektual mulk sohasida nizolarni hal etish (asosiy);
– Intellektual mulk sohasida shartnomalar tizimi (asosiy);
– Kiber huquq (asosiy);
– OAV huquqi (asosiy);
– Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar (tanlov).
Ilmiy salohiyat
2020/2021 o‘quv yili boshiga kelib, kafedrada 4 nafar falsafa doktori (PhD) faoliyat yuritmoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari ayni paytda “Ijtimoiy tarmoqlar va undagi munosabatlarning fuqarolik-huquqiy tartibga solinishi”, “Mualliflik huquqida mulkiy huquqlarni jamoaviy boshqarishni takomillashtirish”, “Telekommunikatsiya tarmoqlarida mualliflik huquqini muhofaza qilishning fuqarolik-huquqiy asoslarini takomillashtirish”, “Xalqaro arbitraj faoliyatini raqamlashtirish va huquqiy asoslarini takomillashtirish muammolari”, “O‘zbekiston Respublikasida qonun hujjatlari loyihalarining tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishga ta’sirini baholash institutini takomillashtirish”, “Kontrafakt va parallel importga qarshi kurashishning huquqiy asoslari” mavzularida ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini amalga oshirishmoqda.
Kafedra tomonidan 2019-2021-yillarda:
– 15 ta ilmiy ish, jumladan 12 ta monografiya va 3 ta ilmiy-ommabop risola;
– 60 dan ortiq ilmiy maqola;
– 5 ta “Scopus”da maqola chop etilgan.
Shuningdek,
– 2 ta xalqaro;
– 2 ta respublika ilmiy konferensiya va davra suhbatlari o‘tkazilgan.
Bizning dastur va loyihalarimiz:
Kafedra qoshida 2 ta ilmiy to‘garak faoliyat yuritmoqda:
1. “Digital Intellectual Property Law (DIPL)” to‘garagi. To‘garakda talabalar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishi davrida intellektual mulkning o‘rnini tadqiq qilish borasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
2. “IP&WTOscientificcircle” to‘garagi. To‘garakda talabalar Butunjahon savdo tashkilotiga qo‘shilish doirasida intellektual mulkning o‘rnini tadqiq qilish borasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Professor-o‘qituvchilar tarkibi:
Bizning o‘qituvchilarimiz doimo o‘z ustida ishlaydi, xorijiy hamkasblari bilan malaka va bilimini oshirib boradi, tajriba almashadi.
Bugungi kunda kafedrada 3 nafar falsafa doktori, 1 nafar katta o‘qituvchi va 5 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Biz talabalarda nazariya va amaliyot uyg‘unligini taʼminlash maqsadida uzluksiz ravishda advokatlar va soha mutaxassislari ishtirokida mahorat darslarini tashkil etamiz.
Kafedramiz o‘qituvchilari 1 ta darslik, 1 ta monografiya va 2 ta o‘quv-qo‘llanma muallifidir.
Shuningdek, 2 nafar mustaqil-izlanuvchi o‘quv-uslubiy jarayonda ishtirok etadi.
Bizning xodimlarimiz:
Xo‘jayev Shoxjaxon Akmaljon o‘g‘li
Kafedra mudiri, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori
Yakubova Iroda Baxramovna
Dotsent, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori
Yuldashov Abdumumin Abdugopirovich
Dotsent v.b., yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori
Bahramova Mohinur Bahramovna
Katta o‘qituvchi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori
Muqumov Bobur Meliboy o‘g‘li
O‘qituvchi
Muqumov Bobur Meliboy o‘g‘li
O‘qituvchi
To‘raqulova Nazira Abdushukur qizi
Kabinet mudiri
Kafedra professor-o‘qituvchilarining maslahat kunlari:
№ | Lavozimi | F.I.O. | Konsultatsiya vaqti | Auditoriya |
1. | Kafedra mudiri | Xo‘jaev Sh.A. | Payshanba 10.00-12.00 | 118 |
2. | Dotsent vazifasini bajaruvchi | Yakubova I.B. | Dushanba 10.00-12.00 | 118 |
3 | Katta o‘qituvchi | Bahramova M.B. | Seshanba 10.00-12.00 | 118 |
4 | Katta o‘qituvchi | Yuldashov A.A. | Chorshanba 10.00-12.00 | 118 |
5 | O‘qituvchi | Muqumov B.M. | Payshanba 10.00-12.00 | 118 |
6 | O‘qituvchi | Raxmonova M.N. | Juma 10.00-12.00 | 118 |
Bizning manzil:
Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy, TDYU 1-o‘quv binosi, 118-xona
Murojaat uchun telefon raqami: Tel: 233-66-36 (1134)
Elektron pochta: sh.xujayev@tsul.uz