Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi

Shiorimiz: Qonun ustuvorligi – adolat kafolati

Bizning maqsadimiz:

Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi bakalavriyat bosqichida 4 ta modul boʼyicha: “Jinoiy odil sudlov asoslari”, “Jinoyat-protsessual huquqi”, “Jinoyat protsessida amaliy koʼnikmalarni rivojlantirish boʼyicha klinik seminarlar”, “Jinoyat protsessida dalillar va isbotlash”, magistratura bosqichida 3 ta yoʼnalish: “Jinoyat protsessida advokat ishtiroki”, “Jinoyat protsessida sud qarorlarini qayta koʼrib chiqish”, “Dalillar nazariyasi” modullari boʼyicha oʼquv va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boruvchi universitetdagi eng yetakchi kafedralardan biri hisoblanadi.

Biz yurtimiz va jahondagi jinoyat protsessi bilan bog'liq jarayon va bu boradagi ilg'or xalqaro tajriba bilan tanishish hamda sohaga oid turli me'yoriy hujjatlarni tadqiq etish va ishlab chiqishni maqsad qilganmiz.

2021-2022 o'quv yilida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi va IIV Akademiyasi bilan hamkorlikda “amaliyot kafedralari” faoliyati yo'lga qo'yilgan.

Bizning vazifalarimiz:

Bizning kafedra universitetda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlarni qo'llab-quvvatlaydi va bir nechta vazifalarni amalga oshiradi. Xususan:

– nazariy bilimlar va amaliy ko'nikmalarga ega bo'lgan, kasbiy faoliyat yuritishga tayyor, malakaviy bakalavr va magistr mutaxassislarini tayyorlash;

– kafedrani yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar bilan to'ldirish hisobiga o'quv jarayonining sifatini oshirish;

– o'quv jarayoning uslubiy ta'minotini ishlab chiqish va takomillashtirish, o'qitish vositalari, usullari va yangi ta'lim texnologiyalarini tatbiq etish, o'quv jarayonida mashg'ulotlarni olib borishning interfaol usullaridan keng foydalanish, ish beruvchilar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvlar o'tkazish, ekspertlar va mutaxassislar tomonidan master-klasslar tashkil etish;

– qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati, prokuratura, ichki ishlar organlari, advokatura, yuridik soha bo'yicha oliy ta'lim beruvchi boshqa ta'lim muassasalari bilan o'zaro hamkorlikni rivojlantirish;

– talabalarda protsessual huquq normalarini amalda qo'llash ko'nikmalarini shakllantish;

– yoshlarga mustaqil ta'lim olish, nazariya va amaliyot uyg'unligini ta'minlash uchun imkoniyat yaratish.

Kafedraning ustuvor yo'nalishlaridan yana biri professor-o'qituvchilar hamda talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga keng jalb qilishdan iborat.

Bizning fanlar:

Bakalavriatda 4 ta fan:

1) Jinoiy odil sudlov asoslari;

2) Jinoyat-protsessual huquqi;

3) “Jinoyat protsessida amaliy ko'nikmalarni rivojlantirish bo'yicha klinik seminarlar”;

4) Jinoyat protsessida dalillar va isbotlash;

Magistraturada 3 ta fan:

1) Jinoyat protsessida sud qarorlarini qayta ko'rib chiqish;

2) Jinoyat protsessida advokat ishtiroki

3) Dalillar nazariyasi.

 

 

 

Ilmiy salohiyat: 46%

 

 

Kafedra tomonidan 2020– 2021 yillarda:

4.      8 ta o'quv-adabiyotini tayyorlash va chop etish rejalashtirilgan bo'lib, hozirgi kunda 11 ta o'quv-qo'llanma va 4 ta darslik tayyorlangan va OO'MTV tomonidan chop etishga tavsiya etilgan.

Ilmiy-innovatsion faoliyat:

1. Respublika ilmiy OAK jurnallarida 24 ta, xalqaro jurnallarda 8 ta ilmiy maqolalar chop etildi.

2. 24 ta xalqaro ilmiy konferentsiya va seminarlarda kafedra professor-o'qituvchilari qatnashgan bo'lib, jami 20 ta maqola chop etildi. Bundan tashqari, kafedra tomonidan 3 ta xalqaro konferentsiya (shundan 1 ta talabalar forumi) va 1 ta davra suhbati o'tkazildi.

3. 2021-2022 o'quv yilining yarim yilligi mobaynida 12 ta monografiya chop etildi.

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar:

1. Ommaviy axborot vositalari orqali 40 ga yaqin chiqishlar qilindi. Shundan 26 ta ommapob maqolalar chop etildi, 10 dan ortiq radio va televideniya orqali eshittirish va intervyular berildi

2. Prezident saylovi bo'yicha 3 ta (Sharaf, Qashqar va Sofdil MFY) mahallada targ'ibot tadbirlari olib borildi.

3. Turli tashkilot va muassasalarda tashkil etilgan 30 dan ortiq tadbirlarda (davra suhbatlari, konferentsiyalar) ishtirok etildi.

4. 15 ga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Qonunchilik palatasi va Senatda muhokama qilishda ishtirok etildi.

Bizning dastur va loyihalarimiz:

Bugungi kunda kafedrada ikkita to'garak faoliyati yo'lga qo'yilgan:

1) “Procedure” to'garagi “Jinoyat-protsessual huquqi”ni amaliyot bilan bog'lagan holda o'rganishni o'z oldiga maqsad qilgan. To'garak tomonidan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi, IIV Akademiyasi bilan hamkorlik o'rnatilib, talabalar uchun sayyor dars mashg'ulotlari o'tkazilib kelindi. Telegram kanalidagi obunachilarining soni esa 600 nafarga yaqin.

2) “Researchers Club” to'garagi talabalarning ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish ko'nikmalarini rivojlantirish orqali Jinoyat-protsessual huquqi fani sohasiga oid bo'lajak ilmiy tadqiqotchilarni tayyorlashni maqsad qilgan. To'garakning ro'yxatdan o'tgan a'zolarining soni 130 nafarni, Telegram kanalida obunachilarining soni esa 1100 nafarni tashkil etadi.

Professor-o'qituvchilar tarkibi:

Bizning o'qituvchilarimiz doimo o'z ustida ishlaydi, xorijiy hamkasblari bilan malaka va bilimini oshirib boradi, tajriba almashadi.

Bugungi kunda kafedrada 3 nafar professor, 1 nafar professor v.b, 2 nafar dotsent v.b, 9 nafar o'qituvchi faoliyat olib bormoqda. Biz talabalarda nazariy tayyorgarlikning huquqni qo'llash amaliyoti bilan uzviy bog'liqligini ta'minlash maqsadida ma'ruzalar, mahorat darslari va o'quv seminarlarini o'tkazish uchun sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning, vazirlik va idoralarning, advokatura va boshqa tashkilotlarning amaliyot xodimlarini muntazam ravishda jalb etamiz. Shuningdek, 12 nafar mustaqil-izlanuvchi va 2 nafar doktorant o'quv-uslubiy jarayonda ishtirok etadi.

Bizning xodimlarimiz:

Bazarova Dildora Baxadirovna

Kafedra mudiri, yuridik fanlar nomzodi, professor

Suyunova Dilbar Joldasbayevna

Yuridik fanlari doktori (DsC), professor

Xidoyatov Baxtiyor Batirovich

Yuridik fanlari nomzodi,

Tulaganova Gulchehra Zaxitovna

Yuridik fanlari doktori (DsC), professor

Tadjibayeva Albina Yuldashbayevna

yu.f.n., dotsent v.b.

Kadirova Moxigul Xamitovna

yu.f.n., dotsent v.b.

Latipov Samir Ildusovich

Kafedra o`qituvchisi

Mavlanov Kamoliddin To`ychiyevich

Kafedra o`qituvchisi

Raximova Ulzana Xamidullayevna

Kafedra o`qituvchisi

Xudaybergenov Baxram Kuanishbayevich

Kafedra o`qituvchisi

Mamataliyeva Shahnoza Xushmamat qizi

Kafedra o`qituvchisi

Maxmudov Sunnatjon Аzim o`g`li

Kafedra o`qituvchisi

Uralov Sarbon Sardorovich

Kafedra o`qituvchisi

Shamsutdinov Behruz Sadriddin o`g`li

Kafedra o`qituvchisi

Qudratillayev Hazratali Zokirjon o`g`li

Kafedra o`qituvchisi

 

 

 

 

 

Kafedraning maslaxat kunlari:

Т/R

Lavozimi

F.I.Sh.

Konsultatsiya vaqti

Auditoriya

1.

Kafedra mudiri

Bazarova Dildora Baxadirovna

Seshanba

10:00 – 12:00

319

2.

Kafedra professori

Suyunova Dilbar Joldasbayevna

Dushanba

11:00 – 12:50

319

3.

Kafedra professori

Xidoyatov Baxtiyor Batirovich

Dushanba

09:30 – 11:00

319

4.

Kafedra professori

To`laganova Gulchehra Zaxitovna  

Payshanba

11:30 – 12:00

319

5.

Kafedra dotsenti v.b

Tadjibayeva Аlbina Yuldashbayevna

Chorshanba

12:00 – 13:50

319

6.

Kafedra dotsenti v.b

Kadirova Moxigul Xamitovna

Payshanba

12:00 – 13:50

319

7.

Kafedra o`qituvchisi

Mavlanov Kamoliddin To`ychiyevich

Chorshanba

10:00 – 12:00

319

8.

Kafedra o`qituvchisi

Raximova Ulzana Xamidullayevna

Juma

09:30 – 11:00

319

9.

Kafedra o`qituvchisi

Xudaybergenov Baxram Kuanishbayevich

Payshanba

09:00 – 11:00

319

10.

Kafedra o`qituvchisi

Mamataliyeva Shahnoza Xushmamat qizi

Juma

14:30 – 16:00

319

11.

Kafedra o`qituvchisi

Uralov Sarbon Sardorovich

Dushanba

14:00 – 16:00

319

12.

Kafedra o`qituvchisi

Shamsutdinov Behruz Sadriddin o`g`li

Chorshanba

14:00 – 16:00

319

13.

Kafedra o`qituvchisi

Maxmudov Sunnatjon Аzim o`g`li

Seshanba

14:00 – 16:00

319

14.

Kafedra o`qituvchisi

Qudratillayev Hazratali Zokirjon o`g`li

Seshanba

13:00 – 14:50

319

15.

Kafedra o`qituvchisi

Latipov Samir Ildusovich

Chorshanba

15:00 – 17:00

319

 

 

Bizning manzil:

Toshkent shahri, Cayilgoh ko'chasi, 35-uy, TDYU 2-o'quv binosi, 319-xona

Murojaat uchun telefon raqam: 71 233-66-36, 1158 (ichki)

Elektron pochta: d.bazarova@tsul.uz