Talabalarni mavjud imkoniyatlar bilan tanishtirish mexanizmi
- Karyera bo‘limi Telegram kanali
orqali bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul jarayonlari, stajirovka va boshqa
imkoniyatlar muntazam e’lon qilinadi;
- Career.edu.uz va boshqa
tegishli elektron platformalar orqali talabalar va bitiruvchilarga ish
imkoniyatlari yetkaziladi;
- ish beruvchi tashkilotlar bilan uchrashuvlar,
davra suhbatlari, taqdimotlar va mehnat yarmarkalari tashkil etiladi;
- 2025-yil dekabridan buyon 20 dan
ortiq ish beruvchi bilan uchrashuv, 5 ta bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazilgan;
- Telegram kanal orqali 1500 dan ortiq
vakansiya e’lon qilingan;
- amaliyot va dual ta’lim doirasida talabalarni hamkor tashkilotlarga
yo‘naltirish ham ularni mehnat bozoriga tayyorlash va ish beruvchilar bilan
bevosita tanishtirish mexanizmi yo'lga qo'yilgan.
2. Ma’lumotlar qayerdan olinadi
- hamkor davlat organlari va tashkilotlari;
- sud, prokuratura, adliya, IIV va boshqa huquqiy tashkilotlar;
- ish beruvchilarning o‘zlari;
- amaliyot va hamkor tashkilotlardan kelib tushadigan vakansiyalar;
- Career.edu.uz va boshqa elektron platformalar;
- ish beruvchilar bilan olib borilayotgan hamkorlik va uchrashuvlar orqali
shakllantiriladi.
3. Samaradorlikni baholash
- bitiruvchilar bandligi bo‘yicha monitoring olib borilmoqda;
- 2025/2026-o‘quv yili bitiruvchilarining bandligi 1 539 nafar / 2 146 nafar, ya’ni 72 foiz holatiga yetkazilgan;
- ish beruvchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilib, 508 ta tashkilotdan 497 tasi (97,8 foiz) TDYU bitiruvchilarining
tayyorgarligini ijobiy baholagan;
- talabalar va bitiruvchilarni ish beruvchilar bilan bog‘lash maqsadida
muntazam yarmarkalar va uchrashuvlar Talabalar, bitiruvchilar hamda manfaatdor
tomonlarni mehnat bozoridagi mavjud imkoniyatlar, ish beruvchilar talabi, bo‘sh
ish o‘rinlari, amaliyot va stajirovka imkoniyatlari to‘g‘risida muntazam
xabardor qilish maqsadida tegishli ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va ochiq
e’lon qilish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
Xususan, ish beruvchilar tomonidan taqdim etilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari,
ishga joylashish imkoniyatlari hamda amaliyot va stajirovka yo‘nalishlariga oid
ma’lumotlar Career.edu.uz platformasi
hamda Universitetning Karyera
bo‘limining Telegram kanali orqali manfaatdor tomonlarga yetkazib
kelinmoqda. 2025-yil 1-dekabrdan boshlab mazkur yo‘nalishda 20 dan ortiq ish
beruvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, 5 ta mehnat yarmarkasi
o‘tkazilgan hamda 1500 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar
e’lon qilingan.
Shuningdek, bitiruvchilar bandligini o‘rganish va ish beruvchilarning
bitiruvchilar tayyorgarligi hamda kasbiy kompetensiyalariga bo‘lgan talablarini
aniqlash maqsadida ish beruvchilar o‘rtasida so‘rovnomalar tashkil etilmoqda.
Jumladan, 508 ta tashkilot ishtirokidagi so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 497 ta
tashkilot tomonidan bitiruvchilarning tayyorgarligi ijobiy baholangan bo‘lib,
ijobiy baholash ko‘rsatkichi 97,8 foizni tashkil etgan.
Mazkur ma’lumotlardan foydalanish samaradorligi bitiruvchilarning bandlik
holatini monitoring qilish, ish beruvchilar bilan qayta aloqa o‘rnatish,
vakansiyalar va ishga joylashish imkoniyatlariga bo‘lgan talabni o‘rganish
orqali baholanib borilmoqda.