--:-- · --/--/----
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG Akademik litsey va yuridik texnikum bitiruvchilari qabuli
O'qishni ko'chirish hamda qayta tiklash tartibi
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari

Toshkent davlat yuridik universiteti — 2026/2027

Ta'lim yo'nalishlari

60421200
Davlat va jamiyat boshqaruvi
Ma'lumot beriladi
60420100
Yurisprudensiya
Ma'lumot beriladi
60421400
Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik
Ma'lumot beriladi
60421500
Raqamli huquq
Ko'rish →
Qo'shma ta'lim dasturlari
Ko'rish →

Qabul tartibi

Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga 5 bosqichli qabul jarayoni
1

Abituriyentlarni ro'yxatdan o'tkazish

1-bosqich (5–25 iyun): abituriyentlar my.gov.uz portali va my.uzbmb.uz sayti orqali test fanlari, ta'lim tili va test hududini tanlaydi.

2-bosqich: test sinovi yakunlangach 15 kun davomida oliy ta'lim muassasasi, yo'nalish, ta'lim shakli va tanlov ustuvorligi tanlanadi.

2

Fanlar majmuasi va baholash mezonlari

Abituriyentlar 5 ta fan bo'yicha imtihon topshiradi. Maksimal ball — 189,0.

Majburiy fanlar: Ona tili, Matematika, O'zbekiston tarixi.

Yo'nalishga mos fanlar: Huquqshunoslik (yoki Tarix — Davlat va jamiyat boshqaruvi uchun) va Chet tili.

3

Test topshirish

Test sinovlari iyul–avgust oylarida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o'tkaziladi.

Kuniga ikki smenada tashkil etiladi. Natijalar test topshirilgan kunning ertasiga ma'lum bo'ladi.

4

OTM va yo'nalish tanlash

Test natijalari e'lon qilingach 15 kun ichida abituriyent 5 tagacha yo'nalish tanlay oladi va tanlov ustuvorligini (davlat granti yoki yo'nalish ustuvorligi) belgilaydi.

5

Natijalarning e'lon qilinishi

Yakuniy natijalar — mandat — yo'nalish tanlash yakunlangach bir hafta ichida e'lon qilinadi.

Natijalar Bilim va malakalarni baholash agentligi sayti va maxsus Telegram botlari orqali, abituriyent ID raqami bo'yicha ko'rish mumkin.

Fanlar va baholash mezonlari

Maksimal ball — 189,0
FanTest soniMezonMaksimal ball
Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy uchta fan
Ona tili (o'zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa)101,111,0
Matematika101,111,0
O'zbekiston tarixi101,111,0
Jami3033,0
Bakalavriat ta'lim yo'nalishiga mos ikkita fan
Huquqshunoslik (Tarix — DJBdir)303,193,0
Chet tili302,163,0
Jami60156,0
5 ta fan bo'yicha jami90189,0
Qabul bo'yicha murojaat boti