Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi


Shiorimiz: Talabalarga – bilim, mamlakatga – yetuk kadrlar!

Bizning maqsadimiz:

Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi “Xalqaro ommaviy huquq”, “Xalqaro jinoyat huquqi”, “Xalqaro inson huquqlari”, “Yevropa Ittifoqi huquqi”, “Islom huquqi”, “Diplomatik va konsullik huquqi” “Butunjahon savdo tashkiloti huquqi”, “Xalqaro tashkilotlar huquqi”  bo‘yicha o‘quv va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boruvchi universitetdagi eng yetakchi kafedralardan biri hisoblanadi.

Xalqaro ommaviy huquq va inson huquqlarini chuqur o‘rganish, shuningdek, milliy va xorijiy davlatlar huquq tizimlarini qiyosiy tadqiq qilish asosida yuqori malakali yuridik kadrlar tayyorlash, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tadqiq etishni maqsad qilganmiz. Ayni paytda bu yo‘nalishda Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Bosh prokuratura akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi,  huquqni muhofaza qilish idoralari va respublika oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilyapmiz.

Bizning vazifalarimiz:

Bizning kafedra universitetda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlaydi va qator vazifalarni amalga oshiradi:

– “Xalqaro ommaviy huquq”, “Xalqaro jinoyat huquqi”, “Xalqaro inson huquqlari”, “Yevropa Ittifoqi huquqi”, “Islom huquqi”, “Diplomatik va konsullik huquqi” “Butunjahon savdo tashkiloti huquqi”, “Xalqaro tashkilotlar huquqi” fanlarini o‘rganamiz, izlanishlar olib boramiz va ushbu fanlar bo‘yicha bilim berish;

– xorijiy huquq va huquqiy tizimlarni qiyosiy tadqiq qilish maqsadida xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi hamda stajirovkalarni tizimli asosda tashkil etish;

– talabalarda xalqaro huquq bo‘yicha qiyosiy, tahliliy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish;

– talabalarda protsessual huquq normalarini amalda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish;

– konstitutsiyaviy, fuqarolik, ma’muriy, jinoyat, jinoyat-protsessual va huquqning boshqa sohalariga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;. 

Bizning fanlar: 

A) Bakalavriatda: 

– “Xalqaro ommaviy huquq”;

– “Xalqaro jinoyat huquqi”;

– “Xalqaro inson huquqlari”; 

– “Yevropa Ittifoqi huquqi”;

– “Islom huquqi”;

– “Diplomatik va konsullik huquqi”;

– “Butunjahon savdo tashkiloti huquqi”; 

– “Xalqaro tashkilotlar huquqi” kabi 8 ta fan;


B) Magistraturada: 

– “BST huquqi va uning doirasida nizolarni hal etish”;

– “Xalqaro migratsiya huquqi” kabi 2 ta fan o‘tiladi.

Kafedraning ilmiy salohiyati:

Ilmiy salohiyatni oshirishga oid chora-tadbirlar (doktorlik dissertatsiyasi (phd, dsc)ni tayyorlash va himoya qilish) bo‘yicha: 

1. Kafedra professori yu.f.n. Yuldasheva Govxerjan “O‘zbekiston Respublikasida konsullik huquqining shakllanishi va rivojlanishi” mavzusida yuridik fanlar dortori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini o‘z vaqtida himoya qildi. 

2. Kafedra dotsenti yu.f.n. Sulaymanov Odiljon Rabbimovich “Sud hokimiyati mustaqilligiga oid xalqaro standartlarni implementatsiya qilishning tashkiliy huquqiy masalalari” mavzusida yuridik fanlar dortori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini o‘z vaqtida himoya qildi.

3. Kafedra o‘qituvchisi Valijonov Daler Dilshodovich “Mejdunarodnoe sotrudnichestvo organov prokuraturы Respubliki Uzbekistan po borbe s prestupnostyu” mavzusidagi yu.f.n. darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi kafedra muhokamasida o‘tkazildi. Hozirda ilmiy seminar muhokamasidan o‘tkazish arafasida. 

4. Kafedra o‘qituvchisi Miruktamova Feruza Lutfullaevna “Voyaga yetmaganlar odil sudlovining xalqaro standartlari” mavzusidagi yu.f.n. darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi yozib tugatildi. Hozirda kafedra muhokamasiga o‘tkazish arafasida. 

Kafedrada ayni paytda Gafurova Nozimaxon Eldarovna – “O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqqa bo‘lgan huquqni ta’minlashning xalqaro-huquqiy asoslari”, Durmatov Azizjon Jumaqulovich – “Huquq ustuvorligini ta’minlashning halqaro huquqiy jihatlari”, Binakulov Alijon Boli o‘g‘li – “Inson organlari, to‘qimalari va hujayralarini transplantatsiya qilishni xalqaro-huquqiy tartibga solish masalalari”, Rasulov Jurabek Abdusamievich – “Majburiy mehnatni tugatish bo‘yicha xalqaro standartlarni O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga implementatsiya qilish masalalari”, Yusupova Faringiz Uktam qizi – “Sog‘liqqa bo‘lgan huquq doirasida ayollar reproduktiv huquqlarini ta’minlashning xalqaro-huquqiy jihatlari”, Almosova Shahnoza Sobirovna – “Geografik ko‘rsatkichlar muhofazasining xalqaro-huquqiy standartlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga tatbiq qilish”, Gafurov Komron Eldarovich – “O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi savdo munosabatlarining xalqaro-huquqiy jihatlarini takomillashtirish”, Miro‘ktamova Feruza Lutfullaevna – “Voyaga yetmaganlar odil sudlovining xalqaro standartlari” mavzularida 12.00.10 – Xalqaro huquq ixtisosligi bo‘yicha ilmiy-amaliy tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Tadqiqot davlat ilmiy texnika dasturlari doirasida o‘tkazilmoqda. 

Kafedra tomonidan 2020 yil mobaynida: 

– 6 ta monografiya;

– 2 ta darslik;

– 1 ta o‘quv qo‘llanma;

– 65 ta ilmiy maqola;

– 9 ta «Web of Science», «Scopus» ilmiy bazalariga kiritilgan jurnallarda ilmiy maqolalar chop etilgan.

Shuningdek, 

– 3 ta xalqaro ilmiy konferensiya va davra suhbatlari o‘tkazildi. 

Bizning dastur va loyihalarimiz: 

Kafedra qoshida quyidagi to‘garaklar faoliyat yuritmoqda:

Halqaro huquqshunoslar

Talabalarda ilmiy ish amalga oshirishdagi kunikamalarni yaratish T.me/xalqarohuquqshunoslar

To‘garak ishtirokchilari soni – 29

ELSA (John H. Jackson Moot Court Competition on WTO)

 JST qonunchiligi bo‘yicha - JSTning texnik ko‘magi bilan Yevropa huquqshunos talabalar assotsiatsiyasi (ELSA) tomonidan tashkil etilgan JST nizolarni hal qilish tizimini o‘rganish. https://t.me/elsacompetition

To‘garak ishtirokchilari soni – 138

Filipa Djessop nomidagi xalqaro huquq bo‘yicha tanlov (Phillip S. Jessup International Law Moot Court Competition) 

Xalqaro huquq sohasida yetuk nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash. https://t.me/tsuljessup

To‘garak ishtirokchilari soni – 385

Xalqaro jinoyat sudi tanlovi (International Criminal Court Moot Court Competition)

Xalqaro konkurslarda ishtirok etish orqali talabalarning Xalqaro huquq soxasidagi bilimlarini oshirish. https://t.me/joinchat/CuaqyBt4xEEVghZz94cxcA 

To‘garak ishtirokchilari soni – 16

Sources for (ICC) https://t.me/joinchat/AAAAAEh8GFF4wbjN2Xk5eQ (11 ishtirokchi)

 “Islom va xalqaro huquq”

 Xalqaro huquqning islom doktrinasi, islom va xalqaro huquq masalalari va bu sohada ilmiy izlanishlar olib borish. https://t.me/joinchat/NSAVEhrpNlUF0x0vRXlzeA

To‘garak ishtirokchilari soni – 19

“Yosh faollar” tugaragi

 Xalkaro huquq va inson xukuklari doirasida ilmiy izlanishlar olib borish,  ilmiy manbalar bilan ishlash, ilmiy va ommabop nashrlar tayyorlash. https://t.me/joinchat/MfBdqxyGpoZ5vjlfI3JHvg

To‘garak ishtirokchilari soni – 5

Professor-o‘qituvchilar tarkibi:

Bizning professor-o‘qituvchilarimiz doimo o‘z ustida ishlaydi, xorijiy hamkasblari bilan malaka va bilimini oshirib boradi, tajriba almashadi. 

Bugungi kunda kafedrada 3 nafar fan doktori (DSc-fan doktori) ilmiy darajasiga ega (shuningdek, ilmiy darajaga ega bo‘lmay professor 

ilmiy unvonini olgan yoki unga tenglashtirilgan) professor-o‘qituvchilar, 6 nafar fan nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga ega (shuningdek, ilmiy darajaga ega bo‘lmay dotsent 

ilmiy unvonini olgan) professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda.

Biz talabalarda nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsadida uzluksiz ravishda xalqaro miqyosdagi mutaxassislari ishtirokida mahorat darslarini tashkil etamiz. 


Bizning professor-o‘qituvchilarimiz: 

1.

Gafurova Nozimaxon Eldarovna

Kafedra mudiri

yu.f.f.d (PhD), dotsent

2.

Yuldasheva Govxerjan

Professor

y.f.d., professor

3.

Muxamedjanov Amanulla  Zakirovich

Professor

y.f.d., professor

4.

Umarxanova Dildora Sharipxanovna

Kafedra professori v.b.

y.f.d., dotsent

5.

Yunusov Haydarali Muratovich

Dotsent

y.f.n., dotsent

6.

Raxmanov Abdumuxtor Rejjabbaevich

Dotsent

y.f.n., dotsent

7.

Maxamatov Maxmud Maxamataminovich

Dotsent v.b.

y.f.f.d (PhD)

8.

Sulaymanov Odiljon Rabbimovich

Dotsent

y.f.n., dotsent

9.

Miruktamova Feruza Lutfullaevna

Katta o‘qituvchi

Ilmiy darajasiz

10.

Gafurova Sevara Alisherovna

Katta o‘qituvchi

y.f.n.

11.

Muhitdinov Mavlon Muxsinovich

Katta o‘qituvchi

y.f.n.

12.

Jumaniyazov Jasur Karimovich

Katta o‘qituvchi

Ilmiy darajasiz

13.

Rasulov Jurabek Abdusamievich

o‘qituvchi

Ilmiy darajasiz

14.

Matkarimova Gulchexra Abdusamatovna

Kafedra professori v.b.

y.f.d.

15.

Yusupova Faringiz Uktam kizi

o‘qituvchi

Ilmiy darajasiz

16.

Ibodullaev Saidkomil Bekpulat o'g'li

o‘qituvchi

Ilmiy darajasiz

17.

Valijonov Daler Dilshodovich

o‘qituvchi

Ilmiy darajasiz

18.

Almosova Shahnoza Sobirovna

o‘qituvchi

Ilmiy darajasiz

19.

Sherxanova Umida Alisher qizi

o‘qituvchi

Ilmiy darajasiz




Kafedra professor-o‘qituvchilarining maslahat kunlari:


Lavozimi

F.I.O.

Konsultasiya vaqti

Auditoriya

1.

Kafedra mudiri

Gafurova Nozimaxon Eldarovna

Dushanba

9.00-12.00

105

2.

Professor

Yuldasheva Govxerjan

Seshanba

9.00-12.00

105

3.

Dosent v.b.

Maxamatov Maxmud Maxamataminovich

Chorshanba

9.00-12.00

105

4.

O‘qituvchi

Valijonov Daler Dilshodovich

Payshanba

9.00-12.00

105

5.

O‘qituvchi

Rasulov Jurabek Abdusamievich

Juma

9.00-12.00

105




Bizning manzil:

Toshkent shahri, Cayilgoh ko‘chasi, 35-uy, TDYuU 3-o‘quv binosi, 105-xona

Murojaat uchun telefon raqami: Tel: 233-66-36, 1163 (ichki)


Elektron pochta: www.process@tsul.uz