Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura kafedrasi
Shiorimiz: Haqiqat odil sudlovda
Bizning maqsadimiz:
Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura kafedrasi quyidagi yo'nalishlar: sud hokimiyati prokuror nazorati huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish hamda advokatura ixtisosligi bo'yicha o'quv va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boruvchi universitetdagi eng yetakchi kafedralardan biri hisoblanadi.
Biz yurtimiz va jahondagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar to'liq o'rganish, bu borada xalqaro tajriba bilan tanishish va sohadaga oid turli me'yoriy hujjatlarni tadqiq etish va ishlab chiqishni maqsad qilganmiz. Ayni paytda bu yo'nalishda Adliya vazirligi, Oliy sud, Advokatlar palatasi hamda amaliyotchi advokatlar bilan, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilyapmiz.
Bizning vazifalarimiz
Bizning kafedra universitetda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini qo'llab-quvvatlaydi va qator vazifalarni amalga oshiradi. Biz:
– “Sud hokimiyati”, “Tiklovchi odil sudlov” “Advokatura”, “Advokatura va advokat faoliyati” fanlarini o'rganamiz, izlanishlar olib boramiz va ushbu fanlar bo'yicha bilim beramiz;
– talabalarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar to'g'risida qiyosiy, tahliliy va mantiqiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantiramiz;
– talabalarda sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan bog'liq fundamental bilimlarni shakllantiramiz;
– yoshlarga mustaqil ta'lim olish va berish, nazariya va amaliyot uyg'unligini ta'minlash uchun imkon beramiz.
Bizning fanlar:
Bakalavriatda 6ta fan:
-“Sud hokimiyati”
- “Advokatura”
- “Tiklovchi odil sudlov” (Restorative Justice)
-“Prokuror faoliyati”
-“Jinoyat ish yuritishda multimediya va axborot texnologiyalari”
-“Ijro ishini yuiritish”
Magistraturada 1 ta fan:
– “ Advokatlik faoliyati va advokatura:”
Ilmiy salohiyat
Kafedra Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2020-yil 1-iyundagi “Toshkent davlat yuridik universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi 08-100-son buyrug'i bilan tashkil etilgan. Qisqa vaqt ichida kafedra tomonidan salmoqli ishlar amalga oshirildi. Jumladan,
Kafedra tomonidan 2023 yil iyun- 2024 yil yanvar oylarida:
– 2 ta monografiya;
– 10 ta ilmiy maqola;
– 1 ta “Scopus” bazasiga kiritilgan ilmiy jurnallarda maqola chop etilgan.
Shuningdek,
– 1 ta xalqaro;
– 1 ta respublika ilmiy konferentsiya va davra suhbatlari o'tkazilgan.
Kafedra qoshida “Legal Protector” to'garagi hamda “Yosh prokurorlar” klubi faoliyat yuritmoqda. Ushbu to'garak va klub doirasida muntazam ravishda ilmiy tadbirlar tashkil etiladi.
Professor-o'qituvchilar tarkibi:
Bizning o'qituvchilarimiz doimo o'z ustida ishlaydi, xorijiy hamkasblari bilan malaka va bilimini oshirib boradi, tajriba almashadi.
Bugungi kunda kafedrada 2nafar professor, 3 nafar yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori, 3 nafar dotsent v.b. va 2 nafar katta o'qituvchi faoliyat yuritmoqda. Biz talabalarda nazariya va amaliyot uyg'unligini ta'minlash maqsadida uzluksiz ravishda advokatlar va soha mutaxassislari ishtirokida mahorat darslarini tashkil etamiz.
Kafedramiz o'qituvchilari 10ta monografiyaortiq va 6 ta o'quv-qo'llanma muallifidir. Shuningdek, 5 nafar mustaqil izlanuvchi o'quv-uslubiy jarayonda ishtirok etmoqda.
Bizning xodimlarimi:
Kafedra mudiri, yuridik fanlar bo'yicha doktori (Dsc) – Djurayev Ixtiyor Baxtiyarovich
Matkarimov Qudrat Qalandarovich – Kafedra dotsent vazifasini bajaruvchisi – yuridik fanlar doktori (DSc)
Kafedra professori – Ne'matov Jasur Aminjonovich – yuridik fanlar doktori (DSc), professor
Kafedra professori v.b, yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD) – Nurumov Dilshodbek Djumabayevich
Kafedra katta o'qituvchisi – Turdaliev Djamshid Djamolovich
Kafedra dotsenti v.b. yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori – Matmurotov Alibek Ravilovich
Kafedra katta o'qituvchisi – Qodiraliyev Saddam Baxtiyorjon o'g'li
Kafedra o'qituvchisi – Xakimova Kamola Farrux qizi
Kafedra katta o’qituvchisi- Mardonov Kamol Karomat o’g’li
Kafedra maslahat kunlari:
№ | Lavozimi | F.I.O. | Konsultatsiya vaqti | Auditoriya |
---|---|---|---|---|
1. | Kafedra mudiri | Djurayev I.B | Seshanba 9.00-12.00 | 2-bino 208 |
2. | Kafedra dotsenti v.b. | Matkarimov Q.Q | Payshanba 14.00-16.00 | 2-bino 208 |
3. | Kafedra dotsenti v.b. | Nurumov D.J | Dushanba 9.00-12.00 | 2-bino 208 |
4. | Kafedra dotsenti v.b. | Matmurotov A.R. | Juma 14.00-16.00 | 2-bino 208 |
5. | Kafedra o'qituvchisi | Qodiraliev S.B | Dushanba 14.00-17.00 | 2-bino 208 |
6. | Kafedra o'qituvchisi | Xakimova K.F. | Chorshanba 14.00-16.00 | 2-bino 208 |
Bizning manzil:
Toshkent shahri, Sayilgoh ko'chasi, 35-uy, TDYU 2-o'quv binosi, 208-xona
Murojaat uchun telefon raqami: Tel: 233-66-36, 1122 (ichki)