--:-- · --/--/----
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG Akademik litsey va yuridik texnikum bitiruvchilari qabuli
O'qishni ko'chirish hamda qayta tiklash tartibi
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Ko'zi ojiz abituriyentlar uchun qabul

Toshkent davlat yuridik universiteti — ko'zi ojiz abituriyentlarni o'qishga qabul qilish tartibi
Ko'zi ojiz abituriyentlar TDYUga kirish imtihonlarini ta'lim yo'nalishlari bo'yicha fanlar majmuasiga mos keluvchi ko'p balli yoki besh balli baholash tizimi bo'yicha an'anaviy shaklda topshiradilar. Imtihonlar yozma yoki og'zaki shaklda — qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Ro'yxatdan o'tish
5 – 25 iyun
Kirish imtihonlari
Iyul oyida
Apellyatsiya muddati
24 soat ichida

Kirish imtihoni fanlari

Fanlar majmuasi — ta'lim yo'nalishlariga mos
1
Huquqshunoslik
Davlat va jamiyat boshqaruvi yo'nalishi uchun: Tarix
2
Chet tili
3
Ona tili
4
Matematika
5
O'zbekiston tarixi

Qabul jarayoni

1

Abituriyentlarni ro'yxatdan o'tkazish

Ko'zi ojiz abituriyentlar bir bosqichda — har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar ro'yxatdan o'tkaziladi (25-iyun kuni ham).

Shu davrda abituriyent oliy ta'lim tashkiloti, bakalavriat yo'nalishi, ta'lim shakli va ta'lim tilini tanlaydi.

2

Fanlar majmuasi va baholash mezonlari

Abituriyentlar ko'p balli yoki besh balli baholash tizimi bo'yicha baholanadi.

Fan bo'yicha imtihon shakli (yozma yoki og'zaki) qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi. Dasturlar va baholash mezonlari umumtaʼlim fanlari dasturlariga muvofiq tuziladi.

3

Imtihonlarni o'tkazish tartibi va muddati

Qabul komissiyasi ko'zi ojiz abituriyentlar uchun maxsus jadval asosida maslahatlar tashkil etadi.

Kirish imtihonlari har yili iyul oyida e'lon qilingan muddatlarda o'tkaziladi.

4

Imtihon natijalari ustidan apellyatsiya

Apellyatsiya shikoyatlari natijalar e'lon qilinganidan boshlab 24 soat ichida qabul qilinadi.

Apellyatsiya komissiyasi shikoyatni 3 kun ichida ko'rib chiqadi.

Qabul bo'yicha murojaat boti