Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazi

Markazning asosiy maqsadi: oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish orqali yuridik taʼlim olishga keng imkoniyat yaratish hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalarida huquqiy fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, xalqaro miqyosda Oʻzbekiston Respublikasi va mamlakat tashkilotlari manfaatlarini munosib ifoda eta oladigan yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha tayyorlash

Markazning asosiy vazifalari:

  • tinglovchilarning investitsiya va tijorat faoliyatida xalqaro huquq asoslarini oʻzlashtirishini, xalqaro xususiy, tijorat huquqi, xalqaro arbitrajning moddiy va protsessual huquq normalarini amalda qoʻllash, ilgʻor advokatlik texnikasi, aktivlarni xalqaro qidirish va ularni qaytarish texnikasi, xalqaro tergov qilish va korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilish sohasida oʻqitishni taʼminlashga qaratilgan yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha qisqa muddatli professional oʻqitish kurslarini tashkil etish;
  • qayta tayyorlash jarayonida zamonaviy yondashuv va texnologiyalarni, xorijiy hamda milliy ilgʻor tajribani umumlashtirish va joriy qilish, tinglovchilarning tahliliy fikrlash qobiliyatini yuksaltirish, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarni tahlil va talqin qilish, qoʻllash koʻnikmalarini shakllantirishga yoʻnaltirilgan innovatsion pedagogik texnologiyalarni qoʻllash, huquq sohasidagi fundamental bilim va koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan intensiv oʻqitish dasturlarini amalga oshirish asosida oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish;
  • pedagog kadrlarning kasbiy bilimlari, koʻnikmalari va mahoratlarini uzluksiz yangilab borish mexanizmlarini joriy etish hamda zamonaviy talablarga muvofiq taʼlim sifatini taʼminlash uchun zarur darajadagi kasbiy tayyorgarlikni oʻstirishga qaratilgan oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalarida huquqiy fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarini tashkil etish.