Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida quyidagi grant loyihalari amalga oshirilmoqda:
1. Mavzu: “Yuridik terminlar elektron tezaurusi va innovatsion multimedia platformasini yaratish”
Loyiha miqdori – 985 mln soʻm.
Mazkur loyiha qonunchilikda va huquqni qoʻllash amaliyotida foydalanib kelinayotgan yuridik terminlar onlayn bazasini yaratishni maqsad qilgan. Bunda, oddiy izohli lugʻatlardan farqli oʻlaroq, Oʻzbekistonda ilk bor yuridik terminlarning semantik tavsifi (sinonim, antonim, paronim va h.k.) ishlab chiqiladi.
Loyiha miqdori – 801 mln soʻm.
Mazkur loyiha natijasida tadbirkorlik subyektlarining huquqlari kafolatlari mustahkamlanadi hamda klasterlik faoliyatining huquqiy asoslari takomillashtiriladi.