Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU Ekspertlar kengashi (vatandoshlar)

TDYUda Ekspertlar kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Toshkent davlat yuridik universitetida xorijda, xususan, AQSH, Kanada, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqa davlatlarda istiqomat qilib, huquqshunoslik sohasida faoliyat yurituvchi 30 nafarga yaqin vatandoshlarimizdan iborat Ekspertlar kengashi tashkil etildi.

Mamlakatimizda yuridik ta’lim va fanni yuksaltirish yo‘lida xorijda yashayotgan va professional faoliyatni yuritayotgan vatandoshlarimiz, ayniqsa, yuqori ilmiy salohiyatga ega olimlar, mutaxassislar va iste’dodli yoshlar sa’y-harakatlarini birlashtirishni maqsad qilgan mazkur kengashning a’zolari universitet akademik jarayoniga bevosita jalb etilgan.

Ishonchimiz komil, mazkur kengashga a’zo bo‘lgan vatandoshlarimizning xorijda orttirgan tajribalari milliy yuridik ta’lim va fanni rivojlantirishga, xalqaro darajaga olib chiqishga, shuningdek, yuqori malakali huquqshunoslarni tayyorlashga munosib xissa qo‘shadi.

Yaqin kunlarda, universitet Ekspertlar kengashi a’zolarining har biri keng jamoatchilikka tanishtiriladi.