Xalqaro
assotsiatsiyalarga a'zolik
Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro universitetlar assotsiatsiyasi (International Association of Universities – IAU), Xalqaro yuridik maktablar assotsiatsiyasi (International Association of Law Schools – IALS), yevropa huquq fakultetlari assotsiatsiyasi (European Law Faculties Association – ELFA), Xalqaro universitetlar uyushmasi (Observatory Magna Charta Universitatum) va yevropa oliy ta'lim muassasalari assotsiatsiyasi (European Association of Institutions in Higher Education – EURASHE)ning to‘laqonli a'zoligiga qabul qilingan.
1. Xalqaro universitetlar assotsiatsiyasi jahondagi universitetlarni birlashtiruvchi va
ularning manfaatlarini ifodalovchi yetakchi xalqaro tashkilot hisoblanadi.
Ushbu assotsiatsiyaga dunyoning 130 mamlakatidagi 650 dan ortiq nufuzli
oliy ta'lim muassasalari a’zo bo‘lgan. YUNESKOning rasmiy hamkori
hisoblanadigan ushbu assotsiatsiya o‘z a'zolari o‘rtasida hamkorlikni
rivojlantirish hamda ta'lim jarayonida yangi bilimlar va innovatsiyalarni
qo‘llash masalalariga alohida e’tibor qaratadi. Ta’kidlash joiz, Toshkent
davlat yuridik universiteti mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari orasida
ushbu tashkilot a'zoligiga qabul qilingan yagona universitetdir.
2. Xalqaro yuridik maktablar
assotsiatsiyasi dunyoning 55 mamlakatidan 155 dan ortiq yuridik oliygohlar va
huquq maktablarini o‘zida jamlagan tashkilot hisoblanadi. Assotsiatsiyaning
bosh vazifasi dunyoda yuridik maktablar faoliyatini takomillashtirish va
yuridik ta'lim tizimini yaxshilashdan iborat. Tashkilot jahon bo‘ylab,
4 500 dan ortiq huquq sohasida faoliyat yurituvchi pedagoglarning
manfaatlarini himoya qiladi.
IALS a'zolarining yig‘ilishlarida
yuridik ta'limning global miqyosdagi maqsadlari va strategiyasi belgilab
olinadi. Global forum doirasida yuridik oliy ta'lim muassasalari va fakultetlar
rahbarlari tomonidan o‘zaro fikr va tajriba almashiladi.
3. Yevropa yuridik
fakultetlar assotsiatsiyasi 150 dan ortiq a'zolarga ega bo‘lgan
yevropada yuridik ta'lim sifatini oshirish maqsadida muhokama va almashinuv
maydonchasini taqdim etish uchun tashkil etilgan nufuzli xalqaro tashkilot
hisoblanadi. Assotsiatsiyaning asosiy faoliyati yuridik ta'limni isloh qilish
jarayonini muvofiqlashtirish, yangi standartarni ishlab chiqish, universitetlar
o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot
muassasalari hamda sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, huquqshunoslar
uchun ish beruvchi hisoblangan tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalarni
mustahkamlashdan iborat.
4.
Xalqaro universitetlar uyushmasi 1988-yilda Italiyada tashkil qilingan bo‘lib, hozirda dunyoning
88 mamlakatidagi 904 ta yetakchi universitetni birlashtirib kelmoqda.
Uning asosiy maqsadi a'zo universitetlar o‘rtasida o‘zaro samarali hamkorlikni
yo‘lga qo‘yish va mustahkamlashdan iborat.
Xalqaro universitetlar uyushmasiga a'zolik yurtimizda yuridik ta'lim sifatini oshirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam hisoblanadi. Uyushma tarkibidagi faoliyat Toshkent davlat
yuridik universitetining ilmiy va pedagogik jamoasiga o‘z mutaxassisligi
doirasida jahondagi ilg‘or tajribalarini o‘rganish, innovatsion ishlanmalar
yaratish, ta'lim dasturlarini takomillashtirish imkonini beradi. Bu esa pirovard natijada
universitetning xalqaro reytinglardagi pozitsiyasini yaxshilashga olib
keladi.
Xalqaro universitetlar
uyushmasi faoliyatini besh yillik reja asosida tashkil qilib, o‘z a'zolariga
ta'lim jarayonini takomillashtirish borasida konsultetiv yordam ko‘rsatadi
hamda ularning o‘zaro hamkorlik qilishiga qaratilgan turli loyihalarni amalga
oshiradi.
5.
Yevropa oliy ta'lim
muassasalari assotsiatsiyasi Yevropa Ittifoqi, Amerika va Osiyoning 40
mamlakatidan 500 dan ortiq oliy ta'lim muassasalarini o‘zining a'zoligiga
qabul qilgan. Assotsiatsiyaning asosiy maqsadi yevropa oliy ta'lim zonasi
mamlakatlari (EHEA) va boshqa davlatlarning professional ixtisoslashgan
universitetlari manfaatlarini himoya qilish va yevropa professional oliy
ta'limi kelajagini shakllantirishda a'zo bo‘lgan muassasalarning faol
ishtirokini ta'minlashdan iborat. Bunda Assotsiatsiya yuqori faollikda
tadbirlar, kongresslar va o‘quv kurslarini tashkil qiladi hamda oliy ta'lim
sohasida xalqaro tadqiqot va rivojlanish loyihalarini muvofiqlashtiradi.
Shuningdek, Assotsiatsiya
a'zo bo‘lgan ta'lim muassasalari xodimlarining malakasini oshirish maqsadida
yil davomida ta'lim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar, oliy
ta'lim sohasi xodimlari, strategik masalalar rahbarlari, akademiklar, yevropa
va undan tashqaridagi talabalar ishtirokida konferensiyalar va seminarlarni
tashkil qiladi.
https://www.eurashe.eu/