Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Fuqarolik huquqi kafedrasi

 

 Shiorimiz: Sivilistik tafakkur rivoji sari

 

 Bizning maqsadimiz: kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishda hissa qo‘shish, yetuk kadrlarni tayyorlash, sivilist olimlarni yetishtirish, xalqaro tajribalarni o‘rgangan holda sohaga oid turli meʼyoriy hujjatlarni tadqiq etish va ishlab chiqish.

 

 Hamkorlarimiz: Adliya vazirligi, Oliy sud, Intellektual mulk agentligi, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, boshqa tashkilotlar va respublika oliy taʼlim muassasalari.

 

Bizning vazifalarimiz:

–  “Fuqarolik huquqi”, “Shartnoma huquqi”, “Rim huquqi” va “Sport kontraktlari huquqi” fanlarini o‘rganish, izlanishlar olib borish va ushbu fanlar bo‘yicha bilim berish;

–  talabalarda yuqorida sanab o‘tilgan fanlar to‘g‘risida qiyosiy, tahliliy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish;

–  yoshlarga mustaqil taʼlim olish va berish, nazariya hamda amaliyot uyg‘unligini taʼminlash uchun imkon berish;

–  sohaga oid dolzarb muammolarini tadqiq etish;

– sohaga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solishning istiqbollari, yo‘nalishlari ustida tadqiqotlarni amalga oshirish;

– milliy fuqarolik qonunchiligini rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar, konsepsiyalar va nazariyalarni ishlab chiqish;

– fuqarolik huquqining ilmiy-nazariy va amaliy masalalariga qaratilgan tadqiqotlar o‘tkazish va ular natijalari yuzasidan tegishli ilmiy ishlanmalarni tayyorlash.

 

Bizning fanlar:

 

Bakalavriatda uchta fan:

– Fuqarolik huquqi

– Rim huquqi

– Shartnoma huquqi

 

Magistraturada bitta fan:

– Sport kontraktlari huquqi

 

Ilmiy salohiyat

 

Kafedrada ayni paytda “Investitsiya muhiti jozibadorligini oshirish va tavakkalchilik xavf-xatarini kamaytirishning huquqiy mexanizmini yaratishning nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli fundamental tadqiqotlar loyihasi amalga oshirilmoqda. Tadqiqot davlat ilmiy texnika dasturlari doirasida o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, kafedramiz o‘qituvchilari  tomonidan “Sport munosabatlarini huquqiy tartibga solish”, “Kompyuter dasturlari va maʼlumotlar bazalariga oid munosabatlarni fuqaroviy huquqiy tartibga solishni takomillashtirish”, “Sanoat namunalarini huquqiy tartibga solish”, “O‘z harakatlarini tushuna olmaydigan yoki boshqara olmaydigan shaxslar tomonidan tuzilgan bitimlarni haqiqiy emasligini fuqaroviy-huquqiy tartibga solish masalalari”, “Nikohdan ajralishga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solish masalalari” mavzularida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

 

Kafedra tomonidan 2019-2020-yillarda:

– 6 ta monografiya;

– 100 tadan ortiq ilmiy maqola;

– 10 taga yaqin “Scopus” bazasida maqola chop etilgan.

Shuningdek,

– Xalqaro konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan;

– 1 ta respublika ilmiy konferensiya va 2 marotaba davra suhbatlari o‘tkazildi.

 

Bizning dastur va loyihalarimiz: “Investitsiya muhiti jozibadorligini oshirish va tavakkalchilik xavf-xatarini kamaytirishning huquqiy mexanizmini yaratishning nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant loyihasi amalga oshirilmoqda.

Professor O.Oqyulov rahbarligidagi “Investitsiya muhiti jozibadorligini oshirish va tavakkalchilik xavf-xatarini kamaytirishning huquqiy mexanizmini yaratishning nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli fundamental tadqiqotlar loyihasi bo‘yicha 35 ta ilmiy maqola, shuningdek 2 ta davra suhbati va ilmiy seminarlar tashkil etildi. 1 ta monografiya, 1 ta darslik, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta atamalar lug‘ati, Rossiyada nashr etilgan kollektiv monografiyada alohida maqola chop etilgan hamda O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar Adliya vazirligiga taqdim etilib qabul qilingan. Shuningdek, tayyorlangan o‘quv adabiyotlari o‘quv jarayoniga tadbiq etildi.

 

Ilmiy maktab va to‘garaklar:

 

Kafedra qoshida quyidagi ilmiy maktablar faoliyat olib boradi:

1. Professor Imomov ilmiy maktabi

2. Professor Oqyulov ilmiy maktabi

3. Professor Karaxodjayeva ilmiy maktabi

4. Professor Baratov ilmiy maktabi

5. Professor Topildiyev ilmiy maktabi

 

Ilmiy maktablarning maqsadi: klublar o‘z faoliyatida sivil fanlar doirasida yurist kadrlar (amaliyotchilar, yosh o‘qituvchilar va talabalar)ning yuridik tilda ravon so‘zlay va yoza olish qobiliyati, ko‘nikmasi va tajribasini oshirishdan iborat.

 

Ilmiy maktablarning vazifalari:

– muntazam uchrashuvlar tashkil etish orqali kundalik xorijiy va milliy OAVda nashr etilgan u yoki bu huquqiy mavzudagi chiqishlarni o‘rganib borish;

– notiqlik mahoratini o‘stirish, yuridik ritorikani o‘rganish;

– vakolatli organlar tomonidan qabul qilingan ayrim moddiy huquq normalarini tahlil qilib borish;

– shaxsiy rivojlanishga ko‘maklashuvchi “Men kimman: kecha, bugun va ertaga” rakursida o‘z-o‘zini tinglashni o‘rganish;

– qabul qilingan yangi fuqarolik qonun hujjatlari va ularning amaliyotini tahlil qilib borish;

– sud-huquq  va prokuror-tergov amaliyotini tahlil qilib borish;

– maqola yozish uslubiyotini o‘rganish;

– qonunchilik tashabbusi takliflarini ishlab chiqish va tayyorlash metodologiyasini o‘rganish;

– manzilli, aniq yo‘nalishda ilmiy-ijodiy ish yozish, ishlanmalar tayyorlash uslubini o‘rganish;

– o‘zaro mahorat darslari olib borish.

 

Kafedra qoshida quyidagi ilmiy to‘garaklar faoliyat olib boradi:

1. “Sivilist”;

2. “Benefit” (https://t.me/tdyubenefit).

 

Ilmiy to‘garaklarning maqsadi: talabalarga ilmiy faoliyat olib borish uchun ko‘maklashish, fuqarolik huquqi sohasidagi dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, fuqarolik huquqini chuqur o‘rganish va o‘zining ilmiy salohiyatini oshirishni istagan talabalar uchun imkoniyat yaratish.

 

Ilmiy to‘garaklarning vazifalari:

– Talabalarning fuqarolik huquqi sohasidagi bilimlarini oshirish;

– Talabalarni ilmiy ishlarga faol jalb qilish;

– Talabalar va o‘qituvchilarning ilmiy hamkorligi uchun sharoit yaratish;

– Fuqarolik huquqining hozirgi zamon muammolari, bu sohadagi   o‘zgarishlar, sud amaliyoti va normalarining qo‘llanilishini o‘rgatish;

– To‘garak aʼzolarining kasbiy professionalligini har tomonlama rivojlantirish.

 

Professor-o‘qituvchilar tarkibi:

Fuqarolik huquqi” kafedrasida 18 ta professor-o‘qituvchi faoliyat olib boradilar (asosiy va o‘rindoshlar). Ulardan 6 tasi yuridik fanlari doktori, 8 tasi yuridik fanlar nomzodi, 3 tasi mustaqil izlanuvchi va 1 ta doktorant hisoblanadilar (5 ta professor, 1 ta professor vazifasini bajaruvchi, 7 dotsent, 1 ta dotsent vazifasini bajaruvchi, 4 ta o‘qituvchi).   

Bizning o‘qituvchilarimiz doimo o‘z ustida ishlaydi, xorijiy hamkasblari bilan malaka va bilimini oshirib boradi, tajriba almashadi. Bundan tashqari mutaxassislar bilan turli seminar va master klasslar tashkil etiladi.

Kafedramiz o‘qituvchilari 10 ta darslik, 6 ta monografiya va 4 ta o‘quv-qo‘llanma muallifidir.


Imomov Nurillo Fayzullaevich kafedra mudiri, yuridik fanlar doktori, professor.

“Intellektual mulk obyekti sifatida yangi nav va zotlarning huquqiy maqomi” (o‘zbek tilida) doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan (2012-yil). 100 ga yaqin ilmiy maqolalar (o‘zbek, rus, ingliz va yapon tillarida), 8 ta monografiya, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi. 2015-yil “Mustaqillikning 25 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 2017-yildan beri “Fuqarolik huquqi” kafedrasi mudiri sifatida ishlab kelmoqda.

 

 Oqyulov Omonbay – yuridik fanlar doktori, kafedra professori.

“Intellektual mulkning huquqiy maqomi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan (2000-yil). 300 dan ortiq ilmiy maqolalar (o‘zbek, rus, ingliz va yapon tillarida), 20 dan ortiq monografiyalar, 20 dan ortiq darsliklar muallifi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi eksperti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi maslahat kengashi a'zosi. 2012-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan “Shuhrat” medali bilan, 2016-yil “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist” unvoni bilan taqdirlangan. 1996-yildan buyon “Fuqarolik huquqi” kafedrasida  ishlab kelmoqda.

 

Baratov Mirodil Xomudjonovichyuridik fanlar doktori, kafedra professori. 2008-yil “Fuqarolik-huquqiy munosabatlar subyekti sifatida davlat ishtirokining huquqiy va amaliy muammolari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 200 dan ortiq ilmiy maqolalar (o‘zbek va ingliz tillarida), 17 dan ortiq darsliklar, 15 dan ortiq o‘quv qo‘llanmalarning muallifidir. 2013-yildan buyon “Fuqarolik huquqi” kafedrasida ishlab kelmoqda

 

Topildiev Bahromjon Rahimjonovich yuridik fanlar doktori, kafedra professori. “Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini takomillashtirish” (o‘zbek tili) mavzusida doktorlik dissertatsiyasini  himoya qilgan (2020 yil). 100 ga yaqin  ilmiy maqolalar (o‘zbek, rus, ingliz tillarida), 4 ta monografiya, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar  muallifi. 2006-yildan buyon “Fuqarolik huquqi” kafedrasida  ishlab kelmoqda.

 

Karaxodjaeva Dilorom Mamirovnayuridik fanlar doktori, kafedra professori. 1989-yildan beri kafedrada ishlab kelmoqda. 200 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Bular: 7 darslik, 3 ta monografiya, 7 ta o‘quv qo‘llanma, 10 dan ortiq risola, 30 dan ortiq o‘quv -uslubiy ko‘llanmalar, bir qator qonunga yozilgan sharhlardir. “O‘zbekiston Respublikasida yuridik shaxslarning mulk huquqi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini ishlab chiqish va takomillashtirish muammolari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

 

Babaev Jahongir Ismailbekovich – yuridik fanlar nomzodi, dotsent. “Iste'molchilar huquqlari va ularni buzganlik uchun javobgarlik muammolari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan (2005-yil). 30 dan ortiq ilmiy maqolalar (o‘zbek, rus tillarida), 1 ta  monografiya, 4 ta darslik, risolalar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi. “Mustaqillikning o‘n yilligi” va “Mustaqillikning yigirma yilligi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan. 

Burxanova Leyla Maurisovna – yuridik fanlar nomzodi, dotsent. 1990-yilda “Qayta qurish va Sovet Ittifoqining keyingi rivojlanishining nazariy muammolari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi (rus tilida). Rus tilida 100 dan ortiq maqolalar, qator o‘quv va o‘quv qo‘llanmalar muallifi. “Fuqarolik huquqi” fanidan ma’ruza va seminarlar o‘tkazadi. 2018-yildan buyon “Fuqarolik huquqi” kafedrasida ishlab kelmoqda.

 

Musaev Elbek Tayufovich – yuridik fanlar nomzodi, dotsent. 2017-yildan buyon “Fuqarolik huquqi” kafedrasida ishlab kelmoqda. “Hamkorlik tizimidagi kredit munosabatlari” nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan (1992-yil). “Sport munosabatlarini huquqiy tartibga solish” mavzusida ilmiy izlanishlarni davo ettirmoqda.

 

Sharahmetova Umida Shoakbarovna – yuridik fanlar nomzodi, kafedra dotsenti. “Nikoh tuzish shartlariga rioya qilmaslikni belgilovchi     qonunchilikni takomillashtirish muammolari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan (2009-yil). 50 dan ortiq ilmiy maqolalar (o‘zbek, rus tillarida), monografiya,  darsliklar, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga sharhlar muallifidir. 2006-yildan buyon “Fuqarolik huquqi” kafedrasida ishlab kelmoqda.

 

Inoyatova Sohiba Fozilovna – yuridik fanlar nomzodi, kafedra dotsenti. “Hakamlik sudining hal qiluv qarorini qonuniylik va asoslantirilganligini ta'minlashning protsessual mexanizmlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan (2010-yil). 50 dan ortiq ilmiy maqolalar, monografiya, darslik, o‘quv qo‘llanma, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksiga sharhlar muallifidir. 2013-yildan buyon Toshkent davlat yuridik universitetining “Fuqarolik huquqi” kafedrasida ishlab kelmoqda.

 

Mehmonov Qambariddin  Miradxamovich – yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), kafedra dotsenti. “Kompyuter dasturlari va ma'lumotlar bazalariga oid munosabatlarni fuqaroviy huquqiy tartibga solishni takomillashtirish” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. 50 ga yaqin ilmiy maqolalar (o‘zbek, rus, ingliz tillarida), 1 ta monografiya, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, muallifi. 1998-yildan buyon “Fuqarolik huquqi” kafedrasida ishlab kelmoqda.  

Babajanova Dinara Islambekovnayuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), kafedra katta o‘qituvchisi. “Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish shakllarining oilaviy-huquqiy tartibga solinishi“ mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Fuqarolik huquqi, Oila huquqi fanlaridan seminar mashg‘ulotlarini olib boradi. 2014-yildan buyon “Fuqarolik huquqi” kafedrasida   ishlab kelmoqda. 

Egamberdiev Eduard Xadjibaevich – kafedra o‘qituvchisi. U Qoraqalpoq davlat universitetining doktoranti. 2012-yilda Berdaq va 2014-yilda Prezident stipendiyasi sovrindori. “O‘zbekiston Respublikasida ajralishning huquqiy asoslarini takomillashtirish” mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda. “Fuqarolik huquqi” va “Oila huquqi” fanlaridan ma’ruza va seminarlarni olib boradi. 2019-yildan buyon fuqarolik huquqi kafedrasida ishlaydi.

   

Satvaldieva Yulduzxon Hatamjon qizi kafedra o‘qituvchisi. 2020-yildan beri u mustaqil izlanuvchi. “Sanoat namunalarini huquqiy tartibga solish” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. “Fuqarolik huquqi” fanidan seminarlar o‘tkazadi. 2017-yildan buyon “Fuqarolik huquqi” kafedrasida ishlab kelmoqda.


Usmonova Munisxon Yo‘ldosh qizi - kafedra o‘qituvchisi. 2020 yildan beri u mustaqil izlanuvchi. “O‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaro tomonidan tuzilgan bitimlarni haqiqiy emasligini fuqaroviy-xuquqiy tartibga solish masalalari” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. “Fuqarolik huquqi” va “Oila huquqi” fanlaridan seminarlar o‘tkazadi. 2019-yildan buyon “Fuqarolik huquqi” kafedrasida ishlab kelmoqda.


Yusupov Jasurbek Melsovich - kafedra o‘qituvchisi. 2020-yil noyabr oyidan beri Fuqarolik huquqi kafedrasida ishlab kelmoqda. Jonkuyar o‘qituvchi. “Fuqarolik huquqi” fanidan seminarlar o‘tkazadi.


Kafedra professor-o‘qituvchilarining maslahat kunlari:

 

Lavozimi

F.I.O.

Konsultatsiya vaqti

Auditoriya

1

Kafedra mudiri

ImomovF.N.

Dushanba 9.00-12.00

202

2

Professor

Baratov X.M.

Seshanba 09.00-12.00

202

3

Professor

Topildiev R.B.

Chorshanba 09.00-12.00

202

4

Dotsent

Mehmonov M.Q.

Payshanba 09.00-12.00

202

5

Dotsent

Burxanova M.L.

Juma 09.00-12.00

202


Bizning manzil:
 

Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy, TDYU 3-o‘quv binosi, 202-xona

Murojaat uchun telefon raqami: +998(71) 233-33-66 (ichki 1166, 1165)

Elektron pochta: www.fuqarolikhuquqi@tsul.uz

Telegram kanali: @TDYUfuqarolikhuquqi