Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi

Bizning maqsadimiz:

Biz universitet talabalarining nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unligini ta’minlash, talabalarda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarga beg‘araz yuridik maslahatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirishni maqsad qilganmiz.

Bugungi kunda biz dunyodagi yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalar, xalqaro tashkilotlar va yuridik klinikalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yganmiz. Ular orasida Qirg‘iziston Respublikasi Yuridik klinikalar assotsiatsiyasi, Yevroosiyofondi, BMT taraqqiyot dasturi USAID, AQSHning Street Law Inc. kompaniyasi, BMTning narkotik moddalar vajinoyatchilik nazorati bo‘yicha ofisi UNODC, BMTning rivojlanish dasturi UNDP va AQSHning New York Cyracuseuniversitetlari mavjud.

Yuridik klinika O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, “Interlex” advokatlik firmasi, O‘zbekiston Respublikasi volontyorlarassotsiatsiyasi, “Yuksalish” umummilliy harakati, O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi, “Mehr kо‘zda” nodavlat notijorat tashkiloti, Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi nodavlat notijorattashkiloti hamda “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkilotlari bilan ham hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Yuridik klinika 2023-yil davomida jami 2 462 ta murojaatlarni ko‘rib chiqdi. Fuqarolar 1 259 ta holatda onlayn, 1 203 tasida esa offlayn, ya’ni bevosita yuridik klinikaga kelib murojaat etishdi.

“Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish – ustuvor vazifa” shiori ostida Yuridik klinika talabalari, professor o‘qituvchilari bilan birgalikda targ‘ibot tadbirlari, sayyor qabullar o‘tkazilib borilmoqda.

Bizning loyihalarimiz:

–      Street law loyihasi;

–      “Eng yaxshi fuqaro qabul qiluvchi talaba” ko‘rik tanlovi;

–      “Eng yaxshi huquqiy video” ko‘rik tanlovi;

–      “Huquqiy zakovat” intellektual o‘yini;

–      Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash;

–      Onlayn murojaatlar bilan ishlash;   

Yuridik klinikaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

INSTAGRAM…

FACEBOOK…

TELEGRAM (uz)…

TELEGRAM (Ru)…

YOUTUBE…

TIKTOK…

Murojaatlar va sayyor qabullar tahlili asosida eng dolzarb huquqiy masalalar bo‘yicha seriyali kichik hajmli ommabopamaliy qo‘llanmalar tayyorlash ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Qabul vaqti: Dushanba – juma kunlari soat 10:00 dan 15:00 gacha 

Bizning xodimlarimiz:

·      Yuridik klinika rahbari: Yuridik fanlari doktori, professor Narziyev Otabek Sa’diyevich

·      Yuridik klinika uslubchisi: Aripbayeva Aygerim Baxtiyarovna

Bizning manzil:

Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy, TDYU 1-o‘quv binosi, 124-xona

Murojaat uchun telegram bot: @TDYU_Yuridik_klinika_bot

Murojaat uchun telefon: 71 236 28 55, 1-1 (ichki) / 71 233-66-36, 1114 (ichki) 

Elektron pochta: lawclinic@tsul.uz

Hozirgi kunda Yuridik klinika tomonidan talabalar bilan seminar-treninglar, sayyor qabullar olib borilmoqda.

media widget