Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Xalqaro stipendiyalar

Harvard University MBA Scholarship

Garvard MBA dasturi o‘qitiladigan dunyodagi eng nufuzli universitetlardan biri bo‘lib, MBA dunyodagi yetakchi biznes dasturlaridandir.

Garvarddagi Boustany MBA stipendiyasi har ikki yilda Garvard biznes maktabida ikki yillik kurs uchun beriladi.

Arizalarni qabul qilishning so‘nggi muddati: 2021-yil 31-may.

Batafsil ma’lumot rasmiy saytda: https://www.boustany-foundation.org/scolarship-programs/MBA-Harvard


Latvian State scholarship

Latviyada joylashgan oliy o‘quv yurtlarida o‘qish uchun nufuzli Latviya davlat stipendiyasi dasturida qatnashish uchun arizalar qabul qilinmoqda. Dasturlar bakalavriyat, magistratura va doktorantura darajalarida taqdim etiladi.

Bakalavriat va magistratura talabalari uchun stipendiyalar bir o‘quv yilida 10 oygacha beriladi.

Arizalar 2021-yil 1-aprelga qadar qabul qilinadi.

Ingliz tilida taqdim etiladigan o‘quv dasturlari ro‘yxati bilan tanishing

 (http://www.studyinlatvia.lv/)

Batafsil ma’lumot bilan quyidagi havola orqali tanishing: https://viaa.gov.lv/eng/scholarships_gov/scholarships_for_studies/


Yaponiyaning “Tsukuba” universiteti 18 oy ichida magistratura bosqichida o‘qish uchun Yaponiya va Yevroosiyo tadqiqotlari sohasi bo‘yicha maxsus grant dasturini e'lon qiladi.

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar IELTS darajasi 6.0 dan yuqori bo‘lishi kerak.

Iqtidorli talabalar Nippon Foundation Central Asia (NipCA) tomonidan to‘liq stipendiya olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

Unda ishtirok etishni istaganlar quyidagi havola orqali 2021-yilning 1-martigacha ariza topshirishi lozim: http://www.chiiki.tsukuba.ac.jp/spca/news-events/news-events.html#20201116


Buyuk Britaniyada magistratura bosqichida o‘qish uchun stipendiya

Nottingem Trent Universitetining magistrlar uchun stipendiya dasturi. Grant miqdori o‘quv to‘lovining 50% gacha. Unga a'lo baholar, imtihon natijalari yuqori va darsdan tashqari yutuqlarga ega bo‘lgan nomzodlar taklif qilinadi.

Batafsil ma’lumot bilan quyidagi havola orqali tanishing: https://is.gd/rrMdTk

Xitoyning Xian Jiaotong University stipendiya dasturi

Xian Jiaotong University 3 xil stipendiya dasturini e'lon qiladi.

Arizalar: 2021-yil 10-aprelga qadar topshiriladi.

Eslatib o‘tamiz: Xitoy tili talab qilinmaydi.

Batafsil ma’lumot bilan quyidagi havola orqali tanishing: https://telegra.ph/Xian-Jiaotong-University-Scholarship-01-25

Bristol universitetidan “Think Big Scholarship” stipendiya dasturi

Bosqichlar: bakalavriat, magistratura                                                                                                                                                   

O‘qish uchun yiliga 3000 yevro miqdorida stipendiya mavjud.


Xalqaro stipendiyani olish uchun quyidagi havola orqali onlayn shaklda ariza topshiring: http://www.bristol.ac.uk/international/fees-finance/scholarships/application-guidance/  

Arizalarni qabul qilish 2021-yilning 29-martda yakunlanadi.

Birkbeck, University of London yuridik fakultetining stipendiya dasturi

Birkbek univeristeti yuridik fakulteti kunduzgi yoki sirtqi bo‘limga hujjat topshirgan bo‘lajak magistrlarga stipendiyalar taklif qiladi. Grant o‘quv to‘lovlarini qoplaydi.

Arizalar 2021-yil 30-iyunga qadar qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot bilan quyidagi havola orqali tanishing: https://is.gd/4fmQ6g