Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Maʼmuriy va moliya huquqi” kafedrasi

 

Shiorimiz: Malakali yuridik taʼlim berish

 

Bizning maqsadimiz:

Yurisprudensiya sohasida yetuk malakali kadrlarni yetishtirib berish orqali Toshkent davlat yuridik universitetini jahonning yetakchi oliy taʼlim muassasalaridan biriga aylantirish hamda maʼmuriy va moliya huquqining nazariy-huquqiy asoslarini yaratish.

Maʼmuriy va moliya huquq kafedrasi TDYUdagi eng katta kafedralardan biri hisoblanib, “Maʼmuriy huquq”, “Maʼmuriy sud ish yurituvi”, “Ma’muriy huquq.Ma’muriy sud ish yurituvi” “Moliya huquqi”, “Davlat xizmati”; “Ma’muriy tartib-taomillar”, “Davlat xizmatini huquqiy tartibga solish” va “Ma’muriy-huquqiy himoya vositalari” modullari bo‘yicha o‘quv va 
ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boruvchi universitetdagi eng yetakchi kafedralardan hisoblanadi.

 

Bizning vazifalarimiz:

Bizning kafedra universitetda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlaydi va qator vazifalarni amalga oshiradi.

Biz:

– Maʼmuriy va moliya huquq kafedrasi TDYUdagi eng katta kafedra hisoblanib, “Maʼmuriy huquq”, “Maʼmuriy sud ish yurituvi”, “Ma’muriy huquq.Ma’muriy sud ish yurituvi” “Moliya huquqi”, “Davlat xizmati”; “Ma’muriy tartib-taomillar”, “Davlat xizmatini huquqiy tartibga solish” va “Ma’muriy-huquqiy himoya vositalari” modullari bo‘yicha o‘quv va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boramiz;

– talabalarga modullar doirasida sifatli taʼlim berish;

– talabalarda maʼmuriy huquq, maʼmuriy sud ish yurituvi, davlat xizmati, moliya huquqi modullari to‘g‘risida qiyosiy, tahliliy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiramiz;

– talabalarda huquq normalarini amalda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantiramiz;

– talabalarda hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantiramiz;

– yoshlarga mustaqil taʼlim olish va berish, nazariya va amaliyot uyg‘unligini taʼminlash uchun imkon beramiz.

 

Bizning fanlar:

 

Bakalavriat bosqichi talabalari uchun 5 ta fan:

– Maʼmuriy huquq;

– Maʼmuriy sud ish yurituvi;

– Maʼmuriy huquq/Maʼmuriy sud ish yurituvi;

– Moliya huquqi;

– Davlat xizmati.

Magistratur bosqichi talabalari uchun 3 ta fan:

–Ma’muriy tartib-taomillar;

–Davlat xizmatini huquqiy tartibga solish;

–Ma’muriy-huquqiy himoya vositalari

 

Ilmiy salohiyat

2022-yil yanvar holatiga Ma;muriy va moliya huquqi kafedrasida 22 nafar pedagog xodim faoliyat yuritmoqda. Kafedrada 1 nafar fan doktori, 6 nafar fan nomzodlari mavjud. Kafedraning ilmiy salohiyati 31,8 % ni tashkil etadi. Fan nomzodlarining o‘rtacha yoshi 38 yosh, fan doktorlarining o‘rtacha yoshi 36 yoshni tashkil etadi. 15 nafar ilmiy darajasiz pedagog xodimlar mavjud. 2021-yil boshidan hozirgacha 2 nafar kafedra pedagog xodimlari doktorlik dissertasiyalarini himoya qilishdi. 2021-yil davomida jami 5 nafar kafedra xodimlari TDYU mustaqil izlanuvchilik institutiga suhbat asosida qabul qilindi.

2021-yil davomida kafedra professor-o‘qituvchilari nomidan 30 dan ortiq OAK va xorijiy maqolalar chop etildi, bundan tashqari, OAV larda 10 dan ortiq ilmiy-ommabop maqolalar chiqarildi.  Shuningdek, 5 ga yaqin darslik va qo`llanmalar chop etildi. 2022-yilda ushbu ko‘rsatkichni 24 OAK ro‘yxatiga kiritilgan jurnallarda, 20 dan ortiq xorijiy jurnallarda hamda 20 ortiq xalqaro konferentsiya to‘plamlarida maqola chop etilishi rejalashtirilgan.

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Sian transport universiteti, Kanzas universiteti bilan hamkorlikda ma’riza va seminar mashg‘ulotlari olib borildi. Polshaning Gdansk universiteti (Gdansk University) professori Prjemislav Panfil (Przemysław Panfil) va Malgozata stvol (Malgozata Stvol) 2021-2022-o‘quv yili bahorgi semestrida xalqaro moliya va soliq huquqi doirasida onlayn dars mashg‘ulotlari olib borish yuzasidan kelishuvga erishilgan. Bunga qo‘shimcha sifatida, hozirda Upsala universiteti (Uppsala University) xodimlari bilan ma'muriy huquq moduli doirasida 2021-2022-o‘quv yili bahorgi semestrida onlayn-seminar va mahorat darslari tashkil etish borasida muzokaralar olib borilmoqda.

 

Bizning dastur va loyihalarimiz:

 

Hozirda Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasida 9 ta ilmiy to‘garak faoliyat yuritmoqda.

1.     “TSUL TAX law society”

Mazkur to‘garak doirasida kafedra katta o‘qituvchisi y.f.n. Ixtiyor To‘raboyev rahbarligida hamda kafedra o‘qituvchilari Asal Jurayeva va Xumoyun Soyipov assistentligida soliq huquqi fanidan muntazam nazariy va amaliy dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda. Hartaning har chorshanba kuni soat 11.30 da Toshkent davlat yuridik universiteti (bundan buyon matnda TDYU) 2-bino 301-xonada to‘garak a’zolari uchun dars mashg‘ulotlari hamda munozara tashkil etilmoqda. Mazkur to‘garak faoliyati talabalarga soliq huquqiga oid bazaviy bilimlarni taqdim etish, ularning tanqidiy mushohada va mustaqil fikrlash ko‘nikmasini oshirishga yo‘naltirilgan. To‘garak doirasida milliy amaliyotchilar hamda xorijlik olimlar dars mashg‘ulotlariga jalb etib borilmoqda. Xususan, 2021-yilning 12-noyabr kuni Kanadaning Nyubransvik universiteti professori Vohid O’rinov ishtirokida “Rezident va norezident jismoniy shaxslar daromadiga soliq solish masalalari” mavzusi doirasida dars mashgʻulotlari tashkil etildi. Mazkur to‘garakning 180 dan ortiq a’zosi bor. Ushbu to‘garakning telegram kanali: https://t.me/tsultaxlaw

2.     TSUL Administrative Law Society

Mazkur to‘garak kafedra o‘qituvchilari Xumoyun Soyipov, Asal Jurayeva va Yusuf Saidazimov tomonidan rus tilida yuritiladi. To‘garak yig‘ilishi haftaning har shanba kuni soat 9:00 da TDYU 2-binosi 301-auditoriyada bo‘lib o‘tadi. Telegram kanalida esa 1 kunda 6 ta kontent yuklab boriladi, kontentning 5 tasi ma’muriy huquqga oid hisoblanadi. Kanalni yuritishda 2-kurs talabalaridan tashkil topgan (24 ta o‘g‘il bola va 18 ta qiz bola) volontyorlar guruhi hissa qo‘shadi. Ushbu to‘garak va kanal yangiligini hisobga olsak, tanlov va loyihalar 2021-2022 o‘quv yilining 
yanvar-fevral oylaridan boshlanishi rejalashtirilgan. Ushbu oylarda ma’muriy huquq moduli doirasi respublika talabalar tanlovi, ma’muriy huquqga oid kitoblar tarjima qilish, TDYU Axborot resurs markazida mavjud bo‘lgan ma’muriy huquqga oid kitoblarning audio-formatini shakllantirish, ma’muriy huquqga oid video-blok ishlab chiqish, talabalarga kerakli bo‘lgan keys-stadi strukturasini o‘rgatish hamda sohaga oid ilmiy maqolalar yozish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan bir qator loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Ushbu loyihalar programma va konsepsiyalari 20-yanvarga qadar Ma’naviyat va ma’rifat markaziga taqdim etiladi. Mazkur to‘garakning 300 dan ortiq a’zosi mavjud. Ushbu to‘garakning telegram kanali: https://t.me/AdmLawSocietyTSUL

3.     “Pro buno public”

Mazkur to‘garak kafedra katta o‘qituvchisi y.f.n. Azamat Egamberdiyev rahbarligida faoliyat olib bormoqda. Ushbu to‘garak mahalliy va xorijiy huquqiy adabiyotlarda ma’muriy huquqdagi bir qator tushunchalarni talqin qilinishini o‘rganish va ularning O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari doirasida tahlil qilishga yo‘naltirilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, me’yoriy qoidalarning tegishli tushunchalari yuzasidan ma’lumotnoma tayyorlash amalga oshirib borilmoqda. Mazkur to‘garakning 10 nafar a’zosi bor.  Ushbu to‘garakning telegram guruhi mavjud.

4.     AdmLaw Research club

Mazkur to‘garak kafedra o‘qituvchilari Javlon Zoilboyev, Adxam Axrorov hamda Asal Jurayeva tomonidan yuritiladi. Muntazam ravishda Ma’muriy huquq faniga oid ma’lumotlar berib borilmoqda. Haftaning har shanba kuni Quiz test tashkil etib borilmoqda. Mazkur to‘garakning 390 dan ortiq a’zosi bor. Ushbu to‘garakning telegram kanali: https://t.me/admfin

5.     Ma’muriy sud ish yurituvi

Mazkur to‘garak kafedra katta o‘qituvchisi y.f.n. Dilmurod Artikov rahbarligida faoliyat olib bormoqda. Har oyda kamida ikki marota to‘garak rahbari tomonidan tayyorlangan tahliliy video materiallar joylashtirib borilmoqda. Boshqa kanallar ma’lumotlaridan foydalanilmaydi. Talabalar o‘rtasida https://public.sud.uz/#!/sign/administrative saytida mavjud sud hujjatlari tahlili bo‘yicha tanlovlar o‘tkazib borilmoqda. Mazkur to‘garakning 120 dan ortiq a’zosi bor. Ushbu to‘garakning telegram kanali: https://t.me/adm_litigation 

6.     Madad

Mazkur to‘garak kafedra o‘qituvchisi Maqsud Abduvaliyev rahbarligida faoliyat olib bormoqda. Guruh shaklida tashkil etilgan. Mazkur to‘garakning 
12 nafar a’zosi bor.  Ushbu to‘garakning telegram guruhi mavjud.

7.     Nematov School of Law Science

Mazkur to‘garak kafedra dotsenti Jo‘rabek Ne’matov rahbarligida faoliyat olib bormoqda. Guruh shaklida tashkil etilgan. Muntazam sud hujjatlari va sud amaliyoti tahlili tashkil etib borilmoqda. Talabalarning Davlat xizmatlari markaziga tashrifini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Joriy yilning noyabr oyida Yaponiyada ma’muriy huquq sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassisni taklif etgan holda talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.

8.     Malakali huquqshunos

Mazkur to‘garak kafedra o‘qituvchilari y.f.n. Sherzod Jurayev, Javlon Zoilboyev va Adxam Axrorov rahbarligida faoliyat olib bormoqda. Guruh shaklida tashkil etilgan. Muntazam ravishda Ma’muriy huquq faniga oid ma’lumotlar berib borilmoqda. Haftaning har shanba kuni Quiz test tashkil etib borilmoqda. Mazkur to‘garakning 15 a’zosi bor. Ushbu to‘garakning telegram kanali: https://t.me/+TBb7emsmbjUsYJEn

9.     Ma’muriy yustitsiya

  Mazkur to‘garak kafedra katta o‘qituvchisi Baxrom Umarov rahbarligida faoliyat olib bormoqda.

 

Professor-o‘qituvchilar tarkibi:

Kafedraning shtat birligi 24 tani tashkil etib, bugungi kunda 22 ta asosiy, 2 ta ichki o‘rindosh professor o‘qituvchilar faoliyat yuritadi. Professor-o‘qituvchilarning 5 nafarini ayollar tashkil etib, bu 20.8 foizni tashkil qiladi. Kafedraning 2020-2025 yillarda rivojlantirish istiqbolli dasturi 2020-yil 30-avgustda tasdiqlangan bo‘lib, ushbu istiqbolli reja asosida yo‘nalishlar bo‘yicha rejalar tasdiqlangan. 

 

Bizning xodimlarimiz:

 

F.I.O

Lavozimi

1.

Yusupov Sardorbek Baxodirovich

kafedra mudiri ,Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent

2.

Adik Li Aleksandrovich

Yuridik fanlar nomzodi, kafedra professori

3.

Nematov Jo‘rabek Nematillayevich

Yuridik fanlar doktori, professor

4.

Egamberdiyev Azamat Uktamovich

Yuridik fanlar nomzodi, kafedra dotsenti vazifasini bajaruvchi

5.

Ergashev Ikrom Abdurasulovich

Yuridik fanlar nomzodi, kafedra dotsenti

6.

To‘raboev Ixtiyorjon Qobilovich

Yuridik fanlar nomzodi, kafedra katta o‘qituvchisi

7.

Isaeva Farida Babamuratovna

Kafedra katta o‘qituvchisi

8.

Salixova Feruza Tagirovna

Kafedra katta o‘qituvchisi

9.

Artikov Dilmurod Raxmatillayevich

Kafedra katta o‘qituvchisi

10.

Normatov Bekzod Akram o‘g‘li

Kafedra katta o‘qituvchisi

11.

Samig‘jonov Fazliddin Rafkatovich

Kafedra katta o‘qituvchisi

12.

Umarov Baxrom Zokirjonovich

Kafedra katta o‘qituvchisi

13.

Shamsiyeva Xurshidaxon Zaxirjanovna

Kafedra o‘qituvchisi

14.

Xudoyberganova Mavjuda

Kafedra o‘qituvchisi

15.

Jo‘raev Sherzod Yo‘ldashevich

Kafedra o‘qituvchisi

16.

Zoilboyev Javlon Karimjon o‘g‘li

Kafedra o‘qituvchisi

17.

Abduvaliyev Maqsud Abdurashid o‘g‘li

Kafedra o‘qituvchisi

18.

Axrorov Adxamjon Asrorkul

Kafedra o‘qituvchisi

19.

Jo‘rayev Alisher Nasirdinovich

Kafedra o‘qituvchisi

20

Goziyev Kozimbek Jovlon o`g`li

Kafedra o‘qituvchisi

21

Soyipov Xumoyun Husniddin o`g`li

Kafedra o‘qituvchisi

22

Jurayeva Asal Baxtiyevna

Kafedra o‘qituvchisi

23

Rahmonov Otabek Qo`chqor o`g`li

Kafedra o‘qituvchisi

 


Kafedra professor-o‘qituvchilarining maslahat kunlari:

 

Lavozimi

F.I.O.

Qabul kunlari

Auditoriya

1.

Kafedra mudiri

Yusupov Sardorbek Baxodirovich

.

Seshanba 9.00-12.00

2-bino, 106

2.

Kafedra professori

Adik Li Aleksandrovich

Dushanba 11.00-13.00

2-bino, 108

3.

Kafedra dotsenti

Nematov Jo‘rabek Nematillayevich

Seshanba 14.00-17.00

2-bino, 108

4.

Kafedra dotsenti

Goziyeva Kozimbek Jovlon o`g`li

Chorshanba 10.00-12.00

2-bino, 108

5.

Kafedra dotsenti v.b.

Egamberdiev Azamat Uktamovich

Payshanba 10.00-12.00

2-bino, 108

6.

Kafedra dotsenti

Ergashev Ikrom Abdurasulovich

Dushanba 11.00-13.00

2-bino, 108

7.

Kafedra katta o‘qituvchisi.

To‘raboevIxtiyorjon Qobilovich

Chorshanba 10.00-12.00

2-bino, 108

8.

Kafedra katta o‘qituvchisi.

Isayeva Farida Babamuratovna

Payshanba 10.00-12.00

2-bino, 108

9.

Kafedra katta o‘qituvchisi.

Salixova Feruza Tagirovna

Juma 13.00-15.00

2-bino, 108

10.

Kafedra katta o‘qituvchisi.

Artikov Dilmurod Raxmatillaevich

Dushanba 11.00-13.00

2-bino, 108

11.

Kafedra katta o‘qituvchisi.

Samig‘jonov Fazliddin Rafkatovich

Chorshanba 10.00-12.00

2-bino, 108

12.

Kafedra katta o‘qituvchisi.

Umarov Baxrom Zokirjonovich

Payshanba 10.00-12.00

2-bino, 108

13.

Kafedra o‘qituvchisi

Shamsiyeva Xurshidaxon Zaxirjanovna

Seshanba 14.00-17.00

2-bino, 108

14.

Kafedra o‘qituvchisi

Xudoyberganova Mavjuda

Chorshanba 10.00-12.00

2-bino, 108

15.

Kafedra o‘qituvchisi

Jo‘raev Sherzod Yo‘ldashevich

Payshanba 10.00-12.00

2-bino, 108

16.

Kafedra o‘qituvchisi

Zoilboyev Javlon Karimjon o‘g‘li

Juma 13.00-15.00

2-bino, 108

17.

Kafedra o‘qituvchisi

Abduvaliyev Maqsud Abdurashid o‘g‘li

Juma 13.00-15.00

2-bino, 108

18.

Kafedra o‘qituvchisi

Axrorov Adxamjon Asrorqulovich

Payshanba 10.00-13.00

2-bino, 108

19.

Kafedra o‘qituvchisi

Jo‘rayev Alisher Nasirdinovich

Chorshanba 15.00-18.00

2-bino, 108

20.

Kafedra o‘qituvchisi

Soyipov Xumoyun Husniddin o`g`li

Dushanba

16:00-17:00

2-bino, 108

21.

Kafedra o‘qituvchisi

Jurayeva Asal Baxtiyevna

Dushanba

16:00-17:00

2-bino, 108

22.

Kafedra o‘qituvchisi

Rahmonov Otbek Qo`chqor o`g`li

Dushanba

16:00-17:00

2-bino, 108