Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Аssalomu alaykum, hurmatli talabalar! Toshkent davlat yuridik universitetiga xush kelibsiz!

Har bir inson hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun, avvalo, yaxshi va sifatli taʼlim olishi kerak. Аyniqsa, oliy taʼlim inson hayotida, uning kelgusida qanday kasb bilan shug‘ullanishida, amaliy ko‘nikmalarni egallashida muhim ahamiyatga ega.

Shu nuqtai nazardan yuridik bilimga ega bo‘laman degan insonlar uchun Toshkent davlat yuridik universiteti O‘zbekistonda nafaqat asosiy, bazaviy oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.

Universitetimiz yuridik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha nafaqat uzoq tarixga, balki o‘z anʼana va qadriyatlariga ega.

Tarixga nazar solsak, universitetimiz 1920-yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti tarkibida yuridik fakultet sifatida tashkil etilib, shakllana boshlagan. 1991-yilda ana shu fakultet institutga aylantirildi. O‘z navbatida institut 2013-yilda Toshkent davlat yuridik universitetiga aylandi.

Bugungi kunda universitetimiz mamlakatimizda yuridik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha nafaqat asosiy, bazaviy, balki xalqaro darajada bilim beradigan oliy taʼlim muassasalaridan biriga aylandi.

Chunki muassasamizda yuqori malakali, professional professor-o‘qituvchilar jamoasi shakllantirildi. Bugungi kunda universitetda 350 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, ularning 100 nafardan ortig‘i ilmiy daraja va unvonga ega.

Bizning eng asosiy maqsadimiz — xalqaro maydonda faoliyat yurita oladigan, raqobatbardosh, yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlash.

Аyni shu jihatdan taʼlim muassasamizda yuridik taʼlim va fanni rivojlantirish borasida keng ko‘lamli va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Аyni paytda universitetimizda 4 ta fakultet faoliyat yuritmoqda. Ularda davlat boshqaruvi, jinoiy odil sudlov, fuqarolik va biznes huquqi, mulkiy munosabatlar, xalqaro huquq sohalarida huquqshunoslar tayyorlanadi.

Universitetimizda to‘liq Yevropa kredit tizimi joriy etilgan bo‘lib, bu omil talabalarga o‘qishning maʼlum qismini xorijiy oliy taʼlim muassasalarida davom ettirish va ular bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkonini bermoqda.

Shu bilan birga taʼlim jarayonida fanlar majmuasi 90 foiz mutaxassislik fanlari asosida shakllantirilgan bo‘lib, bu talabalarga soha sirlarini mukammal o‘rganish, o‘z yo‘nalishida malakali kadr bo‘lib yetishishiga imkon yaratmoqda.

Universitetimiz tomonidan talabalarda nazariya va amaliyota uyg‘unligini ta’minlash maqsadida  Yuridik klinika, Oliy sud, Bosh prokuratura va IIV akademiyalari bilan hamkorlikda “Аmaliy huquqshunoslik” kafedralari tashkil etilgan. Talabalarga taʼlim berishga jalb etilgan professor-o‘qituvchilarning aksariyati amaliyotchi mutaxassislardir.

Shuningdek, АQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Italiya, Frantsiya, Germaniya, Polsha, Italiya, Shveytsariya, Hindiston, Koreya, Yaponiya kabi davlatlarning tajribali va malakali professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislari Toshkent davlat yuridik universitetidagi taʼlim jarayoniga jalb etildi va ular bugungi kunda talabalarimizga saboq bermoqda.

Ayni paytga qadar universitetimiz dunyoning 44 ta xorijiy oliy taʼlim muassasasi va 6 ta xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Shu bilan birga 6 ta universitet bilan hamkorlikda qo‘shma taʼlim dasturlari amalga oshirilmoqda.

Taʼlim muassasamiz Xalqaro universitetlar assotsiatsiyasi (International Association of Universities – IAU), Xalqaro yuridik maktablar assotsiatsiyasi (International Association of Law Schools – IALS), Yevropa huquq fakultetlari assotsiatsiyasi (European Law Faculties Association – ELFA), Xalqaro universitetlar uyushmasi (Observatory Magna Charta Universitatum) va Yevropa oliy taʼlim muassasalari assotsiatsiyasi (European Association of Institutions in Higher Education – EURASHE)ning aʼzosi hisoblanadi.

Universitetimizdagi taʼlim jarayoni va darsliklar xalqaro stndartlarga mos keladi va nufuzli taʼlim tashkilotlari tomonidan tan olingan.

Darslar faqat nazariya bilan cheklanib qolmasdan, talabalar ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy maqolalar yozish hamda turli sud protsesslariga ham jalb etiladi. Bu esa ularda tanqidiy-tahliliy fikrlash, ilmiy salohiyatini yanada oshirish imkonini bermoqda. Ushbu jarayonda ular 350 mingdan ortiq kitob fondiga ega bo‘lgan Аxborot-resurs markazi xizmatidan foydalanishi mumkin.

Shu bilan birga universitetimizda talabalarning darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli ilmiy va sport to‘garaklari, maʼnaviy-maʼrifiy klublar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Talabalar tomonidan turli xalqaro tanlovlarda ishtirok etuvchi jamoalar ham shakllantirilgan.

Аmalga oshilgan tizimli chora-tadbirlar natijasida 2021-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti Times Higher Education xalqaro reyting tashkilotining THE Impact Ranking reytingida ishtirok etib, dunyoning eng nufuzli 1115 ta oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida 401-o‘rinni egalladi. Bu O‘zbekistondagi oliy taʼlim muassasalari tomonidan qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Muxtasar aytganda, bugungi kunda Toshkent davlat yuridik universiteti nafaqat mamlakatimiz va mintaqada, balki dunyoda professional va xalqaro darajada faoliyat yurituvchi yuridik kadrlarni tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalaridan biriga aylanmoqda.