2019-yildan boshlab Toshkent davlat yuridik universiteti faol ravishda xalqaro reytinglarda ishtirok etishni boshladi va qisqa muddat ichida xalqaro miqyosda yuqori o‘rin egallash uchun katta ishlarni amalga oshirdi.
TDYUning asosiy maqsadi ta’lim tizimini yaxshilash, chet ellik talabalarni jalb etish orqali universitetning nufuzini ko‘tarish, halqaro miqyosda e'tirof etilgan yetakchi universitetlar orasida yuqori natijalarni qayd etish, hamda yuridik ta'lim va fan markazlaridan biri maqomiga ega bo‘lishdir.
2021-yilning aprel oyida TDYU xalqaro THE The Impact Rankings reytingida faxrli 401-pog‘onani egallab, O‘zbekistonda ushbu yo‘nalish bo‘yicha yetakchi OTMga aylandi va o‘zi haqida butun dunyo akademik hamjamiyatiga e'lon qildi.
Hozirgi kunda TDYU QS, THE, UniRank, Webometrics kabi reytinglarda faol ishtirok etib kelmoqda va yaqin kelajakda universitetning QS va THE reytinglarida TOP-1000 universitetlar qatoridan joy egallashi kutilmoqda.