Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!
O'xshash sahifalar

I. Hujjatlar ro‘yxati va topshirish muddati (bakalavr)

Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish to‘g‘risidagi arizalar qabul komissiyasi tomonidan 2026-yil 6-iyun kunidan 20-avgust kuniga qadar qabul qilinadi.

TDYU bakalavriatiga qabul qilish uchun hujjatlar Internet jahon axborot tarmog‘i orqali topshiriladi — https://online.tsul.uz/

Xorijiy fuqarolar aniq vaqt rejimida elektron shakldagi qabul qilish tо‘g‘risidagi arizani tо‘ldirib, unda: 

ta’lim yо‘nalishi, ta’lim tili va shakli; 

xorijiy fuqaro tomonidan oliy ta’lim muassasasini tugatganligi yoki unda oliy ma’lumoti mavjud emasligi; 

xorijiy fuqaro suhbat о‘tkazish qoidalari bilan tanishganligi xususida belgi kо‘rsatiladi.

Bakalavriatga qabul qilish tо‘g‘risidagi elektron arizaga quyidagilar elektron shaklda ilova qilinadi:

xorijiy fuqaroning pasporti yoki uning о‘rnini bosuvchi hujjat;

belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostil qо‘yilgan xorijiy davlatning vakolatli organlari tomonidan berilgan, о‘rganilgan fanlar va ular bо‘yicha imtihonlarda olingan baholar (ballar) kо‘rsatilgan ta’lim haqidagi hujjat;

Arizaga ilova qilinayotgan har bir hujjat haqiqiyligi saqlanishini ta’minlovchi (har bir dyumga 200 nuqtadan kam bо‘lmagan) alohida fayl kо‘rinishida bо‘lishi kerak. Har bir fayl о‘lchami 10 Mbdan oshmasligi lozim.

Arizani hujjatlar «PDF» (portable document format) formatida skaner qilingan nusxalari kо‘rinishida ilova qilingan holda jо‘natishga yо‘l qо‘yiladi.

 

II. Hujjatlar ro‘yxati va topshirish muddati (magistr)

TDYU bakalavriati va magistraturasiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish uchun hujjatlar https://online.tsul.uz/ orqali topshiriladi.

Magistraturaga qabul qilish tо‘g‘risidagi elektron arizaga quyidagilar elektron shaklda ilova qilinadi:

pasport (ID-karta) yoki uning о‘rnini bosuvchi hujjat;

oliy ma’lumot tо‘g‘risidagi diplom (yoki diplomdan kо‘chirma — О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bо‘yicha о‘qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova.

Arizaga ilova qilinayotgan har bir hujjat haqiqiyligi saqlanishini ta’minlovchi (har bir dyumga 200 nuqtadan kam bо‘lmagan) alohida fayl kо‘rinishida bо‘lishi kerak. Har bir fayl о‘lchami 10 Mbdan oshmasligi lozim.

Arizani hujjatlar «PDF» (portable document format) formatida skaner qilingan nusxalari kо‘rinishida ilova qilingan holda jо‘natishga yо‘l qо‘yiladi.

 

III. Xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilishda suhbat o‘tkazish tartibi va baholash mezonlari (bakalavr)

TDYU bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish test sinovlarisiz, TDYUda o‘tkaziladigan suhbat natijalariga ko‘ra va reyting tizimiga muvofiq to‘plangan ballarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

TDYU bakalavriatida o‘qish uchun hujjatlarni topshirgan xorijiy fuqarolar, ularning dunyoqarashi, kasbiy layoqati va motivatsiyasi, umumiy intellektual va ma’naviy-axloqiy darajasini aniqlash nuqtai nazaridan suhbatdan o‘tkaziladi.

Suhbat Adliya vazirligi bilan kelishgan holda TDYU tomonidan belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi.

Suhbat o‘tkazish muddatlari to‘g‘risida ma’lumot TDYU tomonidan uning rasmiy veb-saytida suhbat o‘tkazilishidan kamida 1 oy oldin e’lon qilinadi.

Xorijiy fuqarolar bilan suhbat bevosita yoki zaruratga ko‘ra masofaviy (onlayn) tarzda amalga oshiriladi.

Xorijiy fuqarolarni qabul qilish quyidagi hollarda amalga oshirilmaydi:

jadval bo‘yicha suhbatga kelmaganda (0 ball qo‘yiladi);

suhbatda belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball to‘plaganda.

TDYU bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish uchun suhbatni qayta o‘tkazish taqiqlanadi.

Suhbat natijalari shikoyat qilinishi va apellatsiya tartibida ko‘rilishi mumkin emas.

 

IV. Xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilishda suhbat o‘tkazish tartibi va baholash mezonlari (magistr)

Xorijiy fuqarolar to‘plangan ballarning reyting tizimi asosida belgilangan o‘rinlar soniga muvofiq TDYU magistraturasiga suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Suhbat Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda TDYU tomonidan belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi.

Suhbat o‘tkazish muddatlari to‘g‘risidagi ma’lumot TDYU tomonidan uning rasmiy veb-saytida suhbat o‘tkazilishidan kamida 1 oy oldin e’lon qilinadi.

Suhbat:

yurisprudensiya sohasida professional bilim va ko‘nikmalarini (nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni tizimlashtirishga, mustahkamlashga va kengaytirishga, huquqiy manbalar bilan ishlash, normativ-huquqiy hujjatlarni sharhlash va qo‘llash ko‘nikmalari, aniq huquqiy qarorlarni qabul qilish uchun mavjud dalillar va holatlarni yuridik jihatdan to‘g‘ri baholashga bo‘lgan qobiliyatning mavjudligi);

ilmiy tadqiqot olib borishga bo‘lgan qobiliyatni (tahlil qilish, fikrlash, shuningdek, yurisprudensiyaga oid muammolarni aniqlay olish, ilmiy-tadqiqot faoliyati olib borish, asosiy ilmiy tushunchalar va ilmiy-tadqiqot ishlari usullarini tushunish qobiliyati);

salohiyat darajasini (bilim va uquvni takomillashtirish, muammolarni hal qilishga noan’anaviy yondashuvi, o‘z ustida ishlash va malakani oshirishga bo‘lgan intilish, kasbiy kamolotga erishish maqsadida shaxsiy imkoniyatlarini maksimal darajada kengaytirish qobiliyatining mavjudligi, shuningdek jamoada ishlay olishi va yetakchilik sifatlarining mavjudligi);

odob-axloq qoidalari va prinsiplarini (ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va masalalarga qiziqish, o‘z pozitsiyasi va fikrini ko‘rsata olish va shu asosda harakat qilish qobiliyati, yolg‘on va huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik, bag‘rikenglik, yuksak odob-axloq me’yorlarini, qadriyatlarni namoyon qilishning mavjudligi) aniqlash uchun o‘tkaziladi.

Xorijiy fuqarolarni magistraturaga o‘qishga qabul qilish uchun suhbat zaruratga ko‘ra, masofaviy (onlayn) tartibda o‘tkazilishi mumkin.

 

V. Xorijiy fuqarolarni o‘qishi uchun to‘lov-kontrakt miqdori

CHET EL FUQAROLAR UCHUN TA'LIM TO‘LOV

2026/2027 o‘quv yilida Toshkent davlat yuridik universitetida bakalavriat yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha xorijiy fuqarolar uchun kontrakt summasi talabani bir o‘quv yili davomida o‘qitish xarajatlarini inobatga olib belgilanadi.

 

VI. Elektron arizalarni qabul qilish portali

Hurmatli xorijiy fuqarolar (BAKALAVRIAT)!

Mazkur platforma orqali Toshkent davlat yuridik universitetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish uchun arizani elektron shaklda yuborishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, siz yuborayotgan ariza rasmiy hujjat hisoblanadi. Shu sababli, arizani to‘ldirishda barcha zarur ma’lumotlarni to‘g‘ri va to‘liq kiritishingiz lozim.

Belgilangan talablarga muvofiq barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, arizangiz 72 soat ichida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va unga tegishli raqam beriladi. Bu haqda elektron pochta manzilingizga xabarnoma yuboriladi.

Arizani ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilgan taqdirda, arizada ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga tegishli bildirishnoma yuboriladi.

Arizani rad etish uchun quyidagi holatlar asos bo‘ladi:

  1. Arizada noto‘g‘ri yoki ishonchsiz ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lsa;
  2.  Arizaga ilova qilingan hujjatlar sifati, mazmuni yoki texnik parametrlari bo‘yicha belgilangan talablarga javob bermasa.

Ariza qabul qilingan taqdirda, Toshkent davlat yuridik universitetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish suhbat asosida amalga oshiriladi.

Suhbat jarayonida xorijiy fuqarolarning dunyoqarashi, bilim va salohiyati, yuridik kasbga bo‘lgan qiziqishi va motivatsiyasi, shuningdek, umumiy intellektual hamda ma’naviy-axloqiy darajasiga alohida e’tibor qaratiladi.

Roziman (tugmasi)


Hurmatli xorijiy fuqarolar (MAGISTRATURA)!

Mazkur platforma orqali Toshkent davlat yuridik universitetining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish uchun arizani elektron shaklda yuborishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, siz yuborayotgan ariza rasmiy hujjat hisoblanadi. Shu sababli, arizani to‘ldirishda barcha zarur ma’lumotlarni to‘g‘ri va to‘liq kiritishingiz lozim.

Belgilangan talablarga muvofiq barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, arizangiz 72 soat ichida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va unga tegishli raqam beriladi. Bu haqda elektron pochta manzilingizga xabarnoma yuboriladi.

Arizani ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilgan taqdirda, arizada ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga tegishli bildirishnoma yuboriladi.

Arizani rad etish uchun quyidagi holatlar asos bo‘ladi:

  1. Arizada noto‘g‘ri yoki ishonchsiz ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lsa;
  2. Arizaga ilova qilingan hujjatlar sifati, mazmuni yoki texnik parametrlari bo‘yicha belgilangan talablarga javob bermasa;
  3. Tanlangan magistratura mutaxassisligi bakalavr diplomi mutaxassisligiga mos kelmasa.

Ariza qabul qilingan taqdirda, Toshkent davlat yuridik universitetining magistratura mutaxassisliklariga xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish suhbat asosida amalga oshiriladi.

Suhbat quyidagilarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi:  huquqshunoslik sohasidagi kasbiy bilim va ko‘nikmalarni; ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish qobiliyatini; bilimlarni takomillashtirish va o‘qib-o‘rganish salohiyatini, masalalarni hal etishda nostandart yondashuvlarni qo‘llash qobiliyatini; abituriyentning odob-axloq qoidalari va etik tamoyillarga rioya etish darajasini.

Roziman (tugmasi)

 

VII. Call-center telefon raqami

Xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish masalalari bo‘yicha Call centre ishga tushdi

Toshkent davlat yuridik universitetiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha Call centre ishga tushdi.

Endi xorijiy fuqarolar +99897 198-00-80 raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan holda TDYUga o‘qishga qabul qilish jarayonlari oid savollariga javob olishi mumkin.

Shuningdek, ular ushbu raqamda ochilgan quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali ham mas’ullar bilan bog‘lanishi mumkin:

1. Telegram 

2. WhatsApp 

3. WeShat 

4. Line 

5. Viber 

6. Imo

 

VIII. Bakalavriatga kunduzgi taʼlim shakli bo‘yicha qabul kvotasi

 

2026/2027 o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga xorijiy fuqarolarni qabul parametrlaridan tashqari to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘rinlar sonining ta'lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha

TAQSIMLANISHI

Shifr

Oliy ta'lim muassasasi va ta'lim yo‘nalishi nomi

To‘lov-kontrakt asosida

Jami

Shu jumladan:




O‘zbek

Rus

Ingliz

1.

Toshkent davlat yuridik universiteti

100

40

30

30

60420100

Yurisprudensiya

100

40

30

30


IX. Magistratura mutaxassisligiga kunduzgi ta'lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi

 

2026/2027-o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasining kunduzgi ta'lim shakliga xorijiy fuqarolarni qabul parametrlaridan tashqari to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘rinlar sonining mutaxassisliklar va o‘qitish tillari bo‘yicha

TAQSIMLANISHI

Shifr

Oliy ta'lim muassasasi va mutaxassislik nomi

To‘lov-kontrakt asosida

Jami

Shu jumladan:




o‘zbek

rus

ingliz


Toshkent davlat yuridik universiteti

100

20

60

20

70420102

Xalqaro arbitraj va nizolarni hal etish

25

5

15

5

70420108

Biznes huquqi

25

5

15

5

70420130

Xalqaro tijorat huquqi

25

5

15

5

70420131

Kiber huquqi

25

5

15

5


X. Magistratura mutaxassisligiga masofaviy ta'lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi

 

2026/2027-o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasining masofaviy ta'lim shakliga xorijiy fuqarolarni qabul parametrlaridan tashqari to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘rinlar sonining mutaxassisliklar va o‘qitish tillari bo‘yicha

TAQSIMLANISHI

Shifr

Oliy ta'lim muassasasi va mutaxassislik nomi

To‘lov-kontrakt asosida

Jami

Shu jumladan:




o‘zbek

rus

ingliz


Toshkent davlat yuridik universiteti

100

20

60

20

70420102

Xalqaro arbitraj va nizolarni hal etish

25

5

15

5

70420108

Biznes huquqi

25

5

15

5

70420130

Xalqaro tijorat huquqi

25

5

15

5

70420131

Kiber huquqi

25

5

15

5