Universitet Jahon bankining 140 ming AQSH dollar miqdoridagi Akademik innovatsiyalar fondi grant loyihasini amalga oshiradi.
Toshkent davlat yuridik universiteti O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan Jahon banki bilan hamkorlikda tashkil etilgan Akademik innovatsiyalar fondi grantlari tanlovida “Elektron universitet” platformasi orqali yuridik ta'lim olish imkoniyatlarini kengaytirishning innovatsion shakli” loyihasi bilan ishtirok etdi va tanlov g'olibi bo'ldi.
Hozirgi kunda mazkur loyiha doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarni moliyalashtirish uchun 140 ming AQSH doll. ajratish haqida shartnoma tuzilmoqda. Grantni amalga oshirish guruhi tomonidan loyiha doirasida quyidagi asosiy chora-tadbirlar ko'zda tutilmoqda:
“Elektron universitet” platformasini yaratish uchun kompyuter programmalari mutaxassislari va maxsus dasturlash firmalari o'rtasida tanlov e'lon qilish;
“Elektron universitet” platformasi doirasida “Elektron ilmiy tadqiqotchi”, “Elektron o'quv jarayoni”, “Elektron pedagog”, “Elektron talaba”, “Elektron darslik”, “Elektron huquqiy targ'ibot”, shuningdek ijtimoiy va yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni yagona platforma negizida birlashtirish;
Zamonaviy chet el oliy o'quv yurtlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o'rganish va programmalarni o'rganish (shu jumladan xizmat safariga borish va xorijiy mutaxassislarni ekspert sifatida taklif qilish);
“Elektron universitet” platformasini yaratish davomida xotin-qizlar tomonidan yuridik ta'lim olish faolligini oshirish uchun maxsus onlayn dasturlar ishlab chiqish va aprobatsiyadan o'tkazish;
loyiha natijalarini xalqaro ilmiy-texnik ma'lumotlar bazalarida (Scopus, Web of Science va shu kabi) indeksatsiya qilinadigan jurnallarda chop etish va boshqalar.
Toshkent davlat yuridik universiteti “Elektron universitet” platformasi orqali yuridik taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirishning innovatsion shakli” loyihasi bilan ishtirok etib tanlov gʼolibi deb topildi. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun 140 ming АQSh dollari miqdoridagi moliyalashtirishga erishildi va quyidagi ishlar amalga oshirildi:
1. 2019-yil 6-mart kuni Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vaziri hamda Toshkent davlat yuridik universiteti rektori oʼrtasida 140 ming АQSh dollari miqdoridagi АIF 2/23-son shartnoma imzolandi.
2. Loyihani amalga oshirish boyicha ishchi guruh tomonidan loyihaning dastlabki konsepsiyasi ishlab chiqildi.
3. Oʼzbekistonda faoliyat yuritayotgan 5 ta yetakchi oliy taʼlim muassasalariga (TАTU, Turin universiteti, Vestminster universiteti, Inxa universiteti, Singapur universiteti) tasdiqlangan jadval asosida 2019-yil may oyida mavjud elektron taʼlim dasturlari bilan tanishish va tajriba oʼrganish maqsadida 3-4 kunlik tashriflar amalga oshirildi.
4. 2021-yil 6-iyuldagi 21-sonli shartnomaga koʻra “EUROSOFT” MCHJ bilan 300 mln soʻmlik shartnoma tuzildi. Hozirda mazkur hamkor tomonidan dasturiy mahsulot ishlab chiqilmoqda.