--:-- · --/--/----
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG Akademik litsey va yuridik texnikum bitiruvchilari qabuli
O'qishni ko'chirish hamda qayta tiklash tartibi
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Magistratura — qabul tartibi

O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga o'qishga kirish tartibi
TDYU magistraturasiga qabul abituriyentning bakalavriat diplom bali o'rtacha ko'rsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi bo'yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida, ballar ketma-ketligiga qat'iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Qo'shimcha imtihon o'tkazilmaydi.
Ro'yxatdan o'tish
1 – 30 iyul
Hujjatlarni ko'rib chiqish
10-avgustgacha
Qabul qarori
25-avgustgacha

Kerakli hujjatlar

Roʻyxatdan oʻtish uchun elektron platformaga yuklanadigan hujjatlar
1
Oliy ma'lumot to'g'risidagi hujjat
Diplom yoki diplomdan ko'chirma nusxa (davlat grantida o'qib tugatganlar uchun) + ilovasi
2
Xorijiy til sertifikati
Kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat nusxasi
3
Imtiyoz hujjati
Prezident farmoni/qarori yoki Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq (agar mavjud bo'lsa)

Qabul jarayoni

1

Ro'yxatdan o'tish vaqti va hujjatlar

Nomzodlar har yili 1-30-iyul (30-iyul kuni ham) ro'yxatdan o'tadi — Vazirlik rasmiy veb-sayti yoki my.gov.uz portali orqali.

Yuqorida ko'rsatilgan 3 ta hujjatni elektron platformaga yuklang.

2

Hujjatlarni ko'rib chiqish

Qabul komissiyalari abituriyentlar hujjatlarini 10-avgustgacha ko'rib chiqadi.

Natijalar — qabul qilingani yoki rad etilganligi (sababi bilan) — elektron platformadagi shaxsiy kabinet orqali ma'lum qilinadi.

3

Tanlov va o'qishga qabul

Magistraturaga davlat granti va to'lov-kontrakt asosida, abituriyentlarning bakalavriat diplomi bo'yicha to'plagan ballari o'rtacha ko'rsatkichi ketma-ketligiga ko'ra qabul qilinadi.

Eng yuqori ball ega bo'lganlar birinchi navbatda davlat grantiga, qolganlari to'lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

20-avgustgacha: Oliy ta'lim vazirligi natijalarni Davlat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritadi.

25-avgustgacha: Davlat komissiyasi yakuniy qarorni qabul qiladi.

Qo'shma ta'lim dasturlari

PL
Gdansk universiteti
Polsha
1 + 1
Format: 1 yil TDYU + 1 yil Polsha
Kontrakt summasi: 90 BHM/yil + 3 600 yevro/yil
IN
Milliy sud ekspertiza universiteti
Hindiston
0,5 + 0,5
Format: 0,5 yil Hindiston + 0,5 yil TDYU
Kontrakt summasi: 1 500 USD + 55 BHM
PL
Gdansk universiteti
Polsha · 1 + 1

Qabul talablari: Akkreditatsiyadan o'tgan muassasada tegishli yo'nalish bo'yicha bakalavr yoki magistr darajasi talab etiladi.

1-bosqich: og'zaki suhbat (ingliz tili B2 + "Moliya huquqi" yoki "Ekologiya huquqi")

2-bosqich: ingliz tili bo'yicha test

Mutaxassisliklar va dastur ustunligi:

1. Tabiiy resurslar huquqi

  • Atrof-muhit, ekologiya, tabiiy resurslar va barqaror rivojlanish sohasida zamonaviy huquqiy bilim.
  • "Yashil iqtisodiyot", iqlim o'zgarishi, energetika, suv, yer va boshqa tabiiy resurslarni huquqiy tartibga solish bo'yicha chuqur bilim.
  • Ilmiy va amaliy jihatdan kuchli dastur — dissertatsiya tayyorlash hamda amaliyot orqali kasbiy ko'nikmalar.
  • Bitiruvchilar ekologik huquq, xalqaro tashkilotlar, davlat organlari, energetika kompaniyalari, ekologik loyihalar va barqaror rivojlanish sohalarida raqobatbardosh mutaxassis bo'lib shakllanadi.

2. Moliyaviy-huquqiy monitoring

  • Moliya, banking, xalqaro soliq, audit, komplayens va moliyaviy monitoring sohalarida chuqur huquqiy bilim.
  • Yevropa tajribasi asosida bank faoliyati, moliyaviy nazorat, xalqaro soliq tizimi va moliyaviy xavfsizlik masalalari.
  • Bitiruvchilar moliya institutlari, bank sektori, auditorlik kompaniyalari, soliq organlari, xalqaro biznes tuzilmalari va xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo'ladi.

O'qish formati: 1 + 1 — 1-2 semestrlar TDYUda, 3-4 semestrlar Gdansk universitetida.

Kontrakt summasi:

  • 1-2 semestrlar: 90 BHM/yil (TDYU)
  • 3-4 semestrlar: 3 600 yevro/yil (Gdansk universiteti)

*Kontrakt to'lovi 2025/2026 yil uchun. Yangi o'quv yilida o'zgartirilishi mumkin.

IN
Milliy sud ekspertiza universiteti
Hindiston · 0,5 + 0,5

Qabul talablari: Akkreditatsiyadan o'tgan muassasada tegishli yo'nalish bo'yicha bakalavr yoki magistr darajasi talab etiladi.

1-bosqich: og'zaki suhbat (ingliz tili B2 + "Kiber huquq")

2-bosqich: ingliz tili bo'yicha test

Dastur ustunligi:

  1. Xalqaro darajada tan olingan Hindiston universitetida kiberhuquq va raqamli ekspertiza bo'yicha zamonaviy bilim.
  2. Kiberxavfsizlik, raqamli dalillar, internet jinoyatlari, elektron ma'lumotlarni tekshirish va raqamli ekspertiza sohalarida maxsus bilim va amaliy ko'nikmalar.
  3. Sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, yuridik firmalar, IT-kompaniyalar va xalqaro tashkilotlarda amaliyot va ish imkoniyatlari.
  4. Hindiston, Osiyo va xalqaro mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan kiberhuquq va raqamli ekspertiza yo'nalishida raqobatbardosh mutaxassis.

O'qish formati: 0,5 + 0,5 — 1-semestr NFSUda (Hindiston), 2-semestr TDYUda.

Kontrakt summasi:

  • 1-semestr: 1 500 AQSh dollari (NFSU)
  • 2-semestr: 55 BHM (TDYU)

*Kontrakt to'lovi 2025/2026 yil uchun. Yangi o'quv yilida o'zgartirilishi mumkin.

Qabul bo'yicha murojaat boti