Hamkor universitetlarning stipendiyalari
2021/2022-o‘quv yili uchun Nagoya Universitetining huquq fakultetiga "Qiyosiy huquq va siyosatshunoslik" (LLM in Comparative Law and Political Sciences) yo‘nalishida "Magistratura" bosqichida ta'lim olishni xohlovchilar uchun Yaponiyaning Ta'lim, madaniyat, sport, fan va texnologiya vazirligi (MEXT) dasturi bo‘yicha hukumat grantiga hujjatlar qabuli boshlandi.
Ushbu dastur g‘oliblariga Yaponiyada o‘qish uchun to‘liq grant va oylik stipendiya taqdim etiladi.
Hujjat topshirish muddati:
Nagoya universitetining O‘zbekistondagi vakolatxonasi orqali qabul – 2020-yil 16-noyabr soat 16:00ga qadar16.11.2020 yil, soat 16:00 ga qadar,
To‘g‘ridan-to‘g‘ri Nagoya Universitetiga qabul: 2020-yil 2-dekabrga qadar davom etadi.
Dastur bo‘yicha batafsil ma'lumot olish uchun Nagoya Universitetining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga murojaat etishingiz mumkin:
Manzil: Xalqaro biznes markaz, A blok, 14 qavat.
Tel:+998712389405, +998712389406, +998712389407
Dastur bo‘yicha kerakli hujjat shakllarini quyidagi havolaga orqali yuklab oling: http://www.law.nagoya-u.ac.jp/en/admissions_and_programs/masters.html
Yaponiyada qisqa muddatli stajirovka o‘tashni xohlaysizmi?
Unda siz Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tashkil qilinayotgan «MIRAI 2021» dasturiga o‘z arizalaringizni topshiring.
Dastur mavzusi: “Qonun ustivorligi”
Dastur 2021-yil 8-16-iyunda bo‘lib o‘tadi
Ushbu dasturda ishtirok uchun arizalarni 2021-yil 8–fevralga qadar quyidagi havola orqali to‘ldiring:
http://viewer.kintoneapp.com/public/fe5bd08b068a2077cb41c8ce1adab40186697246c85948f28cc5c7c53e41522b
Nagoya universiteti talabalar akademik almashinuv dasturi (NUPACE)
NUPACE talabalar almashinuvi bo’yicha onlayn tizimni ishga tushirdi.
Endi chet ellik hamkor universitetlarning talabalari Nagoya Universitetida 4 oydan 12 oygacha ta’lim olishi mumkin.
Arizalarni qabul qilish muddati: 2020-yil 24-fevralgacha davom etadi.
Batafsil ma’lumot uchun quyidagi pochta manziliga murojaat qiling: international.tsul@gmail.com