Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Universitet rivojlanishining strategik yo‘nalishlari


Hozirgi bosqichda huquqiy islohotlarning rivojlanish negizi fanlararo tadqiqotlarni faollashtirish va ta’lim jarayonida ilmiy natijalardan foydalanishni nazarda tutadi, chunki zamonaviy iqtisodiyotning asosiy mahsuli sifat jihatidan yangi bilim va yuqori intelektual innovatsiyalardir.

Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi o‘rinlarda - TDYU) ning strategik rivojlanish dasturi doirasida yuridik ta’lim va huquq fanini yanada rivojlantirishning quyidagi 12 ta ustuvor yo’nalishibelgilab olingan:

zamonaviy talablar, ilg‘or xalqaro yuridik tajriba va mehnat bozori ehtiyojlari asosida yuqori malakali, ijodiy fikrlaydigan, halol kadrlar tayyorlashni ta’minlash;

o‘qitishning kredit-modul tizimini va talabalar bilimini baholash usullarini takomillashtirish, o‘quv jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash hamda o‘quv bazasini modernizatsiyalash;

klinik yuridik ta’limni rivojlantirish yo‘li bilan o‘quv jarayoni va huquqni qo‘llash amaliyoti o‘rtasida uzviy aloqani ta’minlash;

rivojlangan xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalari bilan hamkorlikni, qo‘shma huquqiy tadqiqotlarni, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘zaro almashinuvini faollashtirish;

axborot huquqiy texnologiyalar va tizimlarni (Legal Tech) ishlab chiqqan holda davlat va huquq sohasida ilmiy va innovatsion tadqiqotlarni o‘tkazish;

xorijiy hamkorlar bilan birgalikda yuridik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini (double degree) amalga oshirish, o‘quv-ta’lim jarayoniga xorijiy olimlar va mutaxassislarni faol jalb qilish; 

«Elektron universitet» (E-University) tizimini joriy etgan holda ochiq, shaffof, subyektivlik va suiiste’molchiliklardan xoli bo‘lgan ta’lim muhitini yaratish;

TDYUni xalqaro tan olingan ta’lim muassasalari reytingiga kiritish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali milliy yuridik ta’lim raqobatbardoshligini oshirish.

huquqning turli sohalarida, shu jumladan, yuridik ta’limning yangi, kam o‘rganilgan, ammo amalda talab yuqori bo‘lgan sohalardagi jamiyatning o‘zgaruvchan ehtiyojlariga javob berishini ta’minlash;

yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalari turkumini amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarni inobatga olib, xorijiy olimlar va mutaxassislarni jalb etgan holda tayyorlash hamda xorijiy yuridik adabiyotlarni o‘zbek tiliga tarjima qilinishini ta’minlash;

yuridik ta’lim sohasiga «Elektron universitet» platformasini joriy qilish;

universitetning qamrovi va ko‘lamini kengaytirish orqali oliy yuridik ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish.

Bundan tashqari, TDYU O‘zbekiston Respublikasida ilm-fanni rivojlantirishning quyidagi ustuvor yo‘nalishlarini faol qo‘llab-quvvatlaydi va har tomonlama amalga oshirishga harakat qiladi:


birinchidan, ilm-fan sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish;

ikkinchidan, ilm-fan va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish hamda moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash;

uchinchidan, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash hamda ularni ilmiy faoliyatga yo‘naltirish;

to‘rtinchidan, ilm-fanni rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini yaratish;

Beshinchisi, ilm-fan taraqqiyotiga ko‘maklashadigan zamonaviy axborot muhitini shakllantirish.