--:-- · --/--/----
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG Akademik litsey va yuridik texnikum bitiruvchilari qabuli O'qishni ko'chirish hamda qayta tiklash tartibi
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Xorijiy fuqarolar uchun qabul

Toshkent davlat yuridik universitetining bakalavriat va magistratura ta'lim dasturlariga xorijiy fuqarolarni qabul qilish tartibi
Hujjat topshirish
6-iyun – 20-avgust 2026
Onlayn platforma
Call-markaz

Ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari

Bakalavriat

Xorijiy fuqarolar uchun (kunduzgi ta'lim shakli)
ShifrYo'nalish nomi
60420100Yurisprudensiya

Magistratura — kunduzgi ta'lim

2026/2027-o'quv yili qabuli uchun
ShifrMutaxassislik nomi
70420102Xalqaro arbitraj va nizolarni hal etish
70420108Biznes huquqi
70420130Xalqaro tijorat huquqi
70420131Kiber huquqi

Magistratura — masofaviy ta'lim

2026/2027-o'quv yili qabuli uchun
ShifrMutaxassislik nomi
70420102Xalqaro arbitraj va nizolarni hal etish
70420108Biznes huquqi
70420130Xalqaro tijorat huquqi
70420131Kiber huquqi

Bakalavriatga qabul tartibi

11. Ro‘yxatdan o‘tish tartibi va muddati+

2026/2027-o‘quv yilida Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga xorijiy davlat fuqarolarini qabul qilish to‘g‘risidagi arizalar 2026-yil 6-iyun kunidan 20-avgust kuniga qadar Qabul komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.

Xorijiy fuqarolar TDYU bakalavriatiga hujjatlarni Internet jahon axborot tarmog‘ida online.tsul.uz platformasi orqali topshiradi.

Xorijiy fuqarolar aniq vaqt rejimida elektron shakldagi qabul qilish tо‘g‘risidagi arizani tо‘ldirib, unda:

1) ta’lim yо‘nalishi;

2) ta’lim tili;

3) ta’lim shakli;

4) xorijiy fuqaro tomonidan oliy ta’lim muassasasini tugatganligi yoki unda oliy ma’lumoti mavjud emasligi;

5) xorijiy fuqaro suhbat о‘tkazish qoidalari bilan tanishganligi xususida belgi kо‘rsatiladi.

22. Kerakli hujjatlar ro‘yxati va ularga qo‘yiladigan talablar+

Bakalavriatga qabul qilish tо‘g‘risidagi elektron arizaga quyidagilar elektron shaklda ilova qilinadi:

1) xorijiy fuqaroning pasporti yoki uning о‘rnini bosuvchi hujjat;

2) belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostil qо‘yilgan xorijiy davlatning vakolatli organlari tomonidan berilgan, о‘rganilgan fanlar va ular bо‘yicha imtihonlarda olingan baholar (ballar) kо‘rsatilgan ta’lim haqidagi hujjat;

Arizaga ilova qilinayotgan har bir hujjat haqiqiyligi saqlanishini ta’minlovchi (har bir dyumga 200 nuqtadan kam bо‘lmagan) alohida fayl kо‘rinishida bо‘lishi kerak. Har bir fayl о‘lchami 10 Mbdan oshmasligi lozim.

Arizani hujjatlar «PDF» (portable document format) formatida skaner qilingan nusxalari kо‘rinishida ilova qilingan holda jо‘natishga yо‘l qо‘yiladi.

33. Xorijiy fuqarolarni TDYU bakalavriatiga o‘qishga qabul qilishda suhbat o‘tkazish tartibi, muddati va baholash mezonlari+

TDYU bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish test sinovlarisiz, TDYUda o‘tkaziladigan suhbat natijalariga ko‘ra va reyting tizimiga muvofiq to‘plangan ballarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

TDYU bakalavriatida o‘qish uchun hujjatlarni topshirgan xorijiy fuqarolar, ularning dunyoqarashi, kasbiy layoqati va motivatsiyasi, umumiy intellektual va ma’naviy-axloqiy darajasini aniqlash nuqtai nazaridan suhbatdan o‘tkaziladi.

Suhbat Adliya vazirligi bilan kelishgan holda TDYU tomonidan belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi. Suhbat o‘tkazish muddatlari to‘g‘risida ma’lumot TDYU tomonidan uning rasmiy veb-saytida suhbat o‘tkazilishidan kamida 1 oy oldin e’lon qilinadi.

Suhbat oʻtkazish jadvallari TDYU rektori tomonidan tasdiqlanadi va TDYU veb-saytida, qoida tariqasida, suhbat boshlanishidan bir oy oldin joylashtiriladi.

Xorijiy fuqarolar bilan suhbat bevosita yoki zaruratga ko‘ra masofaviy (onlayn) tarzda amalga oshiriladi.

Suhbat natijalari xorijiy fuqaroga ballarni qoʻyishni (0 dan 100 gacha) nazarda tutadigan reyting tizimi boʻyicha aniqlanadi hamda maxsus komissiya majlisining TDYU rektori tomonidan tasdiqlanadigan bayonida qayd etiladi.

Xorijiy fuqarolarni qabul qilish quyidagi hollarda amalga oshirilmaydi:

1) jadval boʻyicha suhbatga kelmaganda (0 ball qoʻyiladi);

2) suhbatda belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball toʻplaganda.

44. Xorijiy fuqarolarni o‘qishi uchun to‘lov-kontrakt miqdori+

2026/2027 o‘quv yilida Toshkent davlat yuridik universitetida bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha xorijiy fuqarolar uchun kontrakt summasi talabaning bir o‘quv yili davomida o‘qitish xarajatlarini inobatga olgan holda belgilanadi.

55. Bog‘lanish uchun aloqa kanallari+

Xorijiy davlat fuqarolarini TDYU bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish masalalari bo‘yicha batafsil ma’lumot berish uchun uzluksiz ravishda ishlovchi
Call-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Endilikda xorijiy fuqarolar +99897-198-00-80 raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan holda TDYUga o‘qishga qabul qilish jarayonlariga oid savollariga javob olishi mumkin. Shuningdek, universitet rasmiy saytidagi (tsul.uz) chat-box orqali ham murojaat qilishlari mumkin.

Magistraturaga qabul tartibi

11. Ro‘yxatdan o‘tish tartibi va muddati+

2026/2027-o‘quv yilida Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga xorijiy davlat fuqarolarini qabul qilish to‘g‘risidagi arizalar 2026-yil 6-iyun kunidan 20-avgust kuniga qadar Qabul komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.

Xorijiy fuqarolar TDYU magistraturasiga hujjatlarni Internet jahon axborot tarmog‘ida online.tsul.uz platformasi orqali topshiradi.

22. Kerakli hujjatlar ro‘yxati+

Magistraturaga qabul qilish tо‘g‘risidagi universitet rektori nomida yozilgan elektron arizaga quyidagilar elektron shaklda ilova qilinadi:

1) pasport (ID-karta) yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat;

2) oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom (yoki diplomdan koʻchirma — Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarini davlat granti boʻyicha oʻqib tugatganlar uchun) hamda unga ilova.

33. Xorijiy fuqarolarni TDYU magistraturasiga o‘qishga qabul qilishda suhbat o‘tkazish tartibi, muddati va baholash mezonlari+

TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish uchun xorijiy fuqarolar bilan suhbat oʻtkazish TDYU rektorining buyrugʻi bilan tashkil etiladigan suhbat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Suhbat TDYUda taʼlim beriladigan tillarda oʻtkaziladi.

Xorijiy fuqarolar bilan suhbat bevosita yoki zaruratga koʻra masofaviy (onlayn) tarzda amalga oshiriladi.

Suhbat oʻtkazish jadvali TDYU rektorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Buyruqqa suhbatdan oʻtuvchi abituriyentlar roʻyxati ilova qilinadi.

Suhbat oʻtkazish jadvali, qoida tariqasida, suhbat boshlanishidan 10 kun oldin TDYU veb-saytida joylashtiriladi. Suhbat, qoida tariqasida, TDYU binolarida oʻtkaziladi.

Bitta abituriyent bilan suhbat 20 daqiqagacha davom etadi.

Suhbat natijalari ballar qoʻyish yoʻli bilan 100 ballik tizimda baholanadi.

Abituriyentlar suhbat natijalari boʻyicha 55 ball yoki undan kam ball toʻplagan hollarda suhbatdan oʻtmagan deb hisoblanadi.

44. Xorijiy fuqarolarni TDYU magistraturasiga o‘qishga qabul qilishda suhbatda beriladigan savollar mezonlari+

Suhbat:

yurisprudensiya sohasida professional bilim va koʻnikmalarini (nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarni tizimlashtirishga, mustahkamlashga va kengaytirishga, huquqiy manbalar bilan ishlash, normativ-huquqiy hujjatlarni sharhlash va qoʻllash koʻnikmalari, aniq huquqiy qarorlarni qabul qilish uchun mavjud dalillar va holatlarni yuridik jihatdan toʻgʻri baholashga boʻlgan qobiliyatning mavjudligi);

ilmiy tadqiqot olib borishga boʻlgan qobiliyatni (tahlil qilish, fikrlash, shuningdek, yurisprudensiyaga oid muammolarni aniqlay olish, ilmiy-tadqiqot faoliyati olib borish, asosiy ilmiy tushunchalar va ilmiy-tadqiqot ishlari usullarini tushunish qobiliyati);

salohiyat darajasini (bilim va uquvni takomillashtirish, muammolarni hal qilishga noanʼanaviy yondashuvi, oʻz ustida ishlash va malakani oshirishga boʻlgan intilish, kasbiy kamolotga erishish maqsadida shaxsiy imkoniyatlarini maksimal darajada kengaytirish qobiliyatining mavjudligi, shuningdek jamoada ishlay olishi va yetakchilik sifatlarining mavjudligi);

odob-axloq qoidalari va prinsiplarini (ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va masalalarga qiziqish, oʻz pozitsiyasi va fikrini koʻrsata olish va shu asosda harakat qilish qobiliyati, yolgʻon va huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik, bagʻrikenglik, yuksak odob-axloq meʼyorlarini, qadriyatlarni namoyon qilishning mavjudligi) aniqlash uchun shu mezonlar asosida o‘tkaziladi.

55. Xorijiy fuqarolarni o‘qishi uchun to‘lov-kontrakt miqdori+

2026/2027 o‘quv yilida Toshkent davlat yuridik universitetida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha xorijiy fuqarolar uchun kontrakt summasi talabaning bir o‘quv yili davomida o‘qitish xarajatlarini inobatga olgan holda belgilanadi.

66. Bog‘lanish uchun aloqa kanallari+

Xorijiy davlat fuqarolarini TDYU magistraturasiga o‘qishga qabul qilish masalalari bo‘yicha batafsil ma’lumot berish uchun uzluksiz ravsihda ishlovchi
Call-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Endilikda xorijiy fuqarolar +99897-198-00-80 raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan holda TDYUga o‘qishga qabul qilish jarayonlariga oid savollariga javob olishi mumkin. Shuningdek, universitet rasmiy saytidagi (tsul.uz) chat-box orqali ham murojaat qilishlari mumkin.

Savollaringiz bormi?

Xorijiy fuqarolarni qabul qilish jarayonlariga oid har qanday savollar bo'yicha bizning Call-markazimiz uzluksiz ishlaydi. Universitet rasmiy saytidagi chat-box orqali ham murojaat qilishingiz mumkin.

Topshirish uchun video qo'llanma

Rus tilida
Ingliz tilida

Topshirish uchun video qo'llanma

Rus tilida
Ingliz tilida
Qabul bo'yicha murojaat boti