Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:

innovatsion mahsulot (ish, xizmat)larga bo‘lgan talabni o‘rganish maqsadida tizimli ravishda so‘rovnomalar o‘tkazish;

yuridik amaliyotda mavjud bo‘lgan maummo va qiyinchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha dolzarb yo‘nalish va vazifalarni inobatga olgan holda ilmiy-innovatsion ishlanmalarni yaratish va tijoratlashtirish;

istiqbolli startap-loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha iqtisodiy va marketing tadqiqotlarni o‘tkazish;

biznes-reja hamda texnik topshiriqlarni ishlab chiqishga topshiriq va buyurtmalar berish. 

 Hozirgi kunda universitet tomonidan 17 turdagi yuridik xizmatlar ko‘rsatiladi.

2018-yilda davomida jami 12 ta xo‘jalik shartnomasidan
11,08 mln. so‘m, 2019-yilda davomida jami 22 ta shartnomadan 83,3 mln. so‘m, 2020-yil davomida esa 92,1 mln. so‘m tushum ta’minlangan.

Bundan tashqari, 2021–2022-yillarda Yevropa Ittifoqining Erasmus+ loyihasi doirasida Polshaning Gdansk universiteti (10 000 AQSh dollari), Turkiyaning Yildirim Boyazid universiteti (10 000 AQSh dollari) va 2022-yilda Shvetsiyaning Lund universiteti (20 000 AQSh dollari) bilan almashinuv dasturlari amalga oshirilmoqda.

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) loyihalari doirasida 2020–2022-yillarda xorijdan volontyorlar ta'lim jarayoniga jalb etilmoqda (loyiha qiymati 50 000 AQSh dollari).