Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi
Shiorimiz: Xalq farovonligi - bu asosiy qonun (Salus populi suprema lex.) Sitseron.
Bizning maqsadimiz:
Konstitutsiyaviy huquq sohasida dunyoning yetuk olimlari faoliyat yuritadigan va xalqaro darajadagi soha vakillarini yetishtirib chiqaradigan dunyoning eng nufuzli maktablaridan biriga aylanish, Konstitutsiyaviy huquq va unga aloqador boʻlgan modullar boʻyicha xalqaro standartlarga javob beradigan oʻquv materiallari yaratish va ulardan foydalanib ta’lim berish..
Biz yurtimiz va jahondagi Konstitutsiyaviy huquq bilan bogʻliq jarayonlar va fuqarolik jamiyatini toʻliq oʻrganish, bu borada xalqaro tajriba bilan tanishish va sohadaga oid turli me’yoriy hujjatlarni tadqiq etish va ishlab chiqishni maqsad qilganmiz. Аyni paytda bu yoʻnalishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Markaziy saylov komissiyasi, Аdliya vazirligi, huquqni muhofaza qilish idoralari, nodavlat notijorat tashkilotlar va respublika oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilib kelmoqdamiz.
Bizning vazifalarimiz:
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchiligidagi o‘zgarishlarni tahlil qilish;
- O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- Ilmiy konferensiyalar, ilmiy munozara (croudsourcing)lar va davra suhbatlarini o‘tkazish;
- O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarning konstitutsiyalarini tahlil qilish;
- Darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va ilmiy maqolalar tayyorlash;
- Talabalar uchun davlat hokimiyati organlari binolariga tashriflar tashkil etish;
- Xorijiy universitetlar va tadqiqot markazlari bilan o‘zaro aloqalar;
- Konstitutsiyaviy huquq bo'yicha xalqaro loyihalarda ishtirok etish.
Bizning fanlar:
Kafedra tomonidan jami 13 ta fan oʻtiladi. Shundan 9 tasi bakalavr, 4 ta magistr fanlari hisoblanadi.
Bakalavriatda 9 ta fan:
– Konstitutsiyaviy huquq
– Parlament huquqi
– Qiyosiy konstitutsiyaviy huquq
– Konstitutsiyaviy odil sudlov
– Mahalliy hokimiyat huquqi
Tanlov fanlari:
– Saylov huquqi
– Oʻzini oʻzi boshqarish huquqi
– NNT huquqi /NGO law
– Qonun ijodkorligi jarayoni
Magistraturada 4 ta fan:
– Konstitutsiyaviy nazorat va konstitutsiyaviy odil sudlov
Tanlov fanlari:
– Konstitutsiyaviy huquqning ilmiy-amaliy muammolari
– Ommaviy axborot vositalir huquqi – NNT huquqi / NGO law modullaridan maʻruza, seminar mashgʻulotlari olib borilmoqda.
Kafedra tomonidan 2025-yilda 58ta OАK roʻyxatidagi ilmiy jurnallarda maqolalar, jumladan, xalqaro jurnallarda 15 ta, 24ta ta xalqaro anjumanlar, 8 ta SCOPUS bazasiga kiritilgan ilmiy jurnallarda maqolalar, 3 darslik, 28 ta o‘quv qo‘llanma,5 ta monografiya chop etilgan.
Shuningdek:
– 3 ta xalqaro;
– 5 ta respublika ilmiy konferentsiya va davra suhbatlari oʻtkazilgan.
Kafedra xalqaro hamkorlik doirasida Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities kabi nufuzli agentliklar reytingida birinchi 1 000 oʻrinni egallagan xorijiy OTMlar bilan hamkorlikda turli tadbirlarni amalga oshirmoqda. Shuningdek kafedra hamkorlik doirasida Nagoya universiteti bilan hamkorlikda turli tadbirlarni oʻtkazib kelmoqda. Osaka universiteti professori yordamchisi, PhD F.Umirov talabalar uchun “Konstitutsiyaviy odil sudlov” fanidan dars mashgʻulotlarini 2021 yildan olib bormoqda. Yangi ma’lumotlarni qo’yish mumkin. Joan Blum, Kris Thornhill va boshqalarni yozish mumkin.
Kafedrada professor-oʻqituvchilar va mustaqil tadqiqotchilar tomonidan 12.00.02 – “Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi” ixtisosligi boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Bizning dastur va loyihalarimiz:
Kafedra oʻquv, ilmiy hamda qonunchilikni takomillashtirish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi professor-oʻqituvchilari Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi qonuni va Saylov kodekslarini ishlab chiqishda faol ishtirok etishdi.
Shuningdek kafedra mamlakatimiz OTMlari orasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Аkademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizlik universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Аkademiyasi, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti mutaxassislik kafedralari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlgan qoʻygan.
Bugungi kunda kafedra shtatida 5 nafari professor (5 nafar fan doktori) 2 professor vazifasini bajaruvchi (2 nafar fan doktori), 1 nafar dotsent (fan nomzodi), 5 nafar dotsent v.b.(5 nafar y.f.f.d (PhD)), 3 nafar katta-o‘qituvchi (1 nafar fan doktori, 1 nafar PhD), 9 nafar o‘qituvchi. Kafedrada Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Boshqarma boshligʻi Аlisher Mahmudov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining spiker o‘rinbosari Raxim Xakimov, Oʻzbekiston Respublikasi Ombudsman o‘rinbosari Bekzod Narimanov, IIV Yuridik Tashkiliy departamenti yuridik ta’minlash boshkarmasi shartnomaviy-huquqiy bo‘limi boshlig‘i Saxipjamal Djoldasova oʻrindoshlik asosida faoliyat yuritib kelmoqda.
Professor-oʻqituvchilar tarkibi:
Bizning oʻqituvchilarimiz doimo oʻz ustida ishlaydi, xorijiy hamkasblari bilan malaka va bilimini oshirib boradi, tajriba almashadi.
Bugungi kunda kafedrada 7 nafar fan doktori va 2 nafar fan nomzodi, 4 nafar yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, 9 nafar ilmiy darajasiz oʻqituvchi faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari ichki va tashqi oʻrindoshlik asosida malakali professor-oʻqituvchilar va amaliyotchilar dars mashgʻulotlariga jalb etilgan.
Shuningdek, 62 nafar mustaqil-izlanuvchi va 1 nafar doktorant oʻquv-uslubiy jarayonda ishtirok etmoqda.
F.I.Sh.
| Lavozimi | |
Bekov Ixtiyor Rustamovich | Kafedra mudiri, y.f.d. | |
Axmedov Davran Kuvanovich | Professor, y.f.d. | |
Kadirov Eshmuxamad Omanturdiyevich | Professor, y.f.d. | |
Ruzmetov Xayrullo Ibadullayevich | Professor v.b., y.f.d. | |
Yo‘ldoshev Azizjon Ergash o‘g‘li | Professor v.b., y.f.d. | |
Karaxodjayeva Okilaxon Rufatovna | Dotsent, y.f.n. | |
Madiyev Faxriddin Xoshim o‘g‘li | Dotsent v.b., y.f.f.d. | |
Aliyeva Kamola Ravshanovna | Dotsent v.b., y.f.f.d. | |
Bokiyev Jahongir Nurmatjon o‘g‘li | Kafedra mudiri o‘rinbosari, y.f.f.d. | |
Ilxombekov Jasurbek Ilxombek o'g'li | Dotsent v.b., y.f.f.d. | |
Safarova Xulkar Norbek qizi | Dotsent v.b., y.f.f.d. | |
Qudratillayev Jaxongir Zokirjon o‘g‘li | Katta o‘qituvchi | |
Sayidov Rustambek Abdurasulovich | Katta o‘qituvchi, y.f.f.d. | |
Aslonova Laylo Olimovna | O‘qituvchi | |
Tursunov Muhammadjon Otabek o'g'li | O‘qituvchi | |
Fayziyeva Gulruh Muxammadi qizi | O‘qituvchi | |
Hakimov Sunnat Furqat O‘g‘li | O‘qituvchi | |
Zaynobidinova Yulduz Baxtiyor qizi | O‘qituvchi | |
Abdurayimov Muxammad Suvanqul o‘g‘li | O‘qituvchi | |
Sobirov Umid Sobir o‘g‘li | O‘qituvchi | |
Bobojonov Javoxir Isloм o‘g‘li | O‘qituvchi | |
Ichki o‘rindoshlar | ||
Xashimhonov Ahrorxon Muminovich | Professor | |
Babadjanov Atabek Davronbekovich | Professor | |
Umirov Fitrat Faxriddinovich | Katta o‘qituvchi | |
Avezov Dilshod | O‘qituvchi | |
Bizning xodimlarimiz:
Kafedra maslahat kunlari:
Lavozimi | F.I.O | Konsultatsiya vaqti | Auditoriya |
Kafedra mudiri | Bekov Ixtiyor | Dushanba 9.00-12.00 | 110 |
Professor | Qodirov Eshmuhammad | Seshanba | 109 |
Professor v.b. | Yo’ldoshev Aziz | Chorshanba | 109 |
Kafedra mudiri o‘rinbosari | Bokiyev Jahongir | Payshanba | 109 |
Dotsent v.b. | Madiyev Faxriddin | Juma | 109 |