Stipendiyalar
Toshkent davlat
yuridik universitetida talabalalar uchun “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
davlat stipendiyasi” va nomdor davlat stipendiyalari hamda universitet
miqyosidagi “Universitet stipendiyasi”, “G‘afur G‘ulom stipendiyasi”, “Adliya
vaziri stipendiyasi”da ishtirok etish imkoni mavjud.
Universitetda
stipendiyaga nomzod talabalar bilan ishlash mexanizmi joriy etilgan bo‘lib,
talababay tizim asosida har bir nomzod uchun ilmiy rahbar biriktiriladi hamda
universitet tomonidan har taraflama qo‘llab-quvvatlanadi.
Stipendiat talabalar va nomzodlar bilan Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va huquqiy targ‘ibot bo‘limi tizimli ishlarni amalga oshiradi.