Xalqaro
konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari
Xorijiy OTMlar, xalqaro tashkilotlar va
jamg‘armalar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar, hamkorlikda o‘tkazilgan ilmiy
konferensiya, simpozium, seminar-treninglar, ularni o‘tkazishdan maqsad hamda
erishilgan natijalar:
2020-yilning yanvar-dekabr oylari
mobaynida jami 23 ta delegatsiya rasmiy tashrifi davomida o‘zaro hamkorlik
masalalari muhokama etildi.
Shu bilan bir qatorda, 4-6-fevral kunlari
Qozog‘iston, Afg‘oniston, RFdan tashrif buyurgan 10 dan ortiq xalqaro sudyalar
ishtirokida F.Djessap nomidagi xalqaro tanlovning milliy raundi o‘tkazildi.
Shuningdek, 2020-yil davomida xorijiy
hamkorlar ishtirokida jami 14 ta xalqaro qo‘shma tadbirlari o‘tkazildi.
7-fevral — AQSh elchixonasi ko‘ngillisi
Shennon Roax ishtirokida “Ingliz tilida hikoya yozish ko‘nikmalarini
shakllantirish” mavzusidagi mahorat darsi o‘tkazildi.
27-fevral — BMT vakillari ishtirokida “Inson
huquqlari sohasidagi ta'lim va inson huquqlarini o‘qitishning mintaqaviy
markazini tashkil etish” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi.
28-fevral — Jahon odil sudlovi va M.Auezov
nomidagi Janubiy Kozog‘iston davlat universiteti vakillari ishtirokida “Huquq ustuvorligi:
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar davrida zamonaviy yondashuv”
mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkazildi.
29-fevral — BMT vakillari bilan
O‘zbekiston Respublikasining BMTga a’zo bo‘lganining 28 yilligi munosabati
bilan “O‘zbekiston Respublikasining BMTga a’zoligining 28 yilligi va
hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
4-mart — YNODK vakili Kun Markvering
ishtirokida “Jinoyat protsessida advokat: yangi yondashuvlar” mavzusida davra
suhbati o‘tkazildi.
11-mart — Qozog‘iston KIMeP universiteti
vakili ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligini
rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
o‘tkazildi.
11-noyabr — Polotsk davlat universiteti
(Belarus) va Pskov davlat universiteti (RF) bilan birgalikda TDYU Davlat
boshqaruv nazariyasi kafedrasi “Mahalliy davlat va o‘zini o‘zi boshqarish
organlarining zamonaviy rivojlanish tendensiyalari va istiqbolli yo‘nalishlari”
mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
16-noyabr — Qirg‘iziston yuridik klinika
assotsiatsiyasi, PROON va Ombudsmen KR bilan birgalikda TDYU “Xalqaro xususiy
huquq” kafedrasi tomonidan “Oliy yuridik ta’limni rivojlantirish va inson
huquqlarini himoya qilishda yuridik klinikalarning xalqaro hamkorligining
o‘rni” mavzusida konferensiya o‘tkazildi.
5-dekabr — Nagoya universiteti (Yaponiya)
va TDYU “Konstitutsiyaviy huquq” kafedrasi ishtirokida “Yangi O‘zbekistonda
Konstitutsionalizmni mustahkamlash masalalari: milliy va xorijiy tajriba”
mavzusida konferensiya o‘tkazildi.
15-dekabr — Ural davlat yuridik
universiteti (RF), Kaspiy universiteti (Qozog‘iston) va TDYUning “Fuqarolik
huquqi” kafedrasi tomonidan “COVID-19 holatida biznes huquqi” mavzusida
konferensiya o‘tkazildi.
17-dekabr — Gdansk universiteti (Polsha)
va Suleyman Demirel universiteti (Turkiya) bilan birgalikda TDYU “Biznes huquqi”
kafedrasi tomonidan “Polsha va O‘zbekistonda huquqning rivojlanishi yangi
tendensiyalari” mavzusida konferensiya o‘tkazildi.
22-dekabr — F.Skorna nomidagi Gomel davlat
universiteti va Uzoq Sharq davlat universiteti bilan birgalikda TDYU “Intellektual
mulk huquqi” kafedrasi tomonidan “Huquq tizimini rivojlantirish innovatsion
paradigmasi” mavzusida konferensiya o‘tkazildi.
22-dekabr — Rossiya zamonaviy arbitraj
instituti va TDYU mediatsiya markazi vakillari ishtirokida “Virtual arbitraj -
xalqaro arbitrajda raqamlashtirishning amaliy masalalari” mavzusida
konferensiyasi o‘tkazildi.
23-dekabr — Qirg‘iz-uzbek universiteti va
TDYU “Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura” kafedrasi tomonidan
“Sud tizimini isloh qilish: O‘zbekiston va Qirg‘izistonning xalqaro tajribasi”
mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.