Ilmiy faoliyat
Toshkent davlat yuridik universiteti “TSUL” ning ilmiy faoliyati O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda “yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy salohiyatni kuchaytirish, oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarida yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar - falsafa doktorlari (PhD) va fan doktorlari (DSc) tayyorlash, ilmiy tadqiqotlarni olib borish va uning natijalarini huquqshunoslik barcha sohalariga tadbiq etish, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari hamda boshqa tashkilotlar, shuningdek, xorijiy yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga yo‘naltirilgan.
Ilmiy faoliyat va ilmiy tadqiqot olib borish universitetning professor-o‘qituvchilar, mustaqil izlanuvchilar, doktorantlar, magistrlar va talabalarning eng muhim faoliyatlaridan biridir.
Universitetning ilmiy faoliyat va ilmiy tadqiqoti O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, 2017-yil 16-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni, 2017-yil 22-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi, Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi farmonlari va “Ilmiy boshqarma to‘g‘risida”gi nizom hamda boshqa qonun va qonunosti hujjatlariga asosan amalga oshirilmoqda.
Universitetda ilmiy-tadqiqotning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
12.00.00 - YURIDIK FANLAR
12.00.01 - Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi.
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi.
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq.
12.00.04 - Fuqarolik protsessual xuquqi. Xo‘jalik protsessual xuquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya.
12.00.05 - Mehnat huquqi. Ijtimoiy ta’minot huquqi.
12.00.06 - Tabiiy resurslar huquqi. Agrar huquq. Ekologik huquq.
12.00.07 - Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura.