Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi” kafedrasi

Shiorimiz: Odillik sari ildamlik

Bizning maqsadimiz:

Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi 6 yo‘nalish: “Fuqarolik protsessal huquqi”, “Iqtisodiy protsessual huquq”, “Fuqarolik protsessida advokat ishtiroki” va “Iqtisodiy va korporativ nizolarni hal etish”, “Nizolarni hal qilishning muqobil usullari” hamda “mediatsiya nazariya va amaliyoti” bo‘yicha o‘quv va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boruvchi universitetdagi eng yetakchi kafedralardan biri hisoblanadi.

Biz yurtimiz va jahondagi fuqarolik protsessual huquqi va iqtisodiy protsessual huquq sohalarini o‘rganish va rivojlantirish, bu borada xalqaro tajriba bilan tanishish va sohaga oid turli me’yoriy hujjatlarni tadqiq etish va ishlab chiqishni maqsad qilganmiz. Ayni paytda bu yo‘nalishda Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Sudyalar Oliy maktabi, Advokatlar palatasi, Yuristlar malakasini oshirish markazi, huquqni muhofaza qilish idoralari va respublika oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilyapmiz

Bizning vazifalarimiz:

Bizning kafedra universitetda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlaydi va qator vazifalarni amalga oshiradi. Biz:

– “Fuqarolik protsessal huquqi”, “Iqtisodiy protsessual huquq”, “Fuqarolik protsessida advokat ishtiroki”, “Nizolarni hal qilishning muqobil usullari” va “Iqtisodiy va korporativ nizolarni hal etish” fanlarini o‘rganamiz, izlanishlar olib boramiz va ushbu fanlar bo‘yicha bilim beramiz;

– talabalarda protsessual fanlar to‘g‘risida qiyosiy, tahliliy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiramiz;

– talabalarda protsessual huquq normalarini amalda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantiramiz;

– yoshlarga mustaqil ta’lim olish va berish, nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash uchun imkon beramiz. 


Bizning fanlar

Bakalavriatda 2ta fan: 

– Fuqarolik protsessual huquqi;

– Iqtisodiy protsessual huquqi.

Magistraturada 4ta fan: 

– Fuqarolik protsessida advokat ishtiroki

– Iqtisodiy va korporativ nizolarni hal etish

– Nizolarni hal qilishning muqobil usullari

– Mediatsiya nazariya va amaliyoti


Ilmiy salohiyat - 46 %


Kafedra tomonidan 2019-2021 yillarda

  • 12 ta monografiya;
  • 80 ta ilmiy maqola;
  • 8 ta “Scopus”da maqola chop etilgan.

Shuningdek, 

– 2 tа xalqaro;

– 5 tа Respublika ilmiy konferensiya va davra suhbatlari o’tkazilgan.


Bizning dastur va loyihalarimiz

Kafedra qoshida “Yosh huquqshunos protsessualistlar” ilmiy to‘garagi faoliyat yuritmoqda. Loyiha doirasida 10 nafar talaba fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqining dolzarb masalalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. To‘garakning maqsadi – talabalarga fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi fanini chuqurroq o‘zlashtirish va protsessual fanga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirishdan iborat.

Kafedrada mudiri D.Yu.Xabibullayev rahbarligida “Bo‘lajak protsessualistlar” va kafedra professori Z.N.Esanova boshchiligida “Adolat va qat’iyat qo‘rg‘oni” nomli ilmiy maktablar tashkil etilgan. Ushbu ilmiy maktablarning asosiy maqsadi – fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi fanini ilmiy nazariy asoslarini o‘rgatish, kelgusida shu sohada ilmiy izlanishlar olib borishni tizimli yo‘lga qo‘yish, fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi milliy maktabini xalqaro yuridik maydonga olib chiqishdan iborat.

Kafedrada ayni paytda “Sud qarorlarini majburiy ijro etish mexanizmini yanada takomillashtirish masalalari (fuqarolik, iqtisodiy, ma’muriy va jinoyat ishlari misolida)” mavzusida ilmiy-amaliy tadqiqot ishi amalga oshirilmoqda.

Professor-o‘qituvchilar tarkibi:

Bizning o‘qituvchilarimiz doimo o‘z ustida ishlaydi, xorijiy hamkasblari bilan malaka va bilimini oshirib boradi, tajriba almashadi.

Bugungi kunda kafedrada 2 nafar professor, 1 nafar dotsent, 3 nafar PhD va 1 nafar katta o‘qituvchi, 6 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Biz talabalarda nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsadida uzluksiz ravishda sudyalar, advokatlar, mediatorlar va soha mutaxassislari ishtirokida mahorat darslarini tashkil etamiz.

Kafedramiz o‘qituvchilari 13 ta darslik, 12 ta monografiya va 10 ta o‘quv-qo‘llanma muallifidir.

Shuningdek, 2 nafar mustaqil-izlanuvchi va 2 nafar doktorant o‘quv-uslubiy jarayonda ishtirok etadi.

Bizning xodimlarimiz:

F.I.O

Lavozimi, unvoni va ilmiy darajasi

e-mail


Xabibullayev Davlatjon Yulchiboyevich

Kafedra mudiri, professor, yuridik fanlar nomzodi

davlat.xabibullayev@mail.ru

Esanova Zamira Normurotovna


Kafedra professori, yuridik fanlar doktori

zamira.esanova@mail.ru

Ibratova Feruza Boboqulovna

Kafedra dosenti, yuridik fanlar nomzodi

ibratova.feruza@mail.ru

Pirmatov Otabek Shavkatovich

Kafedra dosent v.b., yuridik fanlar bo’yicha falsafa doctori (PhD)

pirmatov.otabek.89@inbox.ru

Mamaraimova Gulrux Maxmudovna


Kafedra katta o’qituvchisi

Afrosiyob1551@mail.ru

Xaqberdiyev Abdumurad Abdusaidovich

Kafedra katta o’qituvchisi, yuridik fanlar bo’yicha falsafa doctori (PhD)

M.hakberdiev@mail.ru

Hayrulina Asal Baxodirovna

Kafedra  o’qituvchisi

Asalkhayrulina@gmail.com

Salimova Iroda Mamayusufovna

Kafedra o’qituvchisi, yuridik fanlar bo’yicha falsafa doctori (PhD)

helloiroda@mail.ru

Davronov Doniyorbek Abdullo o’g’li

Kafedra  o’qituvchisi

doniyorbekdavronov98@gmail.com

Shukrullayev Siyovush Ulug’bek o’g’li 

Kafedra  o’qituvchisi

Siyovush.law@gmail.com 

Bebutova Zarnigor Faxriddinovna

Kafedra  o’qituvchisi

behbudovazarnigor@gmail.
com

Subxonov Sherali Muhammad ogli 

Kafedra  o’qituvchisi

s.sherali96@mail.ru

Xakimov Bunyod Turanazarovich


Kafedra  o’qituvchisi

khakimovbunyod@gmail.
com

Xudoynazarov Dadaxon Avaz o’g’li

Kafedra  o’qituvchisi

dadaxon.xudoynazarov92@mail.ru


Kafedra maslahat kunlari:

Lavozimi

F.I.O

Konsultatsiya vaqti

Auditoriya

1.

Kafedra mudiri

Xabibullayev D.Yu.

Dushanba
14.00-16.00

209

2.

Kafedra professori

Esanova Z.H.

Dushanba 
16.00-18.00

209 

3.

Kafedra dosenti

Ibratova F.B.

Seshanba 
14.00-16.00

209

4.

Kafedra dosent v.b.

Pirmatov O.Sh.

Seshanba 
16.00-18.00

209

5.

Kafedra katta o’qituvchisi

Mamaraimova G.M.

Chorshanba 14.00-16.00

209

6.

Kafedra  o’qituvchisi

Hayrulina A.B.

Chorshanba 16.00-18.00

209

7.

Kafedra  o’qituvchisi

Shukrullayev S.U.

Chorshanba 14.00-16.00

209

8.

Kafedra  o’qituvchisi

Davronov D.A.

Chorshanba 16.00-18.00

209

9.

Kafedra  o’qituvchisi

Salimova I.M.

Payshanba 14.00-16.00

209

10.

Kafedra katta o’qituvchisi

Xaqberdiyev A.A.

Payshanba 16.00-18.00

209

11.

Kafedra  o’qituvchisi

Subxonov Sh.M.

Juma 
14.00-16.00

209

12.

Kafedra  o’qituvchisi

Xakimov B.T.

Juma 
14.00-16.00

209

13.

Kafedra  o’qituvchisi

Bebutova Z.F.

Juma 
16.00-18.00

209

14.

Kafedra  o’qituvchisi

Xudoynazarov D.A.

Juma 
16.00-18.00

209


Bizning manzil:

Toshkent shahri, Sayilgoh ko’chasi, 35 uy, TDYU 2 binosi, 209 xona

Murojaat uchun telefon raqami: 233-66-36, 1078 (ichki)

Elektron pochta: www.process@tsul.uz