“Xalqaro
xususiy huquq”
kafedrasi
Bizning
maqsadimiz: Xalqaro xususiy huquq sohasida dunyoning yetuk olimlari
faoliyat yuritadigan va xalqaro darajadagi soha vakillarini yetishtirib
chiqaradigan dunyoning eng nufuzli maktablaridan biriga aylanish, xalqaro
xususiy huquq va unga aloqador bo‘lgan modullar bo‘yicha xalqaro standartlarga
javob beradigan o‘quv materiallari yaratish va ulardan foydalanib taʼlim
berish.
Bizning
vazifalarimiz:
–
xalqaro xususiy huquq sohasida rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish;
– talabalarda o‘tiladigan fanlar
to‘g‘risida qiyosiy, tahliliy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini
rivojlantirish;
– talabalarda xalqaro xususiy
huquq normalarini amalda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish;
– yoshlarga mustaqil taʼlim olish va
berish, nazariya va amaliyot uyg‘unligini taʼminlash uchun imkon yaratish;
– “Xalqaro xususiy huquq sohasida
dunyoning yetuk olimlari faoliyat yuritadigan va xalqaro darajadagi yetuk soha
vakillarini yetishtirib chiqaradigan dunyoning eng nufuzli maktablari bilan
hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Bizning fanlar:
Kafedra tomonidan jami 30 ta fan o‘tiladi. Shundan 12 tasi
bakalavr 18 tasi magistr fanlari hisoblanadi.
Bakalavriatda 12 ta fan:
Xalqaro xususiy huquq (Private
International Law)
Xalqaro xususiy huquq (Private
International Law)
Xalqaro tijorat arbitraji
(International Commercial Arbitration)
Tanlov fanlar
Ingliz huquqi asoslari /
Introduction to English Common Law tanlov
Islom huquqi (xususiy huquq
masalalari) / Islamic Private Law
Qiyosiy xususiy huquq / Comparative
Private Law
Ingliz shartnoma huquqi (English
Contract Law)
Xalqaro investitsiya huquqi
(International Investment Law) tanlov
Xalqaro tijorat arbitraji
(International Commercial Arbitration)
Xalqaro tijorat huquqi
(International commercial law)
Xalqaro oila huquqi (International
Family Law)
Xalqaro xususiy huquq (Private
International Law)
Magistraturada 18 ta fan:
Xalqaro tijorat arbitraji
(International Commercial Arbitration)
Xalqaro investitsiya arbitraji
(International Investment arbitration)
Xalqaro investitsiya huquqi
(International Investment Law) (Asosiy fan – Xalqaro tijorat huquqi )
Qiyosiy shartnoma huquqi
(Comparative Contract Law)
Biznes huquqi
Xalqaro nizolarni hal qilishning
muqobil usullari (ADR)
Sport bukmeykerlik va vositachilik
faoliyatining huquqiy tartibga solinishi (Regulation of Sports betting and
intermediaries‘ activities)
Yevropa Ittifoqi sport huquqi (EU
sport law)
Sportdagi kelishilgan o‘yinlar
(Match fixing in Sport)
Sport sohasidagi nizolarni ko‘rib
chiqilishi (Dispute Resolution in Sport)
Tanlov fanlar
Ingliz shartnoma huquqi tanlov
(English Contract Law)
Qiyosiy fuqarolik va savdo huquqi
(Comparative Civil and Trade Law)
Xalqaro arbitrajda advokat ishtiroki
(Representation in International Arbitration)
Xalqaro investitsiya huquqi (International
Investment Law) (Tanlov fan – Biznes huquqi)
Erkin iqtisodiy zonalar huquqi (Free
Economic Zones)
Xalqaro nizolarni hal etishda
dalillar va ekspertlik faoliyati (Advocacy in
International Dispute Resolution)
Qiyosiy shartnoma huquqi
(Comparative contract law) (Tanlov fan – Mehnat huquqi, Intellektual mulk va a.h.,Advokatura, Xalqaro tijorat huquqi)
Xalqaro sport arbitrajlari
(International sport arbitrations)
Ilmiy salohiyat
Kafedrada ayni paytda A.Ergashev “Xalqaro
xususiy huquqda yuridik shaxslarni qayta tashkil etish va tugatishni huquqiy
tartibga solishni takomillashtirish” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa
doktori dissertatsiyasi, Sh.Ishmetova
“Xalqaro savdo munosabatlari doirasida xalqaro mehnat taqsimotini huquqiy
tartibga solinishi” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori
dissertatsiyasi, M.Turdialiyev
“Erkin iqtisodiy zonalarning bir turi sifatida xalqaro moliya markazlarini
tashkil etish va ingliz huquqini joriy etish masalalari” mavzusida yuridik
fanlar bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasi, A.Akramov
“Meros huquqida ishonchli boshqaruv (Trust)ni
fuqarolik-huquqiy tartibga solish” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa
doktori ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
A.Yakubov
2020-yil 11-noyabrda “Tashqi cavdo munocabatlarini huquqiy tartibga colishni
takomillashtirish” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori
dissertatsiyasini (PhD) himoya qilgan.
Bugungi kunda kafedramizda uch nafar
yuridik fanlar doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar (S.Gulyamov, I.Rustambekov,
N.Rahmankulova), ikki nafar
yuridik fanlar nomzodi (O.Narziyev,
N.Imamova), bir nafar yuridik
fanlar bo’yicha falsafa doktori (S.Bozarov) 7 nafar xorijiy OTMlarda tahsil
olgan o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda.
2020-2021-yillarda kafedramiz
o‘qituvchilari tomonidan WoS va Scopus jurnallarida 5 ta,
OAK jurnallarida 10 ta, xorijiy jurnallarda 15 ta maqola chop etilgan.
Kafedra professor-o‘qituvchilari
tomonidan xorijiy jurnal va xalqaro konferensiya to‘plamlarida 2 ta maqola chop etilgan.
Shuningdek, kafedra tomonidan
2020-2021-yillarda 4 ta monografiya, 30 ta ilmiy
maqola, 5 ta “Scopus”da maqola chop etilgan.
Shuningdek, ushbu yillarda 1 ta xalqaro, 5 ta respublika ilmiy konferensiya va davra suhbatlari
o‘tkazilgan.
Bizning dastur va loyihalarimiz:
Yuridik fanlari doktori, professor
I.Rustambekov rahbarligida Yevropada xavfsizlik va
hamkorlik tashkilotining 200,000 yevro miqdoridagi grant bo‘yicha hamkorlik
qilish ishlari olib borilmoqda.
Loyiha mavzusi: “Содействие развитию международного частного права и права собственности
в Республике Узбекистан” Amalga oshirish muddati:
24 oy (2020-2021).
I.Rustambekov rahbarligidagi
2018-2020-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston Respublikasida xalqaro tijorat arbitrajining huquqiy asoslari va faoliyatini takomillashtirishning zamonaviy tendensiyalari”
mavzusidagi amaliy loyiha ham amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyiha “O‘zbekistonda nizolarni muqobil hal etish mexanizmlarini takomillashtirish
(Mediatsiya)” hamda “Huquqiy texnologiyalarni huquqni qo‘llash amaliyotiga joriy etish” loyiha rejalaridan iborat.
Kafedra qoshida quyidagi ilmiy
to‘garaklar faoliyat yuritadi:
“Xalqaro xususiy huquq yosh
olimlari”. To‘garak
talabalarni ilmiy-innovatsion faoliyatga jalb etish, ilmiy tadqiqot olib borish
ishtiyoqiga ega bo‘lgan iqtidorli yoshlarni
qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan. To‘garak aʼzolari soni 30 nafar. https://t.me/XTHyoshnazariyotchilari
To‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el
investitsiyalari musobaqasi (FDI) tayyorlov bo‘yicha ilmiy to‘garak. To‘garak talabalarni FDI Mootda
ishtirok etishga tayyorlash hamda ushbu musobaqada sovrinli o‘rinlardan birini
egallashi uchun ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirishi asosiy maqsad
qilingan. To‘garak aʼzolari soni 8 nafar.
VILLEM S.VIS nomidagi xalqaro
arbitraj musobaqasi (vis moot) bo‘yicha ilmiy to‘garak. To‘garakdan ko‘zlangan maqsad
talabalarni VIS MOOTda ishtirok
etishga tayyorlash hamda ularning ushbu tanlovda sovrinli o‘rinlar olishiga
erishish hisoblanadi. To‘garak aʼzolari soni 280 nafar. https://t.me/vismoot
Professor-o‘qituvchilar
tarkibi:
Bizning o‘qituvchilarimiz doimo o‘z
ustida ishlaydi, xorijiy hamkasblari bilan malaka va bilimini oshirib boradi,
tajriba almashadi.
Bugungi kunda kafedrada 2 nafar
professor va 2 nafar katta o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Biz
talabalarda nazariya va amaliyot uyg‘unligini taʼminlash maqsadida uzluksiz
ravishda soha mutaxassislari va dunyoning yetuk olimlari ishtirokida mahorat
darslarini tashkil etamiz.
Kafedramiz o‘qituvchilari 6 ta darslik, 4 ta monografiya va 12 ta o‘quv-qo‘llanma muallifidir.
Shuningdek, 5 nafar mustaqil izlanuvchi o‘quv-uslubiy jarayonda ishtirok etadi.
Bizning xodimlarimiz:
Bozarov Sardor Sohibjonovich – kafedra mudiri , falsafa doktori
Narziyev Otabek Sa’diyevich – Dotsent v.b.
Rustambekov Islombek Rustambekovich – professor
Gulyamov Said Saidoaxrarovich – professor
Ergashev Azamat Ergashevich – katta o‘qituvchi
Akramov Akmaljon Anvarjon o‘g‘li – o‘qituvchi
Mamanazarov Sardor Shuxratovich – o‘qituvchi
Ishmetova Shaxida Xasanovna – o‘qituvchi
Yulduz Axtamovna Axtamova - o‘qituvchi
Xodjimurotov Sherzod Abdakimovich – o‘qituvchi
Mirzaraimov Baxodir Toxirovich – o‘qituvchi
Turdialiyev Muhammad Ali Po‘latjon o‘g‘li – o‘qituvchi
Rahmonqulova Nilufar Hoji-Akbarovna – o’qituvchi
Imamova Dilfuza Ismailovna – Dotsent v.b.
Kimsanov Diyorbek Ma’murjon o’g’li – o’qituvchi
Rashidov Komil Qayumovich – Y.F.D professor
Yakubov Axtam Nusratiloyevich - o‘qituvchi
Fayzullayeva Shahzoda Dadajon qizi – o’qituvchi
Fayzulloyev Shohijahon Jobirovich – o’qituvchi
Valeev Artur Mahmudovich – o’qituvchi
Qayumov Farruh Tolibjonovich – o’qituvchi
Izox Kafedrada faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar haqida ma'lumotlarni kafedraning telegram kanalidan ham olishingiz mumkin. Telegram kanali Linki:@ xalqaro_xususiy_huquq
2020/2021 o’quv yili bahorgi semestri davomida Xalqaro xususiy
huquq kafedrasining pedagog-xodimlar tomonidan talabalarni qabul qilish jadvali
T/r |
O’qituvchining F.I.SH. |
Dushanba |
Seshanba |
Chorshanba |
Payshanba |
Жума |
1. |
Bozarov
Sardor Sohibjonovich |
|
10:00-12:00 |
|
|
|
2. |
Narziyev Otabek
Sa’diyevich |
|
|
15:00-17:00 |
|
|
3. |
Akramov Akmaljon Anvarjon
o‘g‘li |
10:00-12:00 |
|
|
|
|
4. |
Mamanazarov Sardor
Shuxratovich |
|
|
|
15:00-1700 |
|
5. |
Xodjimurotov Sherzod
Abdakimovich |
15:00-17:00 |
|
|
|
|
6. |
Turdialiyev Muhammad Ali
Po‘latjon o‘g‘li |
|
|
|
|
10:00-12:00 |
7. |
Yulduz Axtamovna Axtamova |
|
15:00-17:00 |
|
|
|
8. |
Mirzaraimov Baxodir
Toxirovich |
|
|
10:00-12:00 |
|
|
9. |
Fayzulloyev Shohijahon
Jobirovich |
|
|
|
10:00-12:00 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|