Yosh olimlar kengashi
Toshkent
davlat yuridik univeristeti (TDYU) Yosh olimlar kengashi yosh olimlarni o‘zaro birlashtirish va ularning ilmiy manfaatlarini
himoya qilish maqsadida tashkil etilgan.
TDYU Yosh
olimlar kengashi (YOK) – doimiy faoliyat yurituvchi kollegial organ bo‘lib,
TDYUning yosh olimlari vakillaridan tashkil topgan va o‘z faoliyatini
jamoatchilik asosida olib boradi. 40 yoshgacha bo‘lgan TDYU mustaqil
izlanuvchilari, doktorantlari va professor-o‘qituvchilari, shuningdek bakalavr
va magistratura talabalari YOK a’zolari bo’lib hisoblanadi.
YOK
faoliyatining asosiy maqsadi yosh olimlar ilmiy manfaatlarini himoya qilish,
yosh olim va mutahassislarning professional o‘sishi va jamoatchilik ishida
faolligini oshirish,YOK uchun dolzarb bo‘lgan ilmiy muammolar echimini topishda
birlashtirish, yosh olimlarning innovatsiya faoliyatini rivojlantirish,
ularning ilmiy natijalarini ommalashtirish hamda yoshlarni ilmiy tadiqiqotlarga
jalb etish hisoblanadi.
YOK
faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:
· yoshlarni Universitetning ilmiy va jamoat ishlarida, ilmiy va ilmiy-metodik
tadbirlarda faol qatnashishga jalb etish;
· keng doiradagi yosh olimlarni jalb etgan holda milliy, xorijiy va xalqaro
miqyosdagi dolzarb ilmiy muammolarni muhokama qilish uchun konferensiya, davra
suhbati va ilmiy seminarlar tashkil etish va o‘tkazish;
· yetuk milliy va xorijiy olimlar, amaliyotchilar va siyosatchilar bilan
uchrashuvlar tashkil etish;
· yosh olimlar ilmiy maqolalari va tezislarini ilmiy jurnallar, to‘plamlar va
boshqa nashrlarda chop etilishini tashkil etish;
· huquq sohasida yosh olimlarning ilmiy va pedagogik faoliyatining asosiy
yo‘nalishlari va natijalari haqida axborot almashinishini ta’minlash;
· huquq sohasidagi ilmiy faoliyat bilan bog‘liq muammolarni hal etishga
qaratilgan tajriba almashish mexanizmini joriy etish;
· yosh olimlar faoliyatini (hizmat safarlari, konferensiyalarda ishtirok,
maqola nashr etish va h.k.) qo‘llab-quvvatlash maqsadida moddiy manbalarni
(milliy va xorijiy grantlar, homiylik yordami) jalb etish;
· yosh olimlar ilmiy tadqiqot yo‘nalishlariga bog‘liq bo‘lgan o‘quv va
ilmiy-tadqiqot loyihalari to‘g‘risida ma’lumotlar tarqatish;
· huquq sohasida yosh olimlar natijalarini keng tarqatish va joriy etish;
· Universitet yosh olimlari ijodiy va professional imkoniyatlarini to‘liq
amalga oshirish maqsadida qonun chiqaruvchi va huquq qo‘llovchi o‘rganlar bilan
o‘zaro hamkorlik qilish.
Yosh olimlar kengashi huzurida tadqiqot va ijod bilan shug'ullanadigan
respublika va chet el yoshlarini birlashtirgan "Yosh olimlar klubi"
mavjud.
Yosh olimlar kengashi rahbarligi ostida universitetda "The Square
Times" gazetasi tashkil etildi, shuningdek, yosh olimlarning ilmiy
maqolalar yozish ko’nikmasini oshirish uchun "PublishPlease"
kurslari ham olib borilmoqda, boshlang'ich sinf o'quvchilari huquqiy
bilimlarini oshirishga qaratilgan "KidsLaw" loyihasi va TSUL research Club
to’garagi faoliyat yuritmoqda.
Yosh olimlar kengashi dasturida:
- "Ustoz-shogird" tizimini rivojlantirish bo'yicha
"O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yuristlar" video-loyihasi;
- "XXI asr - intellektual yoshlar asri" ilmiy-nazariy
konferentsiyasi;
- "Eng yaxshi yosh olim" tanlovini tashkil etish;
- TDYU doktorantlari tomonidan tizimli ravishda amalga oshirilayotgan
"Ilm-fandagi ayollarning o'rni" loyihasi;
- shuningdek, yosh olim ayollarni qo'llab-quvvatlashga va xorijiy
davlatlarning grantlarida ishtirok etishni ta'minlashga qaratilgan qator
loyihalar mavjud.
Yosh olimlar
kengashi raisi: Achilova Liliya
Ilxomovna - dotsent v.b, yuridik fanlar bo‘yicha PhD