Talabalar festivali
Talabalar festivali bu chinakam talabalar bayrami desak bo‘ladi. Bir hafta davomida turli xil intellektual, jismoniy va ko‘ngilochar tanlovlar hamda bellashuvlar talabalar uchun katta zavq bag‘ishlaydi. Festival har semestrda 2 marotaba tashkil etilib umumiy hisobda yiliga 4 marotaba o‘tkazilib kelinmoqda. Talabalarning taklif va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda Sport, san’at, kitobxonlik, IT, xotin-qizlar faolligini oshirishga qaratilgan turli tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Festival qamrovi tobora ortib, loyihalar soni esa yanada ko‘payib bormoqda.