“Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi
Shiorimiz: Kuch adolatdadir
Bizning maqsadimiz: Ilmiy-intellektual resurslarni to‘liq safarbar etgan holda ilmiy-innovatsion salohiyatdan keng foydalanib, istiqbolda zamonaviy bilimga ega va mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali yuridik kadrlar tayyorlash, ilmiy salohiyatni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish hamda zamon talablariga javob beradigan yangi avlod darsliklarini yaratish, ustoz-shogird tizimini yo‘lga qo‘yish orqali jinoyat-huquqiy fanlar bo‘yicha tan olingan ilmiy maktablarni yaratish.
Bizning vazifalarimiz
o‘quv jarayonini kredit-modul tizimiga muvofiq o‘qitishning zamonaviy shakl va metodlari, innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari asosida tashkil etish, mehnat bozori ehtiyojlaridan kelib chiqib zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan va yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlash;
kafedra ilmiy salohiyatini kuchaytirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni muvofiqlashtirish, ilmiy loyihalarni jalb etish hamda taʼlim va fan uzviy bog‘liqligini taʼminlash;
talabalarning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirish, jamiyat va davlat oldida o‘z masʼuliyatini his etish ruhida tarbiyalash, ularga insonparvarlik, millatlararo totuvlik, adolat, halollik, huquq ustuvorligi tamoyillarini singdirish;
xalqaro hamkorlikni kengaytirish, yetakchi chet el mutaxassislarni o‘quv va ilmiy tadbirlarga jalb etish, talaba va professor-o‘qituvchilar akademik almashinuvi bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish bo‘yicha;
taʼlim sifati tahlilini olib borish va uni oshirish, shuningdek boshqa tashkiliy-metodik tadbirlarni samarali tashkil etish.
Bizning fanlar:
Bakalavriatda 5 ta fan:
- Jinoyat huquqi;
- Maʼmuriy javobgarlik;
- Jinoyat-ijroiya huquqi;
- Kriminologiya;
- Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens-nazorati.
Magistraturada 4 ta fan:
- korrupsiyaviy va iqtisodiy jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish;
- Jinoyat huquqiy siyosat istiqboli;
- Jinoiy jazo va uni tayinlash;
- Jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish muammolari;
Ilmiy salohiyat – 64%
Kafedra tomonidan 2018-2021 yillarda:
- 8 ta darslik va o‘quv qo‘llanmalar, 19ta monografiya, 100 dan ortiq ilmiy maqola, shulardan “Web of Science”, “Scopus” bazalarida 15ta ilmiy maqola, 200 dan ortiq master-klasslar tashkil etilgan.
Shuningdek, - 10 ta xalqaro; - 43 ta respublika ilmiy konferensiya va davra suhbatlari o‘tkazilgan.
Bizning dastur va loyihalarimiz
Bugungi kunda kafedrada ikkita ilmiy to‘garak faoliyati yo‘lga qo‘yilgan:
1) “Anti-corruption and compliance” ilmiy to‘garagi korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni oldini olish hamda ularni oldini olishda komplayens nazorat tizimini joriy etish bilan bog‘liq masalalarni amaliyot bilan bog‘lagan holda o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilgan. To‘garak tomonidan joriy o‘quv yilining o‘zida qator tadbirlar amalga oshirildi. To‘garakning ro‘yxatdan o‘tgan aʼzolarining soni 20 nafar, Telegram kanalidagi obunachilarining soni esa 570 nafarga yetdi.
2) “Криминолог и Я” ilmiy to‘garagi bo‘lib, to‘garak faoliyati asosan, jinoyat huquqi, jinoyat-ijroiya huquqi, kriminologiya fanlarni chuqurlashtirilgan holda o‘rgatishga yo‘naltirilgan. Ushbu fanlarni o‘rganishda nazariya bilan amaliyotni hamohang qilgan o‘rgatish hamda dars mashg‘ulotlarini Yuridik klinika tizimida tashkil etishga eʼtibor qaratilgan. To‘garakning ro‘yxatdan o‘tgan aʼzolarining soni 30 nafar, Telegram kanalidagi obunachilarining soni esa 350 nafarga yetdi.
Professor-o‘qituvchilar tarkibi:
Bugungi kunda kafedrada 2 nafar professor va 3 nafar dotsent, 3 nafar katta 15 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Biz talabalarda nazariya va amaliyot uyg‘unligini taʼminlash maqsadida uzluksiz ravishda sudyalar va soha mutaxassislari hamda xorijiy ekspertlar ishtirokida mahorat darslarini tashkil etiladi.
Shuningdek, 26 nafar mustaqil-izlanuvchi va 3 nafar doktorant o‘quv-uslubiy jarayonda ishtirok etmoqda.
Bizning xodimlarimiz:
Hakimov Komil Baxtiyarovich | kafedra mudiri v.b., dotsent, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori |
Zufarov Rustam Ahmedovich | professor, yuridik fanlari doktori |
O‘razaliyev Murodbek Qorayevich | professor, yuridik fanlari doktori |
Niyozova Salomat Saparovna | professor vazifasini bajaruvchi, yuridik fanlari doktori |
Abzalova Xurshida Mirziyatovna | dotsent, yuridik fanlari doktori |
Xaydarov Shuxratjon Djumayevich | dotsent, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori |
Ermatov G‘ayratjon Oqmirzayevich | dotsent v.b., yuridik fanlari nomzodi |
Allanova Azizaxon Avazxonovna | dotsent v.b.,yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori |
Altiyev Razzoq Saidovich | dotsent v.b., yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori |
Fazilov Farhod Maratovich | dotsent v.b., yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori |
Kurbanov Ma’rufjon Mamadaminovich | dotsent v.b, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori |
Xudaykulov Feruzbek Xurramovich | dotsent v.b.,yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori |
Rozimova Qunduz Yuldashevna | katta o’qituvchi, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori |
Sunnatov Vohid Toshmurodovich | katta o’qituvchi, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori |
Eshquvatov Bobomurod Abror o’gli | o‘qituvchi |
Hojiyev Nosirjon Komilovich | o‘qituvchi |
Mamajonov Abrorbek Mirabdullayevich | o‘qituvchi |
Muhamadaliyev Elmurod Dilmurаdovich | o‘qituvchi |
Otaboyev Bobur Ibrat o’g’li | o‘qituvchi |
Raximjonova Nargizaxon Raximjonovna | o‘qituvchi |
Shamsiddinov Zayniddin Ziyoviddinovich | o‘qituvchi |
To‘rabayeva Ziyoda Yakubovna | o‘qituvchi |
Kafedra professor-o‘qituvchilarining maslahat kunlari
№ | Lavozimi | F.I.O | Konsultatsiya vaqti | |
1. | kafedra mudiri v.b., dotsent, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori | Hakimov Komil Baxtiyarovich | seshanba 9.00-12.00 | |
2. | professor, yuridik fanlari doktori | Zufarov Rustam Ahmedovich | seshanba 9.00-12.00 | |
3. | professor, yuridik fanlari doktori | O‘razaliyev Murodbek Qorayevich | dushanba 9.00-12.00 | |
4. | professor vazifasini bajaruvchi, yuridik fanlari doktori | Niyozova Salomat Saparovna | seshanba 9.00-12.00 | |
5. | dotsent, yuridik fanlari doktori | Abzalova Xurshida Mirziyatovna | payshanba 9.00-12.00 | |
6. | dotsent, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori | Xaydarov Shuxratjon Djumayevich | payshanba 9.00-12.00 | |
7. | dotsent v.b., yuridik fanlari nomzodi | Ermatov G‘ayratjon Oqmirzayevich | seshanba 9.00-12.00 | |
8. | dotsent v.b.,yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori | Allanova Azizaxon Avazxonovna | dushanba 9.00-12.00 | |
9. | dotsent v.b., yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori | Altiyev Razzoq Saidovich | seshanba 9.00-12.00 | |
10. | dotsent v.b., yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori | Fazilov Farhod Maratovich | juma 9.00-12.00 | |
11. | dotsent v.b., yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori | Kurbanov Ma’rufjon Mamadaminovich | seshanba 9.00-12.00 | |
12. | dotsent v.b.,yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori | Xudaykulov Feruzbek Xurramovich | seshanba 9.00-12.00 | |
13. | katta o’qituvchi, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori | Rozimova Qunduz Yuldashevna | chorshanba 9.00-12.00 | |
14. | katta o’qituvchi, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori | Sunnatov Vohid Toshmurodovich | seshanba 9.00-12.00 | |
15. | o‘qituvchi | Eshquvatov Bobomurod Abror o’gli | juma 9.00-12.00 | |
16. | o‘qituvchi | Hojiyev Nosirjon Komilovich | dushanba 9.00-12.00 | |
17. | o‘qituvchi | Mamajonov Abrorbek Mirabdullayevich | seshanba 9.00-12.00 | |
18. | o‘qituvchi | Muhamadaliyev Elmurod Dilmurаdovich | payshanba 9.00-12.00 | |
19. | o‘qituvchi | Otaboyev Bobur Ibrat o’g’li | seshanba 9.00-12.00 | |
20. | o‘qituvchi | Raximjonova Nargizaxon Raximjonovna | dushanba 9.00-12.00 |
Bizning manzil:
Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy, TDYU 1-o‘quv binosi, 106; 107; 113-xona
Murojaat uchun telefon raqami: Tel: 233-66-36, 1056 (ichki)
Elektron pochta: www.criminal law@tsul.uz