Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU “World’s Universities with Real Impact” (WURI) xalqaro reytingida TOP-50 ro‘yxatga kiritildi

Reyting natijalariga ko‘ra, Toshkent davlat yuridik universiteti Fourth Industrial Revolution yo‘nalishi bo‘yicha 33-o‘rinni egallab, TOP-50 ro‘yxatga kiritildi.

WURI reytingi universitetlarni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha eng yaxshi innovatsion loyihalar orqali baholaydi:

  • sanoat dasturlari;
  • yangi startap dasturlari va tadbirkorlik;
  • axloqiy qadriyatlar;
  • talabalarning harakatchanligi va faolligi;
  • inqirozni boshqarish;
  • to‘rtinchi sanoat inqilobi.

Ma’lumot uchun: WURI 2022 reytingida Fourth Industrial Revolution yo‘nalishi bo‘yicha Harvard University (21-o‘rin), University of Pennsylvania (30-o‘rin), Imperial College London (31-o‘rin), University of Washington (35-o‘rin), Oxford University (49-o‘rin) ham TOP-50 ro‘yxatidan joy egallagan.

Batafsil quyidagi link orqali tanishingiz mumkin: https://www.wuri.world/%EB%B3%B5%EC%A0%9C-%EB%B3%B5%EC%A0%9C-2021-top-50-crisis-management