--:--:-- ·
TDYU 35 YOSHDA ✦✦✦✦
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Inson huquqlari, gender tenglik va raqamli inklyuziya bo‘yicha milliy innovatsion tashabbuslar tanlovi e’lon qilindi

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi hamda hamkor vazirlik va idoralar tomonidan “Bolalar va yoshlar uchun inson huquqlari ta’limi: gender tenglik, iqlim o‘zgarishi va raqamli inklyuziya” milliy innovatsion tashabbuslar tanlovi e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-martdagi “O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi xalqaro ta’lim dasturining beshinchi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 91-son qarori ijrosini ta’minlash, bolalar va yoshlar o‘rtasida inson huquqlari ta’limini rivojlantirish, gender tenglik, iqlim o‘zgarishi va raqamli inklyuziya masalalariga e’tiborni kuchaytirish, ushbu yo‘nalishlarda ilg‘or tashabbuslar va ijodiy ishlanmalarni rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilayotgan tanlovda 30 yoshgacha bo‘lgan barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin.

Tanlov nominatsiyalari: 
1. Eng yaxshi o‘quv kursi — maktabgacha ta’lim, maktablar, kollej va litseylar, oliy ta’lim hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlari uchun alohida nominatsiyalar.
2. Eng yaxshi rasm — “Gender tenglik, iqlim o‘zgarishi va raqamli inklyuziya bolalar nigohida” mavzusidagi ijodiy ishlar.
3. Eng yaxshi videorolik — gender tenglik, iqlim o‘zgarishi va raqamli inklyuziya mavzulariga bag‘ishlangan videomateriallar.
4. Eng yaxshi o‘quv adabiyoti — bosma va elektron shakldagi o‘quv adabiyotlari.
5. Eng yaxshi maqola — ilmiy va ommabop maqolalar bo‘yicha alohida nominatsiyalar.
6. Eng yaxshi bilimdon — gender tenglik, iqlim o‘zgarishi va raqamli inklyuziya yo‘nalishlari bo‘yicha bilimlarini namoyish etuvchi ishtirokchilar.
7. Eng yaxshi innovatsion g‘oya muallifi — dolzarb muammolarga innovatsion yechim taklif etuvchi tashabbuslar.

Milliy innovatsion tashabbuslar tanlovida ishtirok etishni istaganlar belgilangan namunadagi ariza, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, talab etilgan fotosuratlar hamda tanlov ishlarini elektron shaklda 15-noyabrga qadar taqdim etishi lozim.

Arizalar https://konkurs.nhrc.uz/ veb-sayti yoki https://t.me/konkurs_nhrc_uz_bot Telegram boti orqali qabul qilinadi.

Qabul bo'yicha murojaat boti