--:--:-- ·
TDYU 35 YOSHDA ✦✦✦✦
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU hamkori bo‘lgan Sharqiy Xitoy siyosiy fanlar va huquq universiteti 2-3-bosqich talabalari uchun akademik mobillik dasturini e’lon qildi

Ushbu dasturda o‘qishni xohlaganlardan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (GPA) 80 foizdan kam bo‘lmasligi hamda ingliz tilini bilish darajasi IELTS 6.0 (=CEFR B2) va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi.
 
Bahorgi semestrda akademik mobillik dasturida ishtirok etishni istagan talabalar quyidagi hujjatlarni 27-oktabrga qadar fakultet dekanatlariga taqdim etishi lozim:
– akademik transkript nusxasi;
– xorijga chiqish pasportining shaxsiy maʼlumotlar yozilgan varag‘i nusxasi;
– ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikat;
– faollik to‘g‘risida boshqa sertifikatlar (agar mavjud bo‘lsa).
 
Onlayn tadbirlarda taqdim etilgan sertifikatlar, tavsiyanomalar, jamoa tarkibida olingan sertifikatlar qabul qilinmaydi.
 
Loyiha 2026/2027-o‘quv yilining bahorgi semestrini xorijiy hamkor universitetda to‘lov-kontrakt to‘lamasdan o‘qish imkonini beradi. Lekin talaba TDYUda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan bo‘lsa, kontrakt to‘lovini to‘laydi va boshqa barcha xarajatlar (transport, viza, sug‘urta, yotoqxona va yashash xarajatlari)ni qoplaydi.

Qabul bo'yicha murojaat boti