--:--:-- ·
TDYU 35 YOSHDA ✦✦✦✦
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda professor-o‘qituvchilarga diplom va attestatlar topshirildi

Toshkent davlat yuridik universitetida ilmiy unvon va darajalarga sazovor bo‘lgan professor-o‘qituvchilar hamda tadqiqotchilarga diplom va attestatlar topshirildi.

Tadbirda huquqshunoslik fanining dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borgan, nufuzli ilmiy jurnallarda maqolalar chop ettirgan hamda ilmiy maktablar rivojiga munosib hissa qo‘shgan olimlarning mehnati e’tirof etildi.

Shuningdek, universitetda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini mustahkamlash, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish va xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish ustuvor vazifalardan ekani ta’kidlandi.

Qayd etilganidek, professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati yuksalishi nafaqat universitetning ilmiy nufuzini mustahkamlaydi, balki zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, yuqori malakali huquqshunos kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga ham xizmat qiladi.

⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠

Hodisalar

Barcha e'lonlar

Qabul bo'yicha murojaat boti