Toshkent davlat yuridik universiteti va Saarland universiteti Yevropa instituti DAAD va Erasmus+ dasturlari doirasida bir oylik ilmiy stajirovka olib borish uchun ikkita stipendiya taklif etadi.
Stipendiyalar uchun tanlovda Yevropa va xalqaro huquq sohasida ilmiy tadqiqot olib borayotgan TDYU doktorantlari (PhD) ishtirok etishi mumkin (tadqiqot doirasi Jahon savdo tashkiloti (WTO) faoliyatiga bag‘ishlangan nomzodlarga ustuvorlik beriladi).
Nomzodlar kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan bo‘lishi hamda DAAD va Erasmus+ning avvalgi loyihalarda ishtirok etmagan bo‘lishi kerak.
Saarland universiteti qoshidagi Yevropa institutida bir oylik stajirovka o‘tashni istaganlar 3-sentabr 23:59 ga qadar quyidagi havola orqali ariza topshirishi lozim: https://forms.gle/mEZCAYpd4chSEFRF6
Tanlovda ishtirok etishni istaganlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
• rezyume (CV);
• o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (transkript);
• mavjud dolzarb sertifikatlar
• ilmiy rahbarning tavsiyanomasi;
• doktorantura (PhD) dasturiga qabul qilinganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
• tadqiqot annotatsiyasi (5 betgacha), unda ilmiy rahbarning F.I.Sh. ko‘rsatilishi lozim;
• ilmiy nashrlar ro‘yxati.
Agar rasmiy hujjatlar ingliz tilida bo‘lmasa, tarjima qo‘shilishi shart (notarial tasdiq talab etilmaydi).
Mazkur loyiha Yevropa institutida bir oylik ilmiy stajirovka davomida yashash xarajatlari uchun stipendiya hamda yo‘l xarajatlarini qoplash uchun mablag‘ni o‘z ichiga oladi. Yevropa instituti Yevropa va xalqaro huquq sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun yuqori darajadagi sharoitlarni taqdim etadi.
Batafsil ma’lumot uchun @tsulprojects Telegram manziliga murojaat qiling.
Load More Post...