Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga test sinovlarisiz, yakka tartibdagi suhbat asosida o‘qishga tavsiya etilgan hamda reyting bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan TDYU huzuridagi akademik litsey bitiruvchilari uchun butun o‘qish davri davomida stipendiyasiz to‘lov-kontrakt xarajatlarini qoplash imtiyozi nazarda tutilgan.
2026/2027-o‘quv yilida Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti 2-bosqich talabasi Omadillo Yoqubjonov O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi grantini qo‘lga kiritdi.
Mazkur grant iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning puxta bilim olishi, kasbiy va ilmiy salohiyatini rivojlantirishi hamda adliya organlari faoliyatiga qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.
Load More Post...