Osiyo huquqiy tadqiqotlar markazi (CALE) tomonidan tashkil etilayotgan seminar 17-dekabr 10:00 dan 12:45 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
Mashg‘ulotni CALE ilmiy tadqiqotchisi va Markaziy Osiyo Amerika universiteti dotsenti Natalia Alenkina olib boradi.
Seminar davomida Markaziy Osiyoda sud tizimining xususiylashtirilishi, davlat sudlariga bo‘lgan ishonch va tizimli korrupsiya masalalari muhokama qilinib, bu jarayonning afzalliklari va xavflari xususida fikr almashiladi.
Unda quyidagi ZOOM-link orqali ishtirok etish mumkin: https://us02web.zoom.us/meeting/register/tZcsf-qoqzwvE9yq7HqrP4RkEfXIiuiN5iZf
Seminar haqida batafsil… (https://cale.law.nagoya-u.ac.jp/en/event/20241217
Load More Post...