Ushbu dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan GPA 70% dan kam bo‘lmasligi va rus tilini bilishi talab qilinadi.
Xorijiy universitetda akademik mobillik dasturi doirasida o‘qishni istagan talabalar 25-noyabrga qadar quyidagi hujjatlarni dekanatlarga taqdim etishi kerak:
1. Akademik transkript nusxasi;
2. Xorijga chiqish pasportining shaxsiy maʼlumotlar yozilgan varag‘i nusxasi;
3. Talabaning faolligini tasdiqlovchi sertifikatlar.
Loyiha hamkor universitetda kontrakt to‘lamasdan 1 semestr o‘qishga imkon beradi. Shu bilan birga, boshqa barcha xarajatlar (transport, yotoqxona va yashash xarajatlari) talaba tomonidan qoplanadi.
Load More Post...