Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan o‘tkazilayotgan tanlovda faqat talabalar ishtirok etishi mumkin.
Tanlov quyidagi 3-bosqichda o‘tkaziladi:
1. Akademik guruhlar talabalari o‘rtasida saralash bosqichi;
2. Fakultetlararo oliy ta’lim muassasasi bosqichi;
3. Oliy ta’lim muassasasi bosqichi g‘oliblari o‘rtasidagi yakuniy bosqich.
“Eng yaxshi videoroliklar” tanlovi g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagicha taqdirlanadi:
1-o‘rin — 6 000 000 so‘m;
2-o‘rin — 5 000 000 so‘m;
3-o‘rin — 4 000 000 so‘m.
Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar 30-noyabrga qadar o‘zi tahsil olayotgan taʼlim muassasasining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishi mumkin.
Tanlov nizomi… https://drive.google.com/file/d/1aifnIHToO5TFVhyfTrewTIgNC1nGtyfX/view?usp=sharing
Load More Post...