--:--:-- ·
TDYU 35 YOSHDA ✦✦✦✦
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Sud hokimiyati, advokatura va huquqni muhofaza qiluvchi organlar sho‘basi

Shior: Kuch — birlikda

Maqsad

Sud hokimiyati, advokatura va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati sohasida xalqaro miqyosda tan olingan ilmiy maktablardan biriga aylanish, ushbu yo‘nalishlarda yetuk mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, sud hokimiyati, advokatura, prokuratura, ichki ishlar organlari va huquqni muhofaza qilish tizimiga oid fanlar bo‘yicha xalqaro standartlarga javob beradigan o‘quv materiallarini yaratish hamda ulardan ta’lim jarayonida samarali foydalanishni ta’minlash.

Sho‘ba mamlakatimizda va jahonda sud-huquq tizimidagi islohotlar, sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash, advokatura institutini rivojlantirish hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini takomillashtirish bilan bog‘liq jarayonlarni chuqur o‘rganish, xalqaro tajribani tahlil qilish, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tadqiq etish va ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratadi.

Ushbu yo‘nalishlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda respublikadagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik amalga oshiriladi.

Vazifalar

·         Sud hokimiyati, advokatura va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini tashkil etish hamda huquqiy tartibga solish sohasida rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish;

·         talabalarda o‘rganilayotgan fanlar doirasida qiyosiy, tahliliy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish;

·         sud-huquq tizimi, advokatura faoliyati va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatiga oid huquqiy normalarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish;

·         talabalarning mustaqil ta’lim olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash;

·         sud hokimiyati, advokatura va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati yo‘nalishida xalqaro miqyosda tan olingan ilmiy va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish;

·         sud-huquq islohotlari, sudyalar mustaqilligini ta’minlash, advokatura institutini mustahkamlash va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;

·         talabalarda sud jarayonlarida ishtirok etish, protsessual hujjatlarni tayyorlash va yuridik maslahat berish ko‘nikmalarini shakllantirish;

·         soha bo‘yicha xalqaro shartnomalar, konvensiyalar va inson huquqlariga oid xalqaro standartlarni o‘rganish, ularni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;

·         amaliyotchi sudyalar, advokatlar, prokurorlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida ilmiy-amaliy konferensiyalar, davra suhbatlari va malaka oshirish kurslarini tashkil etish.

O‘qitiladigan fanlar

Sho‘ba tomonidan bakalavriat va magistratura bosqichlarida jami 10 ta fan o‘qitilishi ko‘rsatilgan. Shundan 9 tasi bakalavriat, 1 tasi magistratura ta’lim yo‘nalishiga tegishli.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishidagi fanlar:

·         Sud hokimiyati (Judicial Power).

Tanlov fanlari:

·         Huquqni muhofaza qiluvchi organlar (Law Enforcement Agencies);

·         Advokatura (Advocacy);

·         Prokurorlik faoliyati (Prosecutorial Activity);

·         Ijro ishi yuritish (Enforcement Proceedings).

Magistratura ta’lim yo‘nalishidagi fan:

·         Advokatura va advokatlik faoliyati (Advocacy and Advocate’s Activity).

Mazkur fanlar doirasida ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari olib boriladi.

Ilmiy faoliyat

2020–2026-yillar davomida sho‘ba professor-o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) ro‘yxatidagi ilmiy jurnallarda 100 dan ortiq maqola chop etilgan. Shuningdek, xalqaro ilmiy jurnallarda 10 ta maqola, Scopus bazasiga kiritilgan ilmiy jurnallarda 3 ta maqola e’lon qilingan.

Ushbu davrda 10 ta darslik va 15 ta monografiya nashr etilgan. Bundan tashqari, 20 ta xalqaro ilmiy anjumanda ishtirok etilgan.

Sho‘ba tomonidan quyidagi ilmiy tadbirlar ham tashkil etilgan:

·         3 ta xalqaro ilmiy konferensiya;

·         5 ta respublika miqyosidagi ilmiy konferensiya va davra suhbati.

Dasturlar va loyihalar

Sho‘ba ta’lim, ilmiy tadqiqotlar hamda qonunchilikni takomillashtirish yo‘nalishlarida qator davlat organlari va ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi hamda Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.

Sho‘ba professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasining «Sudlar to‘g‘risida», «Advokatura va advokatlik faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida» hamda «Prokuratura to‘g‘risida»gi qonunlarining yangi tahrirlarini ishlab chiqishda faol ishtirok etgan.

Shuningdek, mamlakatimizdagi quyidagi oliy ta’lim va ilmiy-ta’lim muassasalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan:

·         Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;

·         O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi;

·         O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti;

·         O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi;

·         O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy maktabi;

·         Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti.

Professor-o‘qituvchilar tarkibi

Sho‘baning asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilari 14 nafarni tashkil etadi. Ulardan 5 nafari ilmiy darajaga ega: 2 nafari fan doktori (DSc), 3 nafari falsafa doktori (PhD). Qolgan 9 nafar professor-o‘qituvchi ilmiy darajaga ega emas.

Sho‘baga yuridik fanlar doktori (DSc) Djurayev Ixtiyor Baxtiyorovich mudirlik qiladi.

Sho‘bada quyidagi professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadi:

·         professor, falsafa doktori (PhD) Nurumov Dilshod Djumabayevich;

·         dotsent, fan doktori (DSc) Matkarimov Kudrat Kalandarovich;

·         dotsent vazifasini bajaruvchi, falsafa doktori (PhD) Matmurodov Alibek Ravilovich.

Bundan tashqari, tashqi o‘rindoshlik asosida professor, fan doktori (DSc) Davlyatov Valisher Xakimjanovich hamda bir qator yosh mutaxassislar faoliyat yuritadi.

Ichki o‘rindoshlik asosida esa professor, fan doktori (DSc) Ne’matov Jasur Aminjanovich, dotsent vazifasini bajaruvchi, falsafa doktori (PhD) Mardonov Kamol Karomat o‘g‘li va katta o‘qituvchi Qodiraliyev Saddam Baxtiyorjon o‘g‘li ta’lim jarayoniga jalb etilgan.

Umumiy hisobda asosiy shtat va o‘rindoshlik asosida sho‘bada 21 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi.

Sho‘baning asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilari tarkibi:

·         1 nafar professor;

·         2 nafar dotsent (shu jumladan, dotsent vazifasini bajaruvchi);

·         1 nafar katta o‘qituvchi;

·         10 nafar o‘qituvchi.

Shuningdek, ichki va tashqi o‘rindoshlik asosida 2 nafar professor, 1 nafar dotsent vazifasini bajaruvchi, 1 nafar katta o‘qituvchi va 3 nafar o‘qituvchi mashg‘ulotlarga jalb etilgan.

Bundan tashqari, 8 nafar mustaqil izlanuvchi va 2 nafar doktorant sho‘baning ilmiy va o‘quv-uslubiy faoliyatida ishtirok etmoqda.

 

Qabul bo'yicha murojaat boti