--:--:-- ·
TDYU 35 YOSHDA ✦✦✦✦
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Huquq, jamiyat va madaniyat sho‘basi

Shior: “Tafakkur teranligi. Madaniyat qudrati. Mahorat yuksakligi”

Maqsad

Huquq, jamiyat va madaniyat sho‘basining asosiy maqsadi dunyoning yetakchi olimlari bilan hamkorlik qiladigan, xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy mutaxassislarni tayyorlaydigan nufuzli akademik maktabga aylanishdan iborat.

Sho‘ba faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri — xalqaro standartlarga mos o‘quv materiallarini yaratish va ular asosida bo‘lajak yuristlarga nafaqat huquq normalarini, balki chuqur falsafiy tahlil, mantiqiy mushohada va tanqidiy fikrlash asoslarini ham o‘rgatishdir.

Sho‘ba raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt rivojlanayotgan sharoitda ijtimoiy-huquqiy jarayonlarni chuqur anglaydigan, kasbiy etikaga rioya qiladigan, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratadi.

Asosiy vazifalar

Sho‘baning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

·         Ilmiy-tadqiqot faoliyati: raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt sharoitida ijtimoiy jarayonlarni modellashtirishning falsafiy-huquqiy muammolarini fundamental tadqiq etish.

·         Intellektual ko‘nikmalarni rivojlantirish: talabalarda mantiqiy, tahliliy, tanqidiy va qiyosiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish, ularni murakkab ijtimoiy-huquqiy jarayonlarni tahlil qilish va modellashtirishga tayyorlash.

·         Kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish: talabalarda professional etika, yetakchilik, emotsional intellekt, nizolarni hal etish va boshqa muhim kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish.

·         Nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash: mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, huquq falsafasi va mantiq nazariyasini huquqiy amaliyot bilan bog‘lash.

·         Ma’naviy va madaniy qadriyatlarni rivojlantirish: dinshunoslik va madaniyatshunoslik fanlari orqali fuqarolik jamiyati taraqqiyotida milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlash.

·         Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish: professional rivojlanish va ijtimoiy falsafa yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi yetakchi olimlar, xalqaro ilmiy markazlar va nufuzli universitetlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

·         Innovatsion yondashuvlarni joriy etish: ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ilg‘or o‘qitish usullarini tatbiq etish, yangi avlod o‘quv-uslubiy materiallarini yaratish.

O‘qitiladigan fanlar

Sho‘ba tomonidan bakalavriat va magistratura bosqichlarida jami 7 ta fan bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boriladi.

Bakalavriat bosqichi:

·         Professional ko‘nikmalar va rivojlanish (Professional Skills and Development);

·         Sotsiologiya (Sociology);

·         Mantiq (Logic);

·         Elektron hukumat (E-Government);

·         Axborot texnologiyalari (Information Technology).

Tanlov fanlari:

·         Mantiq (Logic);

·         Dinshunoslik (Religious Studies).

Magistratura bosqichi:

·         Huquq sotsiologiyasi (Sociology of Law) — tanlov fani.

Ilmiy faoliyat va erishilgan natijalar

Sho‘ba professor-o‘qituvchilari ilmiy-tadqiqot faoliyatini muntazam olib borib, huquq, falsafa, sotsiologiya va boshqa turdosh yo‘nalishlarda ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

2025-yilda sho‘ba tomonidan quyidagi ilmiy natijalarga erishildi:

·         OAK ro‘yxatidagi ilmiy jurnallarda 45 ta maqola chop etildi, shundan 19 tasi xalqaro ilmiy jurnallarda e’lon qilindi;

·         Scopus bazasiga kiritilgan ilmiy jurnallarda 2 ta maqola chop etildi;

·         2 ta o‘quv qo‘llanma va 2 ta darslik nashr etildi;

·         3 ta monografiya chop etildi;

·         7 ta xalqaro konferensiyada ishtirok etildi.

Shuningdek, 2 ta xalqaro va 5 ta respublika miqyosidagi ilmiy konferensiya hamda davra suhbatlari tashkil etildi.

Sho‘ba professor-o‘qituvchilari va mustaqil tadqiqotchilari ilmiy izlanishlar bilan bir qatorda ilmiy anjumanlar, seminarlar va davra suhbatlarida faol ishtirok etib kelmoqda.

Xalqaro hamkorlik

Sho‘ba xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi. Shu maqsadda Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education va Academic Ranking of World Universities kabi nufuzli xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallagan xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy va akademik hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.

Jumladan, Germaniyaning Regensburg universiteti bilan hamkorlik doirasida professor-o‘qituvchilar tomonidan ma’ruza mashg‘ulotlari va ilmiy seminarlar tashkil etilgan.

Shuningdek, doimiy hamkorlardan biri — Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda turli ilmiy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Dasturlar va loyihalar

Sho‘ba ta’lim, ilmiy-tadqiqot hamda qonunchilikni takomillashtirish yo‘nalishlarida faoliyat olib boradi va tegishli takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etadi. Professor-o‘qituvchilar mahallalarda huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishda ham faol qatnashib kelmoqda.

Sho‘ba dotsenti D. K. Jumaniyozova tomonidan 2024-yil 1-avgustdan 2025-yil 1-avgustga qadar Toshkent davlat yuridik universitetida amalga oshirilgan «Ijtimoiy xavf guruhiga kiruvchi yoshlar muammolarini hal qilishga ko‘maklashuvchi yuridik klinika tashkil qilish» mavzusidagi grant loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilingan grant tanlovida g‘olib bo‘lgan.

Loyiha doirasida respublika bo‘ylab 20 dan ortiq tadbir va huquqiy targ‘ibot ishlari amalga oshirildi. Xorijiy tajribani o‘rganish maqsadida Germaniya Federativ Respublikasiga ilmiy safar tashkil etildi.

Loyiha muvaffaqiyatli yakunlanib, uning natijalari asosida qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqildi va tegishli tartibda taqdim etildi.

Bundan tashqari, sho‘ba a’zolari nufuzli ilmiy kengashlar faoliyatida a’zo va taqrizchi sifatida ham ishtirok etib kelmoqda.

Professor-o‘qituvchilar tarkibi

Sho‘baning professor-o‘qituvchilar tarkibi ilmiy va kasbiy salohiyatni oshirish, zamonaviy ilmiy yondashuvlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi.

Bugungi kunda sho‘baning asosiy shtatidagi professor-o‘qituvchilardan 9 nafari ilmiy darajaga ega. Ularning 2 nafari fan doktori (DSc), 7 nafari fan nomzodi (PhD) hisoblanadi. Qolgan 8 nafar professor-o‘qituvchining ilmiy darajasi mavjud emas.

 



Qabul bo'yicha murojaat boti